Tashqi muhitning kishi organizmiga mexanik, elektrotermik, kimyoviy va nur ta’siri natijasida to'qima va a’zolarda anatomik va funksional o'zgarishlarning paydo boMishi shikastlanish deyiladi


Download 0.64 Mb.
bet9/185
Sana24.02.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1226316
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   185
Bog'liq
Рефератлар

Yepiq savollar - izoh talab qilmaydigan savollar.
Misol: - Siz bugun yaxshi uxladingizmi? - Ha yoki yo‘q.
Ochiq savollar - izoh talab qiladigan savollar.
Misol: - Nega bugun yaxshi uxlay olmadingiz?
Yo’naltiruvchi savol - fikrni davom ettirishga undovchi savoL
Misol: - Balki havo ta’sir qilgandir?
Demak, savol berish qoidasi bemorning muammosini chuqur aniqlash
uchun yordamchi vosita hisoblanadi. Hamshiralik jarayonining barcha bosqichlarida hamshira kommnikatsiya tamoyillariga amal qilishi kerak.
2-bosqich. Hamshiralik tashxisi. Ya’ni, kasallik etiologiyasi va klinik belgilarga asoslanib, bemorning asosiy muammosi aniqlanadi va «Hamshira tashxisi» - hamshiralik jarayonining asosidir. Hamshira tashxisini qo‘yishdan maqsad, bemorning ahvoliga va kasallikning kechishiga to‘g‘ri baho berishdir. Bemor bilan kommunikatsiyada bo‘lish bemorda kasallik oqibatida paydo bo‘lgan muammolarni
aniqlash, shu asosida bemorni kuzatuv kundaligini olib borish, bemorni sog‘lomlashtirishni tashkil qilishdir. Hamshira tashxisi qo‘yishda nazariy bilimlarni egallash bilan birgalikda mukammal amaliy ko‘nikmalarga ham ega bo‘lishi kerak. Bemor muammosini aniqlashda
MASLOU ehtiyojlar pog’onasidan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
MASLOU pog’onasida qariyalarning o‘z kasaliga yoki holatiga munosabati, kasallikni yengishiga ishonchi, umuman fiziologik jarayonlar kechishiga qanday munosabatda bo‘lishi va bunga nima ta’sir ko‘rsatishi, tashqi muhitning ta’siridan o‘zini himoya qila olish-olmasligi, yordamga muhtoj-muhtoj emasligi, o‘zini jamiyat,
yaqinlari bilan hamnafas his etishi yoki yolg‘izlanib qolganligi kabi holatlar aniqlandi. MASLOU pog‘onasiga asoslanadigan bo‘lsak, inson pog‘onaning eng
pastki qatoridagi ehtiyojlarini qondirgandagina yuqori pog‘onadagi ehtiyojlarga intilishi mumkin. Ehtiyojlar va talab pog‘onasi pastdan yuqoriga qarab quyidagi tarzda joylashadi:

  1. Hayotiy zaruratdan kelib chiqqan holda ehtiyojlarni qondirish.

  2. Xavfsizlikka ishonch, barqarorlik, erkinlikni his qilish (pul, sug‘urta, oila, do‘stlar).

  3. Odamlar bilan muloqotga bo‘lgan ehtiyojini qondirish (yolg‘izlik katta muammo).

  4. 0‘zini o‘zi hurmat qilish (ehtiyoj qondirilmasa odam o‘zini
    kuchsiz, ishonchsiz sezadi).

  5. Yaratishga, yashnatishga, rivojlantirishga ehtiyoj (sanat, sport,
    ijod) sezishi zarur.


  1. Download 0.64 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling