Tashqi muhitning kishi organizmiga mexanik, elektrotermik, kimyoviy va nur ta’siri natijasida to'qima va a’zolarda anatomik va funksional o'zgarishlarning paydo boMishi shikastlanish deyiladi


Download 0.64 Mb.
bet64/185
Sana24.02.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1226316
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   185
Bog'liq
Рефератлар

0‘rtacha ogMrlikdagi anemiya yoki kasallikning II darajasida yuqorida aytib o‘tilgan belgilar yanada yaqqolroq ko‘rinishga ega boMadi. Jigar yana ham kattalashadi, ba’zi bolalarda taloq ham kattalasha boshlaydi. Qondagi gemoglobin miqdori 60 g/l gacha kamayadi. Eritrotsitlar soni 3.0 • 10 g/У dan kam, rang ko‘rsatkichi esa 0,6-0,7 ga teng.
l Anemiyaning og‘ir formasi yoki III darajasida bolaning umumiy ahvoli anchagina o‘zgaradi. Teri rangi oqargan, mumsimon yoki sarg‘ish tusga kirib quruqlashadi, ko‘z qovoqiari va oyoq panjalari kerkib turadi, og‘iz burchaklari va lablar shilliq pardasida yoriqlar paydo boladi, bolaning gavdasi, yuzi, qo‘l-oyoqlarida nuqta-nuqta, gohida ancha katta qontalashlar paydo bo‘lishi mumkin. Muskul kuchi pasayib, ilvillab qoladi.
Periferik limfa tugunlari va bodomcha bezlari kattalashib qoladi. Bolaning qorni odatda dam bo‘lib, jigari bilan talogi birmuncha kattalashadi. Tinch turganda ham bolalarda taxikardiya, hansirash, yurakda sistolik shovqin borligi aniqianadi. Ishtaha keskin pasayib, hatto yo‘qolib ham ketadi (anoreksiya). Bola qayt qilishi, ichi suyuq keladigan bo‘lib qolishi mumkin. Qondagi gemoglobin miqdori 60 g/l dan past, gohida 20—30 g/l gacha, eritrotsitlar soni 3 • 0 — 2, 5 • 10 dan kam, goho 1,8 • 10 I, 5 • 10 g/l, rang ko‘rsatkich esa 0,4-0,5 ga teng bo‘lib qoladi.
Asoratlari. Anemiyalar vaqtida davolanmaganda bolaning jismoniy va asab-ruhiy rivojlanishdan ortda qolishiga, ikkilamchi infeksiyalar va kasalliklarga moyilligi ortishiga, jigar sirrozlarining rivojlanishiga va boshqa bir qancha og‘ir holatlarning kelib chiqishiga sabab boMishi mumkin.
Oqibati. Kasallik to‘g‘ri va o‘z vaqtida davolansa batamom tuzalib ketadi. Lekin yetarli e’tibor berilmasa, oqibati yomonlik bilan tugashi mumkin (ayniqsa, anemiyalarning postgemorragik, gemolitik va gipoplastik hamda aplastik turlarida). Hamshiralik tashxislari. Ishtahaning pasayishi yoki ishtahasizlik, qorin og‘riqlari, tana haroratining ko‘tarilishi, qusish, injiqlik va boshqalar.

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling