Tashqi muhitning kishi organizmiga mexanik, elektrotermik, kimyoviy va nur ta’siri natijasida to'qima va a’zolarda anatomik va funksional o'zgarishlarning paydo boMishi shikastlanish deyiladi


Download 0.64 Mb.
bet122/185
Sana24.02.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1226316
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   185
Bog'liq
Рефератлар

Bo‘yin radikuliti
Sabablari. Eng asosiy sabablarid^ biri shu joyda kuzatiladigan osteoxondroz, ya’ni birlamchi umurtqa pog‘onasidagi o‘zgarishlar. Yelka kamari va qo‘llardagi og‘riq' alomatlari (braxialgiya bilan pleksitlar)ning ko‘pchiligi umurtqalar orasidagi disklarda yuzaga kelgan o‘zgarishlarga bog'Iiqdir. Bo‘yin bo‘limidagi umurtqalararo disklarning zararlanishi natijasida shu bo‘g‘imlarda suyak o‘simtalari paydo bo‘ladi. Bu o‘simtalar urnurtqalar orasidan orqa miya nerylarining ildizlari o‘tadigan teshiklarni toraytirib qo‘yadi.
Bo‘yin bo‘limidagi orqa miya nerv ildizlarining zararlanishi, asosan, 40 ypshdan oshgan odamlarda, ko‘proq erkaklarda uchraydi. Bo‘yin radikuliti bilan og‘rigan bemorlar ish vaqtida bo‘yin mushakiarini taranglashtiruychi, boshni engashtirib va burib, qo‘llari bilan bir xilda harakat qihdigan odamlarda ko‘proq uchraydi (suvoqchUar, bo‘yoqchilar, tp‘quvchilar va boshq.).
Klinik manzarasi. Bemorlar bo‘yin va qo‘l sohasi og‘rib t II rishidan shikoyat qiladilar. Ko‘pincha boshini majburan bir tomonga yoki oldinga engashtirib turadilar. Bemorni tekshirganda i)g‘riq bo‘yin qismida bo‘ladi. Paypaslab ko‘rilganda og‘riq paravertebral nuqtalarda kuzatiladi. Agar og‘riq qo‘lga o‘tsa, u vuqtda yana pg‘riq o‘mrov usti hamda ostida, qo‘ltiq tagida bo‘ladi. IU)‘yin radikulitida qp‘lda, bilak va yelka mushaklarida gipptpniya, «trofiya kuzatiladi. Qp‘ldagi bilakni ypzuvchi va bukuvchi suyakusti rcdckslari pasayadi ypki yo‘qoladi. Sezgi bo‘yin segmentlari Holiasida va qo‘lda yo‘qoladi (giperesteziya). Umurtqa pog‘onasi leiUgenogrammasida umurtqa tahalarining chetlarida suyak ii'simtalari borligi ma’lum bo‘ladi.
Ko‘krak radikuliti
Umurtqa pog‘onasining ko‘krak bo‘limida orqa miya nerv ildizlari zararlanganda og‘riq ko‘krak sohasidagi umurtqalarda hamda ko‘krak qafasida bo‘ladi. Agar og‘riq ko‘krak qafasining chap tomonida bo‘lsa, unda klinik jihatdan biroz qiyin bo‘ladi. Ko‘krakdagi og‘riq va uning chap qo‘lga berilishi ko‘pincha radikulitga o‘xshaydi. Bu holat stenokardiya va infarkt miokardda ham kuzatilishi mumkin. Shuning uchun bunday bemorlarni dastlab, albatta, yuragini tekshirish zarur. Ko‘krakning yuqori qismi mushaklarining ko‘p qismini bo‘yindagi nerv ildizlari ta’minlaydi, shuning uchun qattiq og‘riq bo‘lmaydi. Juda ko‘p kasalliklarda - sil spondiliti, aortalar anevrizmi, Bexterev kasalligi, orqa miya o‘smalari va stenokardiyada umurtqa pog‘onasining ko‘krak bo‘limida og‘riq paydo bo‘lishi mumkin. Agar yurak sohasida o‘zgarishlar bo‘lmasa, unda ko‘krak radikuliti deb davolashimiz mumkin.
Klinik manzarasi. Bemorni tekshirganda ko‘krak umurtqa sohasining o‘ng va chap tomonida - paravertebral nuqtalarda og‘riq hamda shu segment sohasida sezgining pasayishi yoki yo‘qolishi kuzatiladi. Ko‘krak radikuliti boshqa radikulitlarga nisbatan kam uchraydi, chunki ko‘krakning o‘zi kam harakat qiladi.
Davosi. Bo‘yin va ko‘krak radikuliti bilan og‘rigan bemorlarga analgetiklar (analgin, sedalgin, aspirin, baralgin, diklofenak), Bj, B,^ vitaminlar, diodinamik tok, umurtqa pog‘onasining bo‘yin bo‘limiga novokain bilan qilinadigan elektroforez, uqalash, vodorod sulfidli yoki rodonli vannalar tavsiya etiladi.
Tirsak nervining nevriti
Bemor to‘rtinchi va beshinchi barmoqlar sohasida uvishish va jimirlashishdan shikoyat qiladi. Tekshirganda bemor IV-V barmoqlarni buka olmaydi, qo‘l barmoqlarini bir-biriga yaqinlashtira olmaydi va bir-biridan uzoqlashtira olmaydi. Paralich yoki parez periferik asab falaji xilida bo‘ladi. Gipotenor sohasida atrofiya, IV-V barmoqlarning ichki va tashqi qismida sezgi pasayadi. Bemorning qo‘l panjasi «qush panjasi»ga o‘xshab qoladi. Bemor royal, pianino chala olmaydi, to‘pni ushlay olmaydi.


Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling