Tashqi muhitning kishi organizmiga mexanik, elektrotermik, kimyoviy va nur ta’siri natijasida to'qima va a’zolarda anatomik va funksional o'zgarishlarning paydo boMishi shikastlanish deyiladi


Download 0.64 Mb.
bet14/185
Sana24.02.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1226316
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   185
Bog'liq
Рефератлар

Klinika va kechishi. Bronxial astmaning asosiy simptomlardan birinchisi «Bo‘g‘ilish» xuruji hisoblanadi va u allergenlar bilan kontakt, jismoniy zo‘riqish, bronx o‘pka infeksiyalarida kuzatiladi. Bo‘g41ishni chekish, sovuq qotish zo‘raytiradi. Kasallikda quyidagi kechish davrlari farqlanadi: xabarchilar, xuruj, xurujdan keyin, xuruj oralig‘i. Xurujdan bir necha daqiqa yoki bir necha kun oldin xabarchilar aksirish, ko‘z qichishi, yoshlanishi, bosh og‘rish, quruq yo4al va uyqu buzilishi kuzatiladi. Xuruj esa bo‘g‘ilish bilan xarakterlanadi. Ko‘krak qafasi harakati birdaniga cheklanadi, hushtakli xirillashlar, g‘ijillashlar eshitiladi. Xuruj paytida bemor o4irgan holda, qo‘li bilan krovatning yoki kresloning chetiga tiranib olgan. Teri qoplami oqargan, quruq, yordamchi mushaklar taranglashgan, taxikardiya, ozgina ko‘karish, yurak tonlari bo‘g‘iq bo‘ladi. Perkussiyada quticha tovushi eshitiladi. Xuruj 10-20 daqiqa, cho‘zilib ketganida bir necha soat davom etadi. Xuruj yopishqoq balg‘am ko‘chishi bilan tugaydi (xurujdan keyingi davr). Xuruj uzoq davom etishiga astmatik holat deyiladi. Balg^amda eozinofillar, Kurshman spirali, Sharko-Leyden kristallari topiladi. Qonda leykopeniya, eozinofiliya ko‘rinadi. Ko‘krak qafasi rentgenoskopiya qilinganda o‘pka tiniqligi oshgan va diafragma harakati cheklangan bo‘ladi.
Davolash. Kasallik xuruj qilib turgan paytda toza havo kelib turishini ta’minlash, bemorni issiq qilib o‘rab qo‘yish va ortiqcha harakatlardan ehtiyot qilish lozim. Bemorni qulay (yarim o‘tirgan) holatga keltirib qo‘yish zarur, orqasiga 2-3 ta yostiq, boshi ostiga esa bolish qo‘yiladi. Bemorning nafas olishi osonroq bo‘lsin deb, siqib turgan kiyimlari yechiladi yoki bo‘shatiladi. Balg‘am yumshashi uchun bemorga ishqor aralashtirilgan suv yoki issiq sut beriladi. Oyoqqa xantal vannasi qilish, ko‘krak qafasiga bankalar yoki xantal qo‘yish bemor ahvolini ancha yengillashtiradi. Kislorod yostig‘idan nafasga namlangan kislorod be­riladi. Preparatlardan: 0,5-1 ml 0,1% li adrenalin yoki 0,1% li atropin er- itmasi teri ostiga, 10 ml 2,4% li eufillin vena ichiga yuboriladi, izadrin (novadrin) ingalatsiyalari buyuriladi. Og‘ir hollarda gormonlar olib turadigan bemorlarga muskullar orasiga 30 ml prednizolon yuboriladi. Cho‘ntak ingalatorlari: astmopenat, novadrin va boshqalardan foydala- nish mumkin. Bemorlarni tinchlantirish maqsadida valeryanka, brom berish mumkin. Infeksion omilga qarshi antibiotiklar qo‘llaniladi.

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling