Tashqi muhitning kishi organizmiga mexanik, elektrotermik, kimyoviy va nur ta’siri natijasida to'qima va a’zolarda anatomik va funksional o'zgarishlarning paydo boMishi shikastlanish deyiladi
Download 0.64 Mb.
|
Рефератлар
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ogriqsiz stenokardiya
- {ductus hepaticus)
- Jigardan pastga aloqador (mexanik) sariqlik
- Jigarga aloqador (parenximatoz) sariqlik
- Gemolitik sariqlik
Stenokardiya, ko'krak qisish - miokardning qon bilan yetarlicha ta’minlanmay qolishi bo‘lib, 60 yoshdan oshgan bemorlarda yurak-qon aylanish doirasidagi yoshga aloqador, ateroskleroz va organik o‘zgarishlar oqibatida paydo bo‘ladi. Yurak og‘rig‘i bunday bemorlarda tipik holda bo‘lib, atipik ko‘rinishda, masalan, gastralgik, astmatik, og‘riqsiz tarzda ham namoyon bo‘lishi mumkin. Ogriqsiz stenokardiya 60-69 yoshli bemorlarda 25%, 80-89 yosh- lilarda esa 45% kuzatiladi. Stenokardiya bilan og‘rish 25-64 yoshlilar o’rtasida 2-3% uchraydi. Qariyalarda stenokardiya xuruji boshqacharoq kechadi. Xurujning vegetativ alomatlari sust kuzatiladi. Og‘riq kuchli bo‘lmaydi, balki og‘irlik, qisilgan holat kuzatiladi, sekinlik bilan rivojlanadi va faqat jag‘larga, bo‘yinga irradiatsiya beradi. Ko‘proq nevrologik simptomlar namoyon bo‘ladi. Bunday bemorlarda xuruj sababchisi ko‘pincha obhavoning o‘zgarishi, ko‘p ovqat iste’mol qilish bo‘lishi mumkin. Stenokardiyaning profilaktikasi va davosi og‘riq xurujining qanday sharoitlarda paydo bo‘lishiga bog‘liq. Xurujlar ortiqcha asabiylashishga aloqador bo‘lsa, bemorga tushuntiriladi, turmushda va ishda qulay sharoit yaratish, yetarlicha dam olish, tinchlantiruvchi preparatlar ichib yurish tavsiya qilinadi. Osh tuzi, yog‘lar, uglevodlar cheklab qo‘yiladi. Xuruj paytida nitroglitserin yoki validol yordam beradi. Agar bemor nitratlarni ko'аra olmasa, 5 mg.dan til ostiga nifedipin va B-adrenoblokatorlar buyuriladi.
Miokard infarkti - yurak toj arteriyalarining tromb bilan tiqilib qolishi va miokardning oziqlana olmay qolib nekrozga uchrashidir. Qariyalarda miokard infarkti ko‘proq paydo boladi. Bunga sabab, qon- ning yoshga aloqador bioximik o‘zgarishlari hisoblanadi. Qon tomirlarining yoshga aloqador sklerozi. Gemodinamikaning yoshga aloqador o‘zgarishlari. Miokard infarkti klinikasida o‘ziga xos farqlar mavjud. Og‘riq kuchli bo‘lmasligi, irradiatsiyasi va joyi turlicha bo‘lishi mumkin. Yosh o‘tgan sari infarktning atipik, masalan, abdominal, gastralgik, astmatik, aritmik, serebral shakllari ko‘proq kuzatiladi. Yoshi o4gan bemorlarning 35% da va keksalarning 40% da infarktning og‘riqsiz shakli uchraydi. Bunday bemorlarda kasallik yakuni yomon bo‘lib, bosh miyada qon aylanishining buzilishi, qayta takrorlanuvchi infarkt bo‘lishi mumkin. Yurak yetishmovchiligi va kardiogen shok faqat birinchi kuni emas, keyingi kunlari ham paydo bo‘lishi bunday paytda buyrak yetishmovchiligi bo‘lganida ishemik insultga olib kelishi mumkin. Kasallik asoratlaridan yurak ritmining buzilishi, miokard yorilishi va chap qorincha bilan o‘ng qorincha orasidagi to‘siq yorilishi, trom- boembolik asoratlar, yurak anevrizmasi kasallik oqibatini yomon- lashtiradi. Miokard infarktidan o‘lgan bemorlarning 60 foizi kasalxonaga yotqizilgungacha 2 soat ichida halok bo‘ladi. Qariyalarda miokard infarktining kechishida o‘ziga xos belgilaridan yana biri - mayda o‘choqli infarkt, yirik o‘choqli infarktga qaraganda ko‘proq uchraydi va 60 yoshdan keyin 20-22% holatlarda infarkt qaytalanishi mumkin. Qariyalarda miokard infarkti atipik shaklda kechganligi sababli uni aniqlashda elektrokardiografiya usuli yordam beradi. T-tishcha manfiy bo‘lib qoladi, patologik Q-tishcha paydo bo‘ladi, ST kesma izoelektrik chiziqdan yuqoriga yoki past tomonga suriladi. Miokard infarktini davolash va parvarish qilish Birinchi navbatda og‘riq xurujini to‘xtatish kerak. Teri ostiga 1-2 ml morfin va 0,5 ml atropin sulfat yuboriladi. Arterial bosimni ko4arish maqsadida kofein, mezaton, kordiamin buyuriladi. Yurakning toj tomirlarida tromblar hosil bo‘lishini to‘xtatish maqsadida geparin 2-3 kun davomida har 6 soatda 5000-10000 ТВ dan muskul orasiga yuborib turiladi. Qariyalarda nafas olish tizimi kasalliklarida hamshiralik parvarishi 60 yoshdan oshgan odam organizmining ko‘krak-suyak muskul Aeletida distrofik-degenerativ o‘zgarishlar ro‘y beradi, ko‘krak qafasi Jcformatsiyalanib, bochkasimon tus oladi va harakatlanishi cheklanadi. Ba o‘zgarishlar o‘pka ventilatsiyasiga nojo‘ya ta’sir ko‘rsatadi. Bronx devorining muskul qavati atrofiyaga uchrab torayadi, shilimshiq o‘planadi, bronxlarning peristaltikasi pasayib balg‘am ko‘chishi susayadi. 60 yoshdan o‘tgach, o‘pkaning biriktiruvchi to‘qimasida destruktiv o’zgarishlar ro‘y beradi. 0‘pka arteriya va arteriolalarida rivojlangan fibro’z ularning elastikligini pasaytiradi. 0‘pka to‘qimasidagi yosh bilan bog‘liq o‘zgarishlar o‘pkaning tiriklik sig‘imini ancha kengaytiradi. Qariyalarda arterial qonning kislorod bilan to‘yinishi pasayadi, *terial gipoksemiya rivojlanadia Bronxit kasalligi O’tkir bronxit - bronxlarning o‘tkir yallig‘lanishi bo‘lib, qariyalardaa gripp va o’tkir respirator kasalliklar oqibatida kelib chiqadi. Kasallik sababchisi ko‘pincha viruslardir. Bemorlarda lanjlik, to‘sh orqasi jchishayotgandek, tirnalayotgandek bo‘lib seziladi. Tana harorati normada yoki subfebril bo‘ladi. Avval yo’tal quruq bo‘ladi; keyin shilimshiq- yiringli balg‘am kela boshlaydi. Qariyalarda yallig‘lanish bronxiolalarga kam tarqaladi. Bronxiolit qo‘shilgach, bemor ahvoli yomonlashadi, toksikatsiya kuchayadi, taxikardiya, gipotoniya, hansirash kuzatiladi, yorak yetishmovchiligi qo‘shiladi. 0‘pka auskultatsiyasida quruq va nam Xirillashlar eshitiladi. Bemomi davolashda albatta yotoq rejimi tayinlanadi. 0‘pka ventilat- iiyasini yengillashtirish maqsadida bemor yarim o4irgan holda yotgani m’qul. Qariyalarda surunkali bronxit, pnevmoniya kabi asoratlar tez paydo bo‘ladi, shuning uchun antibiotiklar, sulfanilamidlar (ampitsillin, eritromitsin, biseptol, sulfadimetoksin kabilar) tayinlanadi. Yo4alga qarshi libeksin, jjauvent, isitmaga qarshi asetilsalitsilat kislotasi, balg‘afti ko‘chiruvchi imnopsis, mukaltin, bromgeksin buyuriladi. 0‘tkir pnevmoniya O’tkir pnevmoniyalar - o‘pka to‘qimasining yallig‘lanishi bo‘lib, lasallik qo‘zg‘atuvchisi bakteriyalar, viruslar bo‘lishi mumkin. Qariyalarda pKvmoniyalar ko‘pincha boshqa biror kasallikning asorati bo‘ladi yoki eijanizmning qarshilik qobiliyati pasaygani sababli mustaqil kasallik eiqasida boshlanadi. Og‘ir ichki va xirurgik kasalliklar bilan og‘rib, ЧршЫатау yotadigan bemorlarda gipostatik pnevmoniyalar rivojlanadi. Qattiq sovqotish, ruhan zo‘riqish, durust ovqatlanmaslik va nafas jedlarining yallig‘lanish hollari pnevmoniyaga moyil qilib qo‘yadigan Kasallik klinikasi birdan boshlanmaydi, umumiy behollik, lohaslik, ishtaxaning pasayishi, bemor es-hushining aynishi kuzatiladi. Qariyalarda ipfcirash, yo‘tal, ko‘krakda og‘riqlar kabi simptomlar kuzatilmaydi. lar obyektiv tekshirilganda yuzi, lablarida sianoz, nafas tezlashgan, bo‘lib, auskultatsiyada quruq xirillashlar va krepitatsiya eshitiladi. Qon tarkibida leykotsitlar normada bo‘lib, EChT baland bo‘ladi. balant Pnevmaniya sababli keksalar yuragida miokardiodistrofik o‘zgarishlar, lar zararlanishi kuzatiladi. Kasallik klinikasi sust ifodalangani rentgenologik tekshiruv natijasiga ko‘ra pnevmoniya diagnostika Kasallikning dastlabki paytlaridan boshlab antibiotiklar va lid preparatlar buyuriladi. 0‘pka to‘qimasiga yaxshi diffuziya loladigan antibiotiklardan sefalosporinlar yaxshi naf beradi. Qariyalarni antibiotiklar bilan davolash jarayonida, zamburug‘li iming oldini olish maqsadida nistatin, levorin, polivitaminlar adi. Qon aylanish tizimida bo‘ladigan asoratlarning oldini olish yurak glikozidlari, kordiamin, korazol, kamfora tayinlash muvofiq hisoblanadi. Balg‘am suyultiruvchi, ko‘chiruvchi ' va oksigenoterapiya o4kazish kerak. bemorlarning immunobiologik faoliyatini kuchaytirish maq- i biogen stimulatorlar (FIBS, aloe ekstrakti) qo‘llash kerak. ishira pnevmoniya bilan og‘rigan bemorlarga kasallik profi- li va paydo bo‘ladigan asoratlarni uqtirishi zarur. MAVZU: _______________________________________________ _____________________________________________________________________ Jigar va o‘t yo‘llarining tuzilishi va vazifalari. Jigar o‘ng qovur- g‘alar osti sohasida joylashgan bo‘lib, bir qismi chap qovurg‘alar ostiga o‘tib boradi. Qavariq bo‘ladigan ustki yuzasi diafragmaga va qorinning oldingi devoriga taqalib turadi. Orqa va botiq bo‘ladigan pastki qismi o‘ng buyrak, buyrak usti bezi va ichaklarga taqalgan. Jigarni asosan qorin ichki bosimi mana shu holatda ushlab turadi. Boylam apparatining ahamiyati katta emas. Jigar elastik bo‘lganidan o‘z harakatida qorin ichki bosimiga bo‘ysunadi hamda nafas chiqarish va nafas olishga qarab diafragma bilan birga yuqori ko‘tariladi yoki past tushadi. Jigarning pastki cheti o‘ng qovurg‘alar osti ravog‘idan o‘tadi. Mana shu chetida ikkita o'ymasi bor, o‘t pufagining tubi shularning birida turadi. Qorin pardasi ostida jigar qo‘shimcha fibroz parda - glisson kapsulasi bilan qoplangan. Jigar to‘qimasi jigar hujayralaridan tashkil topgan, bular bir-biri bilan qo‘shilib, jigar to'sinlarini hosil qiladi. Jigar to‘sinlari bir-biri bilan qo‘shilib, jigar bo‘lakchalarini tashkil etadi. Jigar bo‘lakchalarini biriktiruvchi to‘qima pardalari bir-biridan ajratib turadi. Jigar hujayralari orasidan o‘t kapillarlari o‘tadi, bular biri ikkinchisiga quyilib, bo‘lakchalararo o‘t yo‘llarini hosil qiladi. 0‘t yo'llari bir-biri bilan qo'shilib jigar yo‘li {ductus hepaticus) ga aylanadi. Jigar yo‘li bilan o‘t pufagining chiqarish yo‘li {ductus cysticus) birga qo‘shilib, umumiy o‘t yo‘li {ductus choledochus) ni hosil qiladi, mana shu umumiy o‘t yo‘li me’da osti bezining yo‘li bilan yonma-yon o‘n ikki barmoq ichakka quyiladi. Lining quyilish joyida fater so‘rg‘ichi (o‘n ikki barmoq ichakning katta so‘rg‘ichi) bor. Bo‘lakchalar ichidagi kapillarlar, endoteliydan tashqari, retikulyar hujayralar (jigarning kopfer hujayralari) bilan qoplangan. Bu hujayralar retikuloendotelial tizimga mansub boiib, yuksak fagotsitar aktivlikka ega va mikroorganizmlar hamda turli zararli moddalarni yutib turadi. Jigarda qon aylanishi boshqa organlardagidan shu bilan farq qiladiki, jigarga qon jigar arteriyasidan kclib turishidan tashqari, qopqa venasidan ham kelib turadi. Me’da, ichak, me’da osti bezi, ichak tutqich va qorin pardasining venoz qoni qopqa vena orqali jigarga keladi. Jigar ichida qopqa vena tarmoqlarga bo‘linib, bolakchalararo venalarga aylanadi, bular kapillarlarga bo'linadi. Qopqa vena kapillarlari bilan jigar arteriyasining kapillarlari kapillarlar turini hosil qiladi, bir-biri bilan birikib, pastki kavak venaga quyiluvchi jigar venalarini hosil qiladigan markaziy venalarga qon shu kapillarlar to‘ridan o’tadi. Shunday qilib, jigar me’da-ichak yo‘lidan yurakka qarab qon o‘tib turadigan yo‘lda joylashgandir. Me’da-ichak yo‘liga so‘rilib o4gan oziq moddalar avval jigarga kelib, unda murakkab bioximiyaviy o‘zgarishlarga uchraydi va shundan keyingina umumiy qon aylanish doirasiga tushadi. 0’t pufagi o’t ya’ni safro quyuq tortib, saqlanib turadigan organdir. Uning hajmi 60-70 ml ni tashkil etadi. 0’t pufagi devorida silliq muskul tolalari bor, bular adashgan nervdan keladigan impulslar ta’siri ostida qisqarib, o’t pufagida turgan o’rni o‘n ikki barmoq ichakka haydab chiqaradi. Impulslar me’da va o‘n ikki barmoq ichakka ovqat tushganida yuzaga keladi. Simpatik nerv o’t pufagi devorini, aksincha, bo‘shashtiradi. 0’t pufagi o’tdan suvni so‘rib olish xususiyatiga ega, shunga ko‘ra o’t quyuqlashib borishi mumkin, shuning uchun ham pufakda o’t to‘q rangli va quyuq bo‘lib qoladi. 0’t tarkibida o’t pigmentlari, asosan bilirubin, o’t kislotalari va xolesterin bo‘ladi. Bir kecha-kunduz davomida ichakka 1 / atrofida o’t ajralib chiqadi. Jigar organizmda juda muhim funksiyalarni bajaradi. I. P. Pavlov iborasi bilan aytganda, u inson organizmining «bosh laboratoriyasidir». Jigar sekretor, almashinuv va antitoksik funksiyalarni ado etib boradi. U o’t ishlab chiqaradi (sekretor funksiyasi), bu o4 qisman o‘n ikki barmoq ichakka, qisman o’t pufagiga tushib turadi. 0’t ovqat hazmi va ichakdan yogiarning so‘rilishi protsesslarida muhim rolni o‘ynaydi. Jigarning moddalar almashinuvidagi funksiyasi juda xilma- xildir. Uglevodlar, oqsillar va yog‘lar hazmidan hosil boladigan mahsulotlar me’da-ichak yo‘lidan jigarga o4ib, murakkab bioximiyaviy o‘zgarishlarga uchraydi. Oddiy uglevodlar (glukoza, fruktoza)dan jigarda glikogen hosil bo4adi, zaruriyat tug41ganida, masalan, jismoniy ish vaqtida u yana glukozaga aylanadi. Jigarda me’da-ichak yo‘lidan o4gan aminokislotalardan oqsillar hosil bo’lib turadi. Aminokislotalarning bir qismi esa qayta ishlanib, glukozaga aylanadi. Albuminlar, fibrinogen, protrombin jigarda hosil bo‘ladi. Albumin hosil bo4ishi izdan chiqqanida badanga shish keladi. protrombin bilan fibrinogen hosil bo‘lishi buzilganda esa qon ketadigan bo‘lib qoladi. Jigarda aminokislotalardan mochevina ham hosil bo‘lib turadi. Yog‘lar o‘t kislotalari ishtirokida hazm bo‘ladi va ichakda so'riladi. Jigar yetishmovchiligida yog‘ kislotalarning parchalanishi oxirgi bosqichiga qadar yetib bormasdan, balki keton tanalari (aseton, asetosirka va boshqa oksimoy kislotalari) bosqichida turib qoladi. Jigarda xolesterin hosil boiib turadi; jigar yetishmovchiligida qondagi xolesterin miqdori ancha kamayib ketadi. Jigar A, C, D, E hamda В gruppa vitaminlarining yig‘ilib turadigan joyi (deposi) bo‘lib xizmat qiladi. Qonning ivish protsessida muhim rol o‘ynaydigan vitamin К jigarda hosil bo'ladi. Jigarning antitoksik funksiyasi shundan iboratki, mikroblar, shuningdek yo‘g‘on ichakda oqsillar chirishida hosil bo'ladigan zaharli moddalar jigarda ushlanib qoladi. Organizmga tashqaridan yuborilgan zaharli moddalar, shuningdek dori vositalari ham jigarda zararsizlantiriladi. Zaharli ta’sir ko'rsatadigan ammiak jigarda moche- vinaga aylanadi. Klinik holat va simptomlar. Jigar va o‘t yo‘llari kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarda quyidagi simptomlar paydo bo‘ladi: 1) og'riq; 2)badan qichishuvi; 3) badan terisi va shilliq pardalarning sarg‘ish bo‘lib qolishi; 4) dispepsik o‘zgarishlar; 5) markaziy nerv tizimiga aloqador buzilishlar. Bundan tashqari, mana shu kasalliklar paytida quyidagi sindromlar (simptomokomplekslar) yuzaga keladi: 1) sariqlik; 2) portal gipertoniya; 3) gepatoliyenal sindrom; 4) jigar yetishmovchiligi sindromi. Jigar va o‘t yo‘llari kasalliklari vaqtida boiadigan og‘riqlar jigar tez kattalashib borishi munosabati bilan glisson kapsulasining cho‘zilib ketishi, jigarni qoplab turgan qorin pardasining yallig‘lanishi, o‘t pufagi yoki o‘t yo'llarining ancha cho‘zilishi, shuningdek spastik ravishda tortishib (qisqarib) turishidan kelib chiqishi mumkin. Og‘riqlar odatda o‘ng qovurg‘alar ostida seziladi va har xil darajada bo‘lishi - og‘irlik sezilib turishidan tortib juda og‘ir sanchiq xurujlarigacha bo‘lishi mumkin. Badan terisi va ko‘zga ko‘rinib turadigan shilliq pardalarning sarg‘ish tusga kirib qolishi, shuningdek badan terisining qichishib turishi jigar kasalliklarida ancha ko‘p kuzatiladi. Badanning qichishib turishi qonda o4 kislotalari to‘planib qolishiga bog‘liq, bu kislotalar teriga o4ib, sezuvchi nervlarni ta’sirlantiradi. Gepatobiliar tizimi kasallangan bemorlar ko‘pincha ko‘ngli aynab, havo bilan va achchiq kekiradi, og‘zi taxir bo‘lib, qurib turadi, ishtahasi pasayib ketadi. Qorinning dam bo‘lib turishi va kattalashib ketishi (istisqo-assit) muhim simptom bo‘lib hisoblanadi. Markaziy nerv tizimining buzilishiga xos simptomlar (bosh og‘rig‘i, qo‘zg‘alish, uyqusizhk, alahlash) ko‘pincha og‘ir intoksikatsiya (gepatargiya) mahalida paydo bo‘ladi. Shu darajadagi intoksikatsiya ko‘pincha jigar komasiga aylanib ketadi. Sariqlik jigar va o‘t yo‘llari kasalliklarida uchraydigan xarakterli sindromdir. U qon va to‘qimalarda bilirubin ortiqcha miqdorda bo‘lishi tufayli paydo bo‘ladi. Sariqlikda badan terisining rangi limon tusidan to unniqib ketgan zahil-sariq tusgacha boradi. Sariqlikning yengil formasida faqat ko‘z oqi (skleralar) sargHsh bo‘lib turadi, subikteriklik deb shuni aytiladi. Sariqlikning uch tipi tafovut qilinadi: 1) jigardan pastga (mexanik); 2) jigarga (parenximatoz); 3) jigardan yuqoriga aloqador (gemolitik) sariqlik. Sariqlik tipini aniqlash diagnostik jihatdan katta ahamiyatga ega. Jigardan pastga aloqador (mexanik) sariqlik umumiy o’t yo‘lini o‘sma bosib qo‘yishi; o‘sha yo‘lni tosh, kattalashib ketgan limfa bezi bekitib qo‘yishi tufayli paydo bo‘ladi va hokazo. 0’t odatdagicha ishlanib chiqaveradi-yu, lekin o‘n ikki barmoqli ichakka odatdagicha tusholmay qoladi. U jigar yo‘llarida to‘planib boradi, o4 kapillarlari yorilib, o’t qon bilan limfaga o4adi. Qondagi konyugatsiyalangan bilirubin miqdori tez ko‘payib, skleralar, yumshoq tanglay va badan terisi sarg‘ish tusga kiradi. Siydik rangi to‘qlashib, qora pivo rangidek bo‘lib qoladi. Ichakka o’t tushmay qo‘yganligidan axlat rangi yo‘qolib, gilvata tusiga kiradi. Bemorlarni badan qichishuvi behalovat qiladi. Qonda o’t kislotalari anchagina to‘planib qolganida puls siyraklashib, arterial bosim pasayib ketadi, ekstrasistoliya paydo bo‘ladi. Xolemiya uzoq davom etganida odam ozib ketadi, bu - ichakka o‘t tushmay qo‘yganiga bog‘liq bo‘ladi. Ichakka o’t tushmay qo‘yishi ichak va me’da osti bezi fermentativ faoliyati hamda ovqat so‘rilishining buzilishiga olib keladi. Mexanik sariqlik uzoq davom etganida xolestaz jigarda organik kasalliklar (biliar sirroz) boshlanib, jigar funksiyalari buzilishiga sabab bo‘ladi. Jigarga aloqador (parenximatoz) sariqlik shuning natijasida paydo bo‘ladiki, zararlangan jigar hujayralari, ular bilan birgalikda esa o4 kapillarlari ham bilirubinni o4 yo‘llariga emas, balki to‘g‘ridan to‘g‘ri qonga chiqarib turadi. Parenximatoz sariqlik Botkin kasalligi, aktiv surunkali gepatitlar, jigar sirrozlarida ko‘riladi. Qondagi konyugatsiyalangan va erkin bilirubin miqdori ko‘payib ketadi. Axlat kasallik avjiga chiqqan mahaldagina rangsizlanadi; jigar funksiyalari asliga kela boshlagan sari o‘n ikki barmoq ichakka o4 o4ib, axlatga rang kira boshlaydi. Jigarga aloqador sariqlik jigarning almashinuv funksiyalari (ugle- vodlar, yog‘lar, oqsillar almashinuvidagi funksiyalari), shuningdek antitoksik funksiyasi buzilishi bilan birga davom etib boradi. Gemolitik sariqlik eritrotsitlar parchalanishi va ko‘p miqdorda erkin bilirubin hosil bo‘lishi tufayli yuzaga keladi. Bilirubin anchagina hosil bo‘lib turishiga qaramay, qondagi miqdori uncha ko‘p bo‘lmaydi. Sababi shuki, bilirubinning deyarli hammasi ichakka o4ib turadi Oig^^' yoilari shikastlanmagan bo‘ladi). MAVZU: _______________________________________________ _____________________________________________________________________ Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling