Tashqi muhitning kishi organizmiga mexanik, elektrotermik, kimyoviy va nur ta’siri natijasida to'qima va a’zolarda anatomik va funksional o'zgarishlarning paydo boMishi shikastlanish deyiladi


Download 0.64 Mb.
bet15/185
Sana24.02.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1226316
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   185
Bog'liq
Рефератлар

Profilaktikasi. Infeksiya o‘choqlari sanatsiya qilinadi. 04kir respirator kasalliklarni o‘z vaqtida zamonaviy usullarda davolash. Atrof-muhitni ifloslanishiga qarshi kurashish va ishxonalarda, ayniqsa, kimiyoviy zavodlarda yaxshi sharoitlarni yaratish. Bemorlar «Kislovodskiy» va «Shimoliy Kavkaz», shuningdek, 0‘z- bekistonning «Oqtosh» hamda «Zomin» sanatoriylarida davolanishlari mumkin. Kasallikning og‘ir kechishi ko‘p hollarda bemorlarni nogironlikka olib keladi. Ayniqsa, yomon oqibat yoshi katta odamlarda kuzatiladi. Ammo o‘rinli va to‘g‘ri davolanganda, zarur bo‘lgan quvvatlab turuvchi davolash o4kazilganda kasallik yengil kechadi, bemorlar uzoq muddat ish qobiliyatini saqlab qoladilar.
Hamshiralik parvarishi. Ruhan va jismonan tinch sharoit yaratish. Xonadagi temperatura va namlikni nazorat qilish. Xuruj pay- tida bemorga qulay sharoit yaratish. Yarim o4irgan holatga keltirish, qisib turgan kiyimlardan xalos etib, xonani doimo shamollatib turish yo‘li bilan toza havo kelishini ta’minlash. Antibiotiklarni qo‘llashda anafilaktik shokning oldini olish maqsadida albatta sinama o’tkaziladi. Bronxlarni kengaytiruvchi preparatlar qo‘llanilganda; yurak urishiga, nafas olishi harakatlarining soniga va pulsiga yetarli darajada e’tibor berish kerak. Dori preparatlarni parenteral yo‘l bilan, shpris yoki tomchilab yuborganda juda sekin yuborish kerak, chunki dorilarning nojo‘ya ta’siri darhol yuzaga keladi. Dori preparatlarini muntazam qabul qilish maqsadida va vena ichiga inyeksiya qilinganda vaqtni nazorat qilish kerak. Bemorni parvarish qilishda palataga kislorodni markazlashgan holda beradigan moslamada keltirilgani ma’qul, bunday moslama bo‘lmaganda tibbiyot hamshirasi postni yetarli miqdorda kislorod yostiqlari bilan ta’minlashi kerak. Bronxial astmasi bor bemorlarda funksional karavotdan foydalanish tavsiya etiladi. Bronxlar spazmi bo‘g‘ilishga olib kelishi ehtimol tutilgan bronxial astmali bemorlarga tibbiyot hamshirasi katta ahamiyat berishi zarur. Bemorni o‘rinda qulay vaziyatda, bosh tomonini baland qilib o4kazishi, bemorning sovqotishiga yo‘l qo‘ymay, xonaga sof havo kirishini ta’min- lashi, kislorod bilan nafas oldirishi kerak. Bemor yo4alayotgan bo‘lsa, tibbiyot hamshirasi shifokor ko‘rsatma- larini aniq bajaradi, bir chimdim natriy gidrokarbonat qo‘shilgan issiq sut ichiradi, balg‘am ko‘chiradigan mikstura beradi, bemorni sovqotishdan ehtiyotlab, o‘rab-chirmaydi. Allergologik markazlar ishi: Allergik kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarni faqat shifokor davolaydi, davo sababchi allergenni aniqlab, bemorni shu allergendan xoli qilish hamda uning o‘sha allergenga sezgirligini pasaytirishga qaratiladi. Mustaqil 0‘zbekistonda Sog‘liqni saqlash organlari allergik kasalliklar bilan og‘rigan bemorlar uchun ixtisoslashgan yordam ko‘rsatishga katta ahamiyat bermoqda. Poliklinikalarda allergologiya kabinetlari, ko‘pgina kasalxonalarda allergologiya bo‘limlari hamda Respublika allergologiya markazi mavjud. Allergolog mutaxassislarni tayyorlashga katta ahamiyat berilmoqda. Allergolog - allergik kasalliklarni oldini olish va davolash choralarini ko‘radigan mutaxassis shifokor. 0‘zbekistonda ixtisoslashgan allergik yordam ko‘rsatadigan maxsus allergik kabinet- lar va bo‘limlar mavjud. Allergik kasalliklarga moyilligi bor bemorlar allergologiya markazida dispanser hisobida (tekshiruvida) bo‘lishi zarur. Allergologiya markazida allergik sinash usullari o4kaziladi, bemorlarga spetsifik giposensibilizatsiya o’tkaziladi. Allergik kasalliklarning spetsifik giposensibilizatsiyasida anafilaktik shokning oldini olish uchun bemorlar bunday giposensibilizatsiyada ma’lum qoidalarga puxta amal qilishlari (har gal allergen yuborilgandan keyin 40 minut mobaynida shifokor kuzatuvi ostida bo‘lishlari, shifokor va tibbiyot hamshirasiga oldingi inyeksiyasiga bo‘lgan reaksiyani ma’lum qilishlari) lozim. Allergologik kabinet tibbiyot hamshirasi allergenlar inyeksi- yasi vaqtida nihoyatda hushyorlik bilan ishlashi kerak. Buning uchun dori flakonlaridagi yozuvlar aniq-ravshan bolishi, hamshira .dori yuborishdan oldin ularni albatta o‘qishi, shifokor tayinlagan davolash tartibi (sxemasi)ga qattiq amal qilishi zarur. Allergologik markazlar- da sovuqqa allergiyasi bor bemorlar ham dispanser kuzatuvi ostida bo‘lishlari kerak. Allergolog-shifokor bunday bemorlarga teri sathining katta qismi sovuq ta’siriga uchraganda unda og‘ir allergologik reaksiyalar paydo bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirib turishi lozim. Sovuqqa aller- giyani profilaktik davolash allergologik kabinetlarda olib boriladi. Bemorlar bilan tushuntirish ishlari olib boriladi va tavsiyalar beriladi. Allergologik markazlarda ko‘p yillik kuzatuvlar va ilmiy ishlar ham olib boriladi, yangi davolash usullari qo‘llaniladi. Kasallikning oldini olish chora-tadbirlari ishlab chiqiladi va ommalashtiriladi.


MAVZU: ______________________________________________________________________________________________________
____________________________________________________________________________________________________________

Sil surunkali yuqumli kasallik bo‘lib, o‘pka, turli a’zo va to‘qimalarda o‘ziga xos o‘zgarishlar paydo boMishi bilan kechadi- gan kasallik. Sil kasalligi qadim zamonlardan ma’lum. Silning kelib chiqishida, asosan, ikkita omil; kasallikning yuqumli turi bilan og‘rigan odam va shu kasallikka chalingan hayvon, asosan, qoramol epidemiologik jihatdan katta ahamiyatga ega. Sil miko- bakteriyalarining qushlarga oid turi kamdan kam hollarda uchraydi. Sichqonlarga xos sil mikobakteriyalari esa odamda umuman kasal­lik chaqirmaydi. Sil mikobakteriyalari turli xil fizik va kimyoviy ta’siriarga, issiq- sovuqqa, yorugMik va namlikka ancha chidamli. Quyosh nuri tushmaydigan tabiiy sharoitda ular bir necha oygacha yashashi mumkin, ko‘cha changida 10 kun, kitob sahifasida 3 oygacha tirik turishi mumkin, yomg‘lik ta’sirida 1 — 1,5 oy mobaynida halok boMadi, suvda esa 150 Run saqlanadi.Sil mikobakteriyalari chirish jarayonlariga ham chidamli bo‘lib, murda ko‘milgandan keyin ham blr necha oygacha saqlanib turadi.



Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling