Tashqi muhitning kishi organizmiga mexanik, elektrotermik, kimyoviy va nur ta’siri natijasida to'qima va a’zolarda anatomik va funksional o'zgarishlarning paydo boMishi shikastlanish deyiladi


Download 0.64 Mb.
bet126/185
Sana24.02.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1226316
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   185
Bog'liq
Рефератлар

Ikkilamchi glaukomaning quyidagi sabablari bo‘lishi mumkin: iridotsiklit, gavharning o‘z joyidan siljishi, katarakta, to‘r va tomirli pardaning distrofiyasi, o‘smalar, to‘r parda markaziy venasining trombozi, ko‘z olmasining shikastlanishi.









117



Mavzu: __________________________________________________________________ _________________________________________________________________________

Har bir ko‘zda 6 ta ko'zni harakatlantimvchi muskul bor. Tashqi muskullarning birgalikda, o'zaro kelishib, mutanosib ishlashi ko‘zlaming ko‘rish vazifasini yaxshi bajaiishiga imkon beradi. Normada ko‘zlar ko‘z kosasi va qovoqlarga nisbatan qoq o‘rtada joylashgancha turadi. Shox pardanijig markazi ham ko‘z tirqishining o'rtasida boladi va ikkala ko‘zning ko‘rish o‘qi parallel yotib, uzoqqa nishon oladi. Binokulyar ko‘rish boisa (hamkorlikda, ikkala ko‘z bilan oaravar ko‘rish) gilaylik bo'lmaydi. Binokulyar ko'rish uchun har bir ko‘zning ko'rish o‘tkirligi 0,3 dan past bo'lmasligi kerak va ko‘zni harakatlantimvchi muskullar hamda ularni jonlantiaivchi nervlar sog' bo'lishi shart.


G’ilaylik - bu ko‘z soqqasining noto‘g‘ri joylashishi, ko‘zning burun yoki chakka tomonga qiyshayib ketishi (juda kam holda tepaga yoki pastga) dir. Bunda bir ko‘z ko‘rilayotgan narsaga tikilgan, ikkinchisi esa o‘sha narsadan bumn yoki chakka tomonga og‘gan boMadi. Ba'zan ikkala ko‘z bir vaqtda burun yoki chakka tomonga og‘adi. Amalda ikki xil g'ilaylik mavjud: a) hamkorlikdagi va b) falajlik (paralitik).
Hamkorlikdagi g‘ilaylikda ikkilanish kuzatilmaydi va ko‘z harakati hamma tomonga butun boiadi.
Paralitik gilaylikda esa bemorga narsalar juft bo‘lib ko‘rinadi (ikkilanish) va kasal muskul tomoniga harakat butunlay yo‘qolgan yoki keskin kamaygan boiadi.
Hamkorlikdagi gilaylikda ikki ko‘zning Ko'rish o'tkirligida katta farq bo‘lsa yoki bir ko‘zda ko'rish keskin past bo'lsa (ambliopiya), baravar ko'rishga imkon boimaydi. Ayrim paytlarda ikki ko'zning ko'rish o'tkirligi yaxshi bo'lishi nuimkin. Kasallikning asosiy sababi — binokulyar ko'rishning yo'qligi. Narsalarning ikkita ko'rinmas- ligining sababi — g'ilay ko'zdagi tasvir aksining neytrallanishi (miyada bu aks o'chiriladi). Agar doim bitta ko'z g'ilaylashsa, bu — monolateral, galma-gal g'ilaylashsa, bu — alternativ g'ilaylik deb ataladi.



Hamkorlikdagi g'ilaylik 60°25°IS° yig'uvchi (burun tomonga) va tarqaluvchd (chakka tomonga) bo'ladi. Yig‘uvchi g'ilaylikda, ko'pincha, ko'zda yuqori darajali gipermetropiya bo'ladi, akkomodatsiya va konveigentsiya zo'rayib ketadi.


Tarqaluvchi g'ilaylikda, ko'pincha, yuqori darajali miopiya kuzatiladi, kattalarda
esa afakiya, to'r parda va ko'ruv nervi distrofiyasi tufayli ko'zning ko'rishi keskin
pasayadi, natijada ko'z tashqariga ketib qoladi. G'ilaylikning darajasi Girshberg usuli yordamida gradusiarda o'lchanadi. Tekshirish uchun oftalmoskop va elektr lampasi kerak bo'ladi. Tekshiriluvchi odam ikkala ko'zi bilan shifokor ushlab tui:gan oftalmoskopga qaraydi. Oftalmoskopdan tushgan nur sog'lom ko'z qorachig'ining o'rtasiga tushib, nurli nuqta hosil qiladi (64-rasm). Ikkinchi — g'ilay ko'zga tushirilgan nur esa normal (3— 3,5 mm) qorachiqning markaziga emas, qirrasiga tushsa — burchak 15°, qorachiq qirrasi bilan limb o'rtasiga tushsa — burchak 25—30°, limbning o'ziga tushsa, burchak — 45° va limbdan tashqariga (skleraga) tushsa, burchak — 60° ga teng bo'ladi.
Konservativ davolashda birinchidan refraktsiya aniqlanib, to'liq kuchli ko'zoynak beriladi. Ikkinchidan, ko'rishi past bo'lgan ko'z (ambliopiyani) pleoptika usullari bilan davolanadi. Uchinchidan, ortoptika usuli bilan ko'z gimnastikasi yordamida muskullar funktsiyasi yaxshilanadi. Agar shunga qaramay, g'ilaylik to'liq davolanmasa, jarrohlik usuli qo'llanadi (ish ko'zni harakatlantiruvchi muskullar ustida olib boriladi). Bundan maqsad — bo'shashgan muskullarni kaltalatish orqali ularning ta'sir kuchini kuchaytirish (rezektsiya) va yopishadigan joyini limbga yaqinlashtirish (tenorrafiya) dir (65-rasm). Bunda kuchli muskullar orqa tomonga o'tkazilib (retsessiya), ularning ta'siri kamaytiriladi (tenomioplastika). Jarrohlikdan so'ng yana


Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling