Dezinfeksiya: tuvakni xlorli ohakning 3% li eritmasiga solib, 60 daqiqa ushlanadi, yuvindi suvlari ustiga quruq xlorli ohakdan solinadi (1 litr siydikka 200 g hisobida), ekspozitsiya — 60 daqiqa.
Izoh: Qizlarda qindan ajralmalar bo‘lsa, mustahabdan keyin qinga paxta-dokali tampon kiritiladi.
Siydikni Nechiporenko usuli bo‘yicha tekshirish uchun yig‘ish
Siydikni qunt bilan gigiyenik tozalashdan so‘ng, istalgan vaqtda yig‘ish mumkin, biroq laboratoriyaga ertalabki siydikni yetkazgan ma’qul. Siydik elementlari hisoblash kamerasida sanaladi. Bajarish tartibi;
Bolaga yoki uning onasiga tekshiruv maqsadi va tartibi tushuntiriladi.
Qo‘llar yuvib, quritiladi.
Qo‘lqonlar kiyiladi.
Tayyorlab qo‘yiladi: toza quruq flakon yoki probirka, mustahab uchun to‘plam.
Bolaga mustahab qildiriladi.
Chap qoi bilan flakonni ushlab, o‘ng qo‘l bilan qopqog‘1 yechiladi.
Boladan siyishi so‘raladi.
Flakon siydik yo'nalishida tutiladi (siydikning birinchi qismi flakonga olinmaydi).
9.10 ml siydik yig‘iladi, qolgan siydikni bola tuvakka chiqarib tashlasin.
Flakonga yo‘llanma biriktiriladi va klinik laboratoriyaga yuboriladi.
261
Qon va qon yaratish a’zolari kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarda hamshiralik parvarishi
Qon tarkibi va vazifalari. Qon to‘qima sifatida shaklli elementlar va plazmadan tarkib topgan. Plazma rangsiz yopishqoq suyuqlik bo‘lib, 90-93% suvdan iborat; 7-10% qismi esa quruq modda - oqsillarga to‘g‘ri keladi. Bu oqsillar, albuminlar, globulinlar, fibrinogenlar bo‘lib, ular qonni, fermentlarni va gormonlarni ivishida ishtirok etadi. Undan tashqari, shu quruq moddaning tarkibida yog‘lar, uglevodlar, aminokislotalar, almashinuv moddalari, mineral moddalar ham bo‘ladi.
Qon shakli elementlari quyidagilarga bo‘linadi: eritrotsitlar, leykot- sitlar yoki qon plastinkalari. Bular suyak ko‘migi va limfa tarmog‘ida birlamchi ustun hujayralardan hosil bo‘ladi. Katta odamlarda qonning umumiy hajmi o‘rtacha 5 litr bo‘lib, tana og‘irligining 6-7,3% ni tashkil qiladi. Tanada aylanayotgan qon esa 3,5-4 litr. Qon organizmda bir necha vazifalarni bajaradi. Transport vazifasi - to‘qimalarga kislorod, glukoza, aminokislotalar, yog‘lar, vitaminlar, SUV, tuzlarni tashiydi. Ajratish - almashinuv moddalarini o‘pkalar, buyraklar, jigar, ichaklar va teri orqali chiqarish. Regulator-gormonlar mediator va metabolitlar orqali boshqaruv vazifasida ishtirok etadi. Himoya - hujayra va gumoral immunitetni boshqarilishida ishtirok etadi. Organizmni fizik-kimyoviy boshqarilishida ishtirok etishi (harorat, osmotik bosim, kislota-ishqoriy balans).
Do'stlaringiz bilan baham: |