Tashqi muhitning kishi organizmiga mexanik, elektrotermik, kimyoviy va nur ta’siri natijasida to'qima va a’zolarda anatomik va funksional o'zgarishlarning paydo boMishi shikastlanish deyiladi


Download 0.64 Mb.
bet20/185
Sana24.02.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1226316
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   185
Bog'liq
Рефератлар

Parvarish qilish. Qat’iy ravishda to‘shakda yo‘tib davolanish tarti- bi, tez-tez ycngil ovqatlantirib turish. Meningitlarda bosh miyada gipertenziya belgilari boiadi. Bunda bcmor shovqin, yorugiikni yoqtirmaydi. Shuning uchun bemorlarni alohida tinch, unchalik yorug‘ boimagan xonaga yotqizish, xonani toza havo bilan ta’minlash, yostiq yumshoq boiishi, ko‘rpa-to‘shaklari ozoda bo’lishi kerak.
Sil meningiti barcha yoshda, ko‘proq bolalar va o‘smirlarda uchraydi. Kasallik paydo boiishidan oldin boshqa a’zolarda sil jarayoni (o‘pka sili, bronxial bezlar yoki boshqa a’zolar sili) bilan og‘rib oigan boiadi.
Klinik manzarasi. Sil mcningiti ko‘pincha asta-sekin avj olib boradi. Kasallik dastlabki belgilari oikinchi bosh og‘riq, umumiy holsizlik, lanjlik, darmonsizlik, tajanglik, ishtaha yo‘qolishi, o‘qish saviyasining yomonlashishi, doimiy boimagan tana haroratining 37,2- 37,8°C gacha koiarilishi. Keyinchalik bosh og‘riq kuchayib boradi. Uyqu buzilishi, nafas tutilishi, yorugiikdan qo‘rqish, kichik yoshdagi bolalarda ich ketishi va behushlik, yuqori tana harorati, teri rangining oqarib, ko‘ngil aynishi, qayt qilib turishidir, katta yoshdagilarda toliqish, ish qobiliyatining keskin kamayishi yoki yo‘qolishi, asabiylashish, tajanglik kuzatiladi. Mana shu alomatlarning hammasi 1-2 hafta davom etib, keyin mcningial belgilar kuchayib boradi. Bunda bemorlarda umumiy lohaslik belgilari kuchayadi, ozish, doimiy yuqori tana harorati, parishonlik yoki hushsizlik, anglash va so‘zlash qobiliyatining buzilishi, uyquchanlik, savollarga xohishsiz javob qaytarish, kuchaygan davomli bosh og‘riq, sababsiz ko‘ngil aynish yoki qusish, alahsirash, tirishish, umumiy og‘riqni sezish va turli xildagi gallutsinatsiyalar kuzaliladi. Bcmorni tckshirganda meningial belgilar: ensa mushagining tarangligi, Kernig va Brudzinskiy belgilari, pay reflekslarining kuchayishi yoki yo‘qolishi, Babinskiy, Oppcngeym, Gordon, Rossolimo patologik reflekslarining borligi, miya asosidan chiquvchi 12 juft KBM ncrvlarida o‘zgarishlar kuzatiladi. II juft ko‘ruv KBM nervi zararlanganda ko‘rish pasayishi, ko‘z tubida o‘zgarishlar kuzatiladi; III juft ko‘zni harakatlantiruvchi KBM nervi zararlanganda yuqori qovoqning osilib qolishi, tashqariga qarab qolgan g‘ilaylik, ko‘z qorachig‘ining kengayishi, ko‘z olmasining o‘ynoqiligi va narsalarning ikkita bo‘lib ko‘rinishi; VI juft ko‘zni tashqariga harakatlantiruvchi KBM nervi zararlanganda ichkariga qaragan g‘ilaylik, doimiy diplopiya; VII juft yuz KBM nervi zararlanganda yuz mushaklari falajlanadi, og‘iz burehagi pastga tushgan, burun-lab burmasi silliqlashgan bo‘ladi, peshana burmalari silliqlanishi natijasida ko‘z tirqishi bekilmaydi (logoftalm); XII juft til osti KBM nervi zararlanganda til og‘iz bo‘shlig‘idan chiqarilganda zararlangan tomonga qiyshaygan bo'ladi. Vegetativ o‘zgarishlar ham kuzatiladi: yurak urishining sekinlashishi, yuz rangining vaqti-vaqti bilan qizarishi yoki oqarishi, kech paydo boiadigan turg‘un qizil, yoyilgan dermografizm. Sil meningiti 3 ta klinik shakldan iborat: 1. Sil meningitining- bazillar shaklida meningial belgilar bilan barcha 12 juft KBM nervlarining zararlanish alomatlari kuzatiladi. 2. Meningoensefalit shaklida meningial belgilar bilan bir qatorda bosh miya to‘qimasining o‘choqli jarohatlanishi (afaziya - mxX(\ buzilishi, afoniya - owozmng bo‘g‘ilishi, q/ag/ya - ovqatni yuta olmaslik yoki qalqib ketish), qo‘l- oyoqlarda gemiparez alomatlari kuzatiladi. 3. Screbro-spinal shaklida, miya to‘qimasining, pardalarining zararlanish belgilari bilan birga orqa miya ildizlarida periferik asab falajligi belgilari va chanoq a’zolari faoliyatida ham o‘zgarishlar kuzatiladi. Sil meningitida orqa miya suyuqligini olish uchun maxsus xonada aseptik va antiseptik qoidalarga rioya qilgan holda punksiyani bajarish zarur. Punksiyani bajaruvehi shifokor qo‘llarini zararsizlantirilgan cho‘tka va sovun bilan yuvib tozalaydi, so‘ngra zararsizlantirilgan salfetka bilan artib quritadi va spirt-yod-spirt bilan tozalaydi, ayniqsa barmoqlarni. Boshini ko‘krak qafasiga va oyoqlarini qorin tarafga eggan, gorizontal holatda yotgan bemorning bel umurtqa sohasini spirt-yod-spirt bilan artiladi. III-IV-V umurtqa pog‘onasi oralig‘i (asosan, III-IV) maxsus mandrenli igna bilan punksiya qilinadi (bolalarda oddiy qon tomirga dori yuboradigan ignani ishlatish mumkin). Orqa miya suyuqligi 3 ta shisha idishga kamida 3 ml olinadi. 1- va 2-shisha idishlar umumiy tahlil - oqsil, hujayralar, qand, xloridlar miqdorini aniqlash uchun va bakterioskopik tekshirish uchun laboratoriyaga yuboriladi, 3-shisha idish esa o‘rgimchak inisimon pardaning hosil bo‘lishini kuzatish uchun (12 soat) xonada qoldiriladi. Agarda parda hosil bo‘lsa, uni darhpl chayqatmasdan bakterioskopik usul bilan tekshirishga yuboriladi. Bemor punksiyadan keyin 2 soat davomida tepaga qarab yotishi kerak va hech qanday ovqat hamda dori vositalari buyurilmaydi. Orqa miya suyuqligi tiniq, sarg‘ish, sal tovlanib turadigan bo‘ladi. Suyuqlik tarkibida oqsil va limfatsitlar ko‘p miqdorda uchraydi. Orqa miya suyuqligida 24-28 soatdan keyin yupqa parda paydo bo‘lib, shu pardadan sil tayoqchalari topilishi mumkin. Mana shu davrda bemorning tana harorati 38-39°C ga ko‘tariladi. Es- hushi vaqti-vaqti bilan karaxt bo‘lib turadi.
Davosi. Sil meningiti bo‘lgan bemorlar darhol shifoxonaga yotqizilishi kerak. Shifoxonada kasallik shakliga qarab 6 oydan 1 yilgacha davolanadilar. Shifoxonada davolanish vaqti tugagandan so‘ng, bemorlar sil sihatgohida to‘liq davolanishni davom ettiradilar. Bu joydan davolanib chiqqandan keyin bemorlar yashash joyidagi silga qarshi kurashish dispanseri nazoratida kuzatiladi va keyingi o‘tkaziladigan davolash, oldini olish choralari olib boriladi. Hamma sog‘aytirilib uyga chiqarilgan bemorlar dispanser shifokori tomonidan, kasallikning qaytalanmasligi maqsadida, 5 yildan kam bo‘lmagan nazorat kuzatuvida bo’ladilar.


Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling