Mavzu: _________________________________________________________________
_________________________________________________________________________
Ko‘z ichi bosimi (KIB) ning oshishi glaukoma deb nomlanadi (nazla, ko‘k suv). 0‘zbekistonda KIB 16—26 mm s.u.ni tashkil qiladi. Glaukoma og'ir dard bo‘lib, ko'rlikka olib keladi, chunki yuqori bosim ta’sirida ko‘mv nervi qurib, atrofiyaga uchraydi.Glaukomaning quyidagi turlari mavjud:
Tug‘ma glaukoma.
Birlamchi glaukoma (40 yoshdan keyin o‘zidan-o‘zi paydo
bo‘ladi, oldin bitta ko‘zda, keyin ikkinchisida).
Ikkilamchi glaukoma (ko‘z kasalliklarining asorati sifatida turli
yoshda paydo bo‘lishi mumkin; doim bitta ko‘zda bo'ladi).
Tug‘ma giaukomada oldingi kamera burchagida mesodermal to‘qima so‘rilmay qoladi. Sabablari - irsiy va homiladorlik patologiyasi. U bir ko‘zda yoki ikki ko‘zda bo‘lishi mumkin. Birinchi belgilaridan bin - bu ko‘z soqqasining, ayniqsa, shox pardaning kattaligi
D a v о s i: jarrohlik, oygacha (qancha erta qilinsa, shuncha yaxshi; bolalarda ko'rishini saqlab qolsa bo‘ladi). Agar vaqtida tashxis qo'yib, davolanmasa, ko‘zdagi bosim oshib ketaveradi. Ko‘z kattalashib (61-rasm), ko‘ruv nervi atrofiyaga uchraydi, natijada bola ko'r bo‘lib qoladi, ko‘z pardalari cho‘zilib, buqa ko‘ziga o'xshab qoladi. Buning ustiga ko‘z qattiq og‘riydi. Natijada ko‘z
yoslilanib, qizaradi, ko‘z kosasi ham kattalashadi. Tashqi nishi juda xunuk bo‘ladi. Ko‘pincha bunday ko‘z jarrohlik yo‘li bilan olib tashlanib, o‘miga shisha ko‘z qo‘yiladi. Birlamchi glaukomaning 2 turi mavjud: ochiq burchakli (oldingi kameraning burchagi ochiq bo‘ladi) va yopiq burchakli (oldingi kameraning burchagi yopiq bo‘ladi).
Do'stlaringiz bilan baham: |