Tashqi muhitning kishi organizmiga mexanik, elektrotermik, kimyoviy va nur ta’siri natijasida to'qima va a’zolarda anatomik va funksional o'zgarishlarning paydo boMishi shikastlanish deyiladi
Download 0.64 Mb.
|
Рефератлар
Qo‘shimcha tekshinivlar. Qonning kengaytirilgan umumiy tahlili, qondagi oqsil va temir miqdorini aniqlash, qondagi bilirubin miqdorini aniqlash, sternal punksiya o'tkazish va qizil ko'mik faoliyatini tekshirish va boshqalar.
Davolash va parvarish qilish. Kasallikni davolash ikki yo‘nalishda olib boriladi; Etiologik omillar va yoMdosh holatlar(raxit, gipotrofiya, ekssudativ diatez va boshqalar)ni bartaraf etishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish. Anemiyaga qarshi maxsus davo usullarini qo‘llash. Ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirishda har bir bolaning qachondan buyon kasalligi hamda anemiyasining og‘ir-yengilligini hisobga olib turib, uning o‘ziga to‘g‘ri keladigan yo‘lni tanlash lozim. Temirdefitsitli anemiyalarga maxsus davo qilishda, asosan, tarkibida temir moddasi boMgan preparatlardan foydalaniladi. Temir preparatlari yuzaga keltira oladigan nojo‘ya hodisalar (ko‘ngil aynishi, qayt qilish, tez-tez ich surib, axlatning suyuq bo‘lishi, qabziyat, qorin og‘rig‘i)ga yo‘l qo‘ymaslik uchun dastlabki bir necha kun davomida bu preparatlar sutkalik dozasining yarmi miqdorida buyuriladi, keyin esa bolaning yoshiga to‘g‘ri keladigan toia dozaga o‘tiladi. Temir preparatlarini ovqat vaqtida yoki ovqatdan keyin askorbinat kislota bilan birga ichish zarur. Temir preparatlarini sitrus meva suvlari bilan birga berish mumkin, bu meva suvlari yoqimsiz ta’m sezgilarini bartaraf etadi va ichilayotgan donning so‘rilishini yaxshilaydi. Temir preparatlari 1-2 oy davomida ichirib boriladi. Anemiyalarda polivitaminlar yetishmaydigan boMishini hisobga olib, bu kasalliklarga qarshi qilinadigan davo kompleksiga vitaminlar qo‘shiladi. Awaliga har kuni yoki kunora vitamin B, va С buyuriladi; davo kursi muskullar orasiga 10-20 marta inyeksiya qilishdan iborat. Ishtaha paydo bo‘lib borgan sayin oqsillar almashuvini tartibga keltirish va eritroporezga yaxshi ta’sir ko‘rsatish maqsadida muskullar orasiga 0,5 ml dan 2,5 % li vitamin eritmasini yuborib turish maqsadga muvofiqdir. Davo kursi 10—20 inyeksiya. Dam ich ketib, dam ich qotib turgan hollarda temirning yaxshi o‘zlashtirilishi uchun temir preparatlarini folat kislota bilan birga ichirish lozim. Temir preparatlari vitamin В ,2 (sianokobalamin) bilan birgalikda qo‘llanilsa, davo qisqa muddatlarda naf beradi. Bu preparat bolaning ahvoliga qarab 30-50 mkg dan muskul orasiga har kuni yoki 1-2 kun oralatib yuborib turiladi. Bolalardagigipoxrom, alimentar, В,^ vitamin defitsitli, gipoplastik, postgemorragik va boshqa sabablar natijasida kelib chiqqan anemiyalarni davolashda vatanimizda ishlab chiqarilgan kobavit preparati yuqori samara bermoqda. Kobavitning ta’sirida qondagi gemoglobin miqdorining sutkalik o‘sishi 2,2 dan 7,11 g// gacha bo‘lishi tajribalarda aniqlangan. Kobavit anemiyalarning yengil darajasida 0,005 g (1 tabletka)dan 3 mahal, o‘rtacha va og‘ir darajalarida esa 0,01 g (2 tabletka)dan 3 mahal ovqatdan 1,5—2 soat oldin ichish uchun tayinlanadi. Davo kursi 15-20-25 kunni tashkil etadi. Anemiyalarning og'ir formalarida yuqoridagi davo choralari bilan birga takror-takror qon quyib turish (yangi qon, eritrotsitar massa, qon plazmasi va boshqalar) yaxshi natija beradi. Bunda qon har safar 5—7 kun oralatib turib, bolaning 1 kgiana vazniga 7—10 /n/hisobidan quyiladi, hammasi bo‘lib 6—8 transfuzfya qilinadi.Davo chora-tadbirlari orasida kamqonlik bilan og‘rigan bolaga parhez tayinlash va to‘g‘ri kun tartibi belgilashning ahamiyati katta. Anemiyalarning yengil formalari bilan og‘rigan bolalarni uy sharoitlarida, shuningdek, bolalar bog‘chalari, yaslilari, go‘daklar uylarida davolash mumkin. Anemiyaning og‘ir formalari bilan og‘rigan bolalar odatda kasalxona sharoitlarida davolanadi va qanday bo‘lmasin, biror xil kasallik qo‘shilib qolmasligi uchun ularni imkoni boricha alohida kichik palatalarga joylashtiriladi. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling