Tashqi muhitning kishi organizmiga mexanik, elektrotermik, kimyoviy va nur ta’siri natijasida to'qima va a’zolarda anatomik va funksional o'zgarishlarning paydo boMishi shikastlanish deyiladi


Download 0.64 Mb.
bet13/185
Sana24.02.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1226316
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   185
Bog'liq
Рефератлар

Metabolik davr - bu davrda konkrementlarning o‘sishi yoki shakllanishini mos keluvchi terapiya yordamida bartaraf qilish mumkin. Kasallikning o4kir davrida siydik ajratish yo‘llarining yuqori qismi- da tosh borligining eng tez-tez uchraydigan belgisi - og‘riq.

  • Og‘riqning joyi konkrement joylashuviga bog‘liq. U belning yuqori qismida, belda yoki yonbosh sohada bo‘lishi mumkin. Oraliqqa tarqalishi mumkin.

  • Og‘riq siydik kanalining kengayishi yoki buyrak jomlarining kengayishi natijasida yuzaga keladi va har qanday o‘lchamdagi tosh orqali chaqiriladi.

Qorinda og‘riq, to‘g‘ri ichakda og‘riq va tenezma bo‘lsa, tosh buyrak jomlarida joylashgan bo‘ladi, ko’ngil aynish va qusish bilan birga kechadi. O’tkir buyrak xurujida shoshilinch yordam Buyrak xuruji siydik yo‘llari bo‘ylab toshning siljishi yoki siydikning chiqishi buzilishi bilan bog‘liq. Buyrak xurujida og‘riq to‘satdan, sanchiqli, kuydiruvchi, tiluvchi bo‘lib, ko‘proq bclda joylashadi va siydik kanali bo‘ylab tarqaladi. Siydik chiqarish tezlashgan, og‘riqli. Og‘riq ko‘ngil aynish, qusish, meteorizm bilan kechadi. Agar siydik-tosh kasalligi siydik yo‘llari infeksiyasi ustiga paydo bo‘lsa, unda xuruj daraja tutish, haroratning ko4arilishi va siydikda katta miqdorda leykotsitlar paydo boiishi bilan kechadi. Buyrak xurujida bemor muskuli orasiga 2 ml 50% li analgin, 1 ml 1% li dimedrol, 1 ml 0,1% li atropin yuboriladi. Bemorni nosilkaga chalqancha yotqizib, urologiya bo‘limiga joylashtiriladi. Siydik ajralish buzilishida yordam berish
Ruhiy yordam berish. Hamshira bemorni tinchlantirishi lozim. Ushbu holat sababini tushuntirishi, bemorning qo‘rquv va bezovtaligini bartaraf qilishi, keyingi harakat rejasi bilan tanishtirib, bemorning roziligini olishi kerak.
Jismoniy yordam (qovuqni kateterlash). Kateterlash: qovuqqa kateterni kirgizib, tutilib qolgan siydikni chiqarib olish. Yumshoq va qattiq kateterlar qo‘llaniladi.
Kateterlashga tayyorgarlik: hamshira qo‘llarini iliq suvda cho4ka va sovun bilan yuvib, spirt, yod bilan yuqumsizlantirishni o‘z ichiga oladi. Muolaja oldidan bemor tashqi a’zolari yuviladi. Kateter steril bo‘lishi kerak. Yumshoq kateterlarni ishlatishdan oldin iliq suvda sovun bilan yuvib artiladi, 10-15 daqiqa qaynatiladi va yopiq emal yoki shisha idishda 2% li bor yoki karbol kislotasi eritmasida saqlanadi. Qattiq kateter qaynatish yo‘li bilan yoki avtoklavda sterillanadi.
Diyetoterapiya. Ovqatlanish bo’yicha ko’rsatma: oksalat tuzlari bo‘lganda uglevod, yog‘lar, osh tuzi va kalsiy hamda shavel kislotasiga boy oziqlar chegaralangan parhez tavsiya qilinadi. Oqsil - 100 g, yog‘lar - 50 g, uglevod - 300 g, osh tuzi 5-8 g, vitamin С qo‘shiladi. 2 litrgacha suv ichish. Oq va qora non, yorma va xamirli taomlar ruxsat beriladi, hayvon va o‘simlik yog‘lari, sut va sut mahsulotlari (qaymoq, tvorog, pishloq), tuxum, sabzavotli, sut va mevali sho‘rvalar, karam, sabzi, dukkaklilar, turp, bodring, uzum, salat, o‘rik, shaftoli, behi, nok va ularning sharbatini iste’mol qilish mumkin. Chegaralangan miqdorda go‘sht, baliq, qaynatilgan qush go‘shti- 150-200 g ruxsat berilgan. Shavel, shpinat, lavlagi, anjir, loviya, petrushka, ko‘ksulton, choy, какао, kofe, shokolad taqiqlanadi.
Fosfat tuzlari bo’lganda - kalsiyga boy oziqlarni chegaralash, qovurilgan taomlarni taqiqlash va suyuqlik ichishni 2 litrgacha olib boruvchi parhez buyuriladi. Oqsil - 100 g, yog‘lar - 100 g, uglevodlar- 400 g, osh tuzi - 5-8 g, A, C, D, В vitaminlari. Non, xamirli taomlar, ovsyanka, no‘xot, qovoq, qizil smorodina, olmalar mumkin. Chegaralangan miqdorda sho‘rvalar, go‘shtli souslar, qaynatilgan baliq, go‘shtli va baliq konservalari, tuxum va tuxumli taomlar, sut va sut mahsulotlari iste’mol qilinadi. Shirinliklar, pishloq, o‘tkir salatlar va alkogol taqiqlanadi. Urat toshlari bo‘lganda umumiy kaloriyani, oqsilni, yog‘larni, osh tuzini taqiqlash. Ko‘p suv ichish - 2 litrgacha, oqsil - 70 g, yog‘ - 80 g, uglevod - 40 g, osh tuzi - 6-8 g, С va В vitaminlar qo‘shish. Oq va qora non, sutli va mevali sho‘rvalar, xamirli taomlar, sabzavot, mevalar, lavr bargi, sirka mumkin. Sut mahsulotlari va tuxumni chegaralash. Jigar, buyrak, miya, shprot, go‘shtli va baliqli sho‘rva suvi, souslar, shavel, shpinat, qo‘ziqorin, dukkaklilar taqiqlanadi.


MAVZU: _______________________________________________
_____________________________________________________________________
Bronxial astma - polietiologik kasallik. Kasallikka moyil qiladigan faktorlarga allergenlar, infeksiya va nasi kiradi. Kasallikka nafas yo‘llarining patologiyasi, allergik holat, endokrin patologiyasi olib keladi. Kasallikni chuqurlashtiruvchi faktorlarga: respirator virusli infeksiyalar, aktiv va passiv chekishlar, havoning iflosligi, kam og‘irlikda tug‘ilish, parazitar infeksiyalar kiradi.

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling