Tashqi muhitning kishi organizmiga mexanik, elektrotermik, kimyoviy va nur ta’siri natijasida to'qima va a’zolarda anatomik va funksional o'zgarishlarning paydo boMishi shikastlanish deyiladi
Download 0.64 Mb.
|
Рефератлар
- Bu sahifa navigatsiya:
- Indigokarmin
- Ko‘tariluvchipiyelografiya
- Venaga kontrast modda yuborib, urografiya qilish.
- Sistografiya.
- Siydik-tosh kasalligini
- Toshlarni kesish {Lithotomia;
Urologiya xirurgiyaning siydik-tanosil a’zolari (buyraklar, siydik yo‘llari, qovuq, siydik chiqarish kanali, prostata bezi, moyaklar, jinsiy olat) kasalliklari bor bemorlarda davolash bilan shug‘ullanadigan bo‘limidir.
Urologiyaga oid maxsus terminlar: Sistoskopiya - sistoskop yordamida qovuqni tekshirish. Qovuq shilliq qavatini siydik chiqarish kanalining tashqi teshigi orqali kirgazilgan sistoskop yordamida tekshirish. Siydik yo‘llarini kateterlash yordamida ko‘tariluvchi piyelografiya qilinadi. Xromotristoskopiya. Buyraklar faoliyatini aniqlash imkonini bera- di.’ Shu nmqsadda venaga 4 ml 4% li indigokarmin eritmasi yubo- riladi. Qovuqqa sistoskop kiritiladi. Normada 3-4 daqiqa o4gach, siydik yollaridan ko‘l rangga bo‘yalgan siydik ajraydi. Indigokarmin ajralib chqishi ushlanib qolganda buyrak yoki siydik yo‘llari faoliyati bizilganligi to‘g‘risida fikr yuritish mumkin. Siydikyo'llarini kateterlash. Tekshirish uchun maxsus kateterlovchi sistoskop qoHaniladi. Uning yordamida siydik yo‘liga maxsus kateter kiritiladi. Siydik yo‘li chandiqli torayganda kateter to‘siq oldida turib qoladi. Siydik yo‘li kateteri orqali siydikni bevosita buyrak jomidan olish mumkin. Ko‘tariluvchipiyelografiya, Siydik yo‘li kateteri orqali buyrak jomiga kontrast modda - 20% li sergozin eritmasi, kardiotrast, diodon kiritiladi va rentgenogramma qilinadi. Toshlar va o‘sma yaxshi ko‘rinadi. Venaga kontrast modda yuborib, urografiya qilish. Venaga 40% li sergozin eritmasidan 50 ml yuboriladi va 10, 20, 30 daqiqadan keyin siydik yo‘llari rentgenografiya qilinadi. Bu usul buyraklarning siydik ajratish faoliyatini va to‘siqlar borligini aniqlash imkonini beradi. Sistografiya. 10-20% li sergozin, diodon yoki kardiotrast eritmasidan 100-150 ml quyib, to‘ldirilgan qovuqni rentgenografiya qilish. Qovuqdagi o‘smalar, shikastlarni tashxislash imkonini beradi. Siydik-tosh kasalligi Siydik-tosh kasalligi - siydik ajratish a’zolarida tosh hosil bo‘la- digan kasallik bo‘lib, ko‘proq buyrak va qovuqda hosil bo‘ladi. Siydik-tosh kasalligining hosil bo‘lish va rivojlanishining asosiy sababi moddalar almashinuvining buzilishi bo‘lib, bunda erimaydigan tuzlar hosil bo‘lib, toshga aylanadi. Toshlar soni va joylashish joyi turlicha bo‘ladi. Yosh kishilarda ko‘proq tosh siydik yo‘llarida va buyrakda bo‘ladi, qovuq toshlari ko‘pincha katta yoshdagi kishilarda va bolalarda tashxislanadi. Kasallik rivojlanishiga moyil asosiy omillarga: siydik ajratish yo‘lla- rining anatomik nuqsonlari; irsiy nefrit va nefrozga o‘xshash sindromlar; siydik-tanosil a’zolarining surunkali kasalliklari (piyelonefrit, sistit, prostatit va h. k.); hazm qilish tizimining surunkali kasalliklari (gastrit, kolit va h. k.); ba’zi bir aniq ovqat, suvlar va h. k. Buyrakda tosh bo’lganda og‘riq ko‘pincha jismoniy zo‘riqishdan keyin paydo bo‘ladi, bemorlarda siydik-tanosil yo'llarining boshqa kasalliklari qo‘zg‘alishi mumkin. Agar tosh qovuqda bo‘lsa, unda bemorni tez-tez og‘riq bilan siyish hamda harakat qilganda og‘riq sezgisi bezovta qiladi. Tosh siydik kanalida joylashganda bemor tez- tez siydik ajratishga chaqiriq sezadi, og‘riq beldan sonning ichki tomoniga, chotga va qorin pastiga tarqaladi. Agar tosh siydik kanali yorig'ini berkitib qo‘yib, buyrakda siydik yig‘ilib qolsa, buyrak xuruji boshlanadi. Bemor belda boshlangan kuchli og‘riqning qoringa o‘tishini sezadi. Tosh o‘z joylashishini o‘zgartirmaguncha yoki siydik kanalidan chiqib ketmaguncha xuruj davom etadi. Piuriya - kasallikning kam uchraydigan belgisi. Tana haroratining ko‘tarilishi, intoksikatsiya belgilari, leykotsitoz, EChT ning tezlashishi infeksiya tushganidan darak beradi va bemorni kasalxonaga yotqizish tavsiya qilinadi. Tashxis klinik belgilar, rentgenologik tekshirish va vena ichi urografiyasi ma’lumotlari asosida qo‘yiladi. Urografiya tosh borligi, ularning soni, o‘rni, o‘lchami, buyrak va siydik yo‘llarining holati haqida ma’lumot olishga imkon beradi. Davolash. Siydik-tosh kasalligini davolash shifokorning doimiy nazorati ostida o‘tkaziladi. Toshning o‘lchamiga qarab dori preparatlari bilan yoki xirurgik usulda davolash tanlanadi. Hozirgi vaqtda ko‘pgina nooperativ usullar bo‘lib, xirurgik aralashuvsiz yaxshi natijalarga erishishga imkon beradi - toshlarni maydalash. Toshlarni kesish {Lithotomia; litotomiya) - konkrementlarni olib tashlash maqsadida qovuqni ochish bo‘yicha xirurgik operatsiya. Prostata bezining xavfsiz giperplaziyasi bo‘lib, qari va keksa yoshdagi erkaklar orasida keng tarqalgan kasallik va siydik chiqarish kanalining proksimal qismining atrofida joylashgan fibroepitelial to‘qi- masining morfologiyasi bilan xoslanadi. Klinik jihatdan ham kasallik yetarli darajada keng tarqalgan boiib, bunda siydik ajralishining buzilish belgisi 60 yoshdan oshgan erkaklarda 35% ni tashkil etadi. Kasallik simptomatikasi uchta asosiy komponentlardan iborat: mexanik, dinamik va qovuqning faoliy qobiliyatining buzilishi. Buyrak va siydik ajratish a’zolarining xirurgik kasalliklari bilan og^rigan bemorlarni fizikal tekshirish Konkrementlar yoki toshlar buyrakda, so‘rg‘ichlarning kalsiylanishi yoki siydikda kalsiy, siydik kislotasi, sistin, magniy-ammoniy-kalsiy- fosfat tuzlarining cho‘kishi natijasida shakllanadi. Kimyoviy tarkibi bo‘yicha oksalat, fosfat, karbonatli, uratli, xolesterinli va aralash toshlar bo‘ladi. Buyrak-tosh yoki siydik kanalida tosh bor bemorlarni olib borish yo‘nalishi kasallikning davriga bog‘liq. 04kir davr - bemorda siydik ajratish yo‘llarining obstruksiyasi simptomlari yoki yallig‘lanish belgilari bo‘ladi. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling