Tashqi muhitning kishi organizmiga mexanik, elektrotermik, kimyoviy va nur ta’siri natijasida to'qima va a’zolarda anatomik va funksional o'zgarishlarning paydo boMishi shikastlanish deyiladi
Download 0.64 Mb.
|
Рефератлар
Davosi. Umumiy quvvatga kirgizuvchi davo, qisqa yoki muntazam ravishda novokain blokadasi qilib turiladi. Yiring hosil bo'lish bosqichida bu maydonlar kesilib, keyin fizioterapevtik davo, ultrabinafsha va yarim- o‘tkazgichh lazer nurlar, solluks va UVCH terapiya qo‘llaniladi.
Abssess Yiringli parda bilan chegaralangan yiringli bo‘shliq, tananing bar qanday qismida joylashishi mumkin. Abssesslar to'qimalar va a’zolarga stafilokokk va streptokokk tushishi natijasida paydo bo‘ladi, uni boshqa qo‘zg‘atuvchilar keltirib chiqarishi kam kuzatiladi. Teri va shilliq parda- larning zararlanishlari, yot jismlar (zirapcha, o‘q va hokazolar), inyeksiya qilingan joylar infeksiya darvozasi hisoblanadi. Infeksiya tananing bir joyidan ikkinchi joyiga limfogen (limfa tomirlaridan) yoki gematoma yoki bilan (qon tomirlaridan) o‘tganda aksariyat metastatik abssesslar kuzatiladi. Abssess yuza joylashganda infiltrat irigandan so‘ng fluktualsija o‘chog‘i hosil bo'ladi. Ko‘pincha abssesslar terini eritadi, yiringl suyuqligi tashqariga chiqadi va o‘z-o‘zidan tuzalishi mumkin. ichki a’zolar — jigar, taloq, miya va hokazolarda joylashgan abssesslani» umumiy yiringli infeksiyaning klinik belgisi (yuqori harorat, et uvishishi,! tez-tez terlash, leykotsitoz) yaqqol namoyon boiadi. Davosi. Yallig‘lanishning boshlang'ich davrida antibiotikJar va sulfanilamid preparatlar qoMlaniladi. Yiring hosil bo‘lganda u kesilasa. keyin unga yiringli jarohatlarni davolash qoidasiga asosan davo qilinadi MAVZU: ______________________________________________________________________________________________________ ____________________________________________________________________________________________________________ Shikastlanish yoki travma deb, organizmga tashqi omillaming (mexanik, termik, kimyoviy va boshqalarning) birdaniga o‘ta kuchli ta’siri keltirib chiqargan kasallikka aytilib, bu omillar a’zo va to‘qimalarda anatomik butunlikning, fiziologik faoliyatlarning buzilishiga olib keladi va organizmning mahalliy va umumiy o‘zgarishlariga sabab bo‘ladi. Shikastlangan bemorni tekshirish xususiyatlari Maxsus terminologiyalar Shifokor kelguncha birinchi yordam ko‘rsatish va davo muolajalarini birmuncha samarali o‘tkazish uchun hamshira shikastlangan bemomi tekshirish asoslarini bihb ohshi kerak. Bo‘g‘imdagi harakatlar hajmi maxsus asbob - burchak o‘lchagich bilan aniqlanadi va darajalarda qayd qilinadi. Burchak o‘lchagich uchlarini oyoq yoki qo‘lning o‘qi bo‘ylab qo‘yiladi, burchak o‘lchagich o‘qini esa shu bo‘g‘imning aylanish o‘qiga muvofiq joylashtiriladi. Hisob oyoq yoki qo‘lning dastlabki vaziyatiga nis- batan olinadi. Dastlabki vaziyat deganda tana va oyoq-qo‘llaming erkin vertikal vaziyatida bo‘g‘imning holati tushuniladi (chanoq- son va tizza bo‘g‘imlari uchun 180° li burchak, boldir-tovon bo‘g‘imi uchun 90° burchak dastlabki vaziyat hisoblanadi). Sagittal tekislikdagi harakat bukish va yozish (fleksiya va ekstenziya) deb yuritiladi. Bunday oyoq va qoi panjasi uchun oyoq kafti, kaft orqasi va kaftni bukish degan so'zlarni qo‘shish lozim. Frontal tekislikdagi harakatlami uzoqlashtirish va yaqinlashtirish deb ataladi. Bilak-panja bo‘g‘imida harakat (bukish) ulnar (bilak suyagi tomoniga) bo‘lishi mumkin. Bo‘ylama o‘q atrofidagi harakatlar tashqi va ichki rotatsiya nomi bilan yuritiladi. Bo‘g‘imlarda harakatchanlikning buzilish darajasi quyidagi tushunchalar bilan ifodalanadi: ankiloz — bo‘g‘imning butunlay harakatsiz bolib qolishi; rigidlik — bo‘g‘imda sUjish harakatlarining 5° dan oshmasligi; kontraktura — bo‘g‘imda harakatchanlikning cheklanishi. Cheklanish Mardan tashqari, bo‘g‘imlarda ortiqcha harakatchan- lik kuzatiladi. Bu ko‘pincha boylam apparati uzilganda va cho‘zil- ganda ro‘y beradi. patologik harakatchanlik deb, bo‘g‘im bo‘lma- gandagi (singan, soxta bo‘g‘im) harakatchanlikka aytiladi. Oyoq-qo‘llarning uzunligi va aylanasini o‘lchash uchun san- timetrli lenta ishlatiladi. 0‘lchashda kasal sohani albatta sog‘lom simmetrik soha bilan taqqoslanadi. Solishtirma o‘lchamda suyak do‘nglari tanish nuqtalari bo‘lib xizmat qiladi. Yelka uzunligini kurakning akromial o‘sig‘idan to yelkaning tashqi do‘ng ustida ko‘tari]gan joyigacha aniqlanadi. Bilak uzunligini yelkaning tashqi do‘ng ustidagi ko‘tarilgan joyidan to bigizsimon o’siqqacha aniqlanadi. Qoining boshdan-oyoq uzunligini akromial o'skjdan kaft yuzasi bo‘ylab III barnioq oxirigacha aniqlanadi. Oyoq uzunligini yonbosh suyagining oldingi ustki o‘sig‘i- dan to ichki to‘piqqacha, son uzunligini katta ko‘st bilan tizza bo'g’imining bo‘g‘im yorig‘igacha, boidir uzunligini bo‘g‘im yorig'idan to tashqi to‘piqqacha aniqlanadi. Qisqarish yoki uzaytirishning quyidagi turlari farq qilinadi: Chin (anotomik) qisqarish yoki uzayish. U oyoq yoki qo‘l uzunligining anotomik o‘zgarishlariga bog‘liq. Qisqarish suyak aniqlarining uzunasiga siljishi, o‘sishdan orqada qolish va boshqalar nadjasida yuz beigan suyak sinishida kuzatiladi. Oyoq yoki qo‘lning uza\ishi sildan zararlanishning bosMang‘ich bosqichlarida(bo‘g‘imda an-aklaming surilishi — bo‘g‘im yorig'ining kattalashishi hisobiga) ?uz berishi mumkin; Proyeksion qisqarish yoki uzayish oyoq-qo‘lning kontraktura Toki ankiloz sababli noto‘g‘ri vaziyati natijasida keiib chiqadi; Nisbiy (dislokatsion) qisqarish yoki uzayish suyak chiqishi hollarida, birikadigan bitta suyak boshqasiga nisbatan sfljiganda kuzatiladi; Bemoming vertikal vaziyatda oyoqning flinksional qisqarishi yoki uzayishi (summar qisqarish yoki uzayish) - bu oyoqning diin proyeksion va nisbiy qisqarishi yig‘indisidir. Oyoq (kasal va sog‘lom oyoq) aylanasini simmetrik joylarda jsuyakning tanish nuqtalaridan ma’lum masofalarda) oichanadi. Masaian, o‘ng tomondagi son aylanasini katta ko'stdan 10 sm quyida aniqlansa, chap sonni ham shu maso- fiwlan o‘lchash kerak. Odatda aylanani oyoqning yuqori, o‘rta та pastki uchdan bir qismlarida o'lchanadi. Muskul kuchini aniqlashning muhim ahamiyati bor. 0‘zbekistonda shikastlanishda yordamni uyushtirish Sanoat korxonalari, qurilish tashkilotlarining har bir bo‘limlarida, xo‘jalik brigadalarida, stadionlar va boshqa joylarda sanitarip birligi tashkil qilinib, uning a’zolari shikastlangan kisMga birincM yordam ko‘rsata oladigan bo‘lishi kerak. Sanitariya birligi- dan tashqari, tibbiy xonalar bo‘lib, u yerda o‘rta ma’lumotli tibbiyot xodimlari ishlaydi. Har bir tuman markazida va ayrim shahar poliklinikalarida travmatologik punktlar bo‘lib, ularda travmatolog- vrachlar yordam beradilar. Shahar va viloyat kasalxonalarida travmatologik bo'limlar bo‘ladi. Yirik sanoat shaharlarida travmatologiya ilmiy-tekshirish markazlari tashkil etilgan bo‘lib, ular 0‘zbekiston Respublikasi travmatologiya va ortopediya ilmiy tekshirish institutining tarmog‘i hisoblanadi. Ilmiy-tekshirish markazlari shikastlami davolash va oldini olishning yangi usullarini ishlab chiqadi. Bizning manilakatimizda hoziigi kunda viloyatlar, shaharlar va tuman markazlarida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining filiallari va bo‘limlari tashkil qilingan bo‘lib, travmatologik yordam asosini shikastlangan kishiga hodisa yuz beigan joyda birinchi yordam ko‘rsatishdan to ixtisoslashgan davolash mu- assasalarigacha yuqori malakali yordam ko‘rsatish - yuqoriga ko‘ta- rilib boradigan uyg'unlashgan tizim bo‘yicha tashkil qilingan. YOPIQ SHIKASTLAR. MEXANIK SHIKASTLAR Teri va shilliq pardalarining butunligini buzilmasdan kechadigan shikastlarning hamma turlari yof)iq shikastlar jumlasiga kiradi. Lat yeyish Lat yeyish deganda kuch ta’sirida yumshoq to'qimalaming anatomik o'zgarishlarsiz shikastlanishi tushuniladi. Lat yegan joyning og‘rishi, to‘qimalarning shishi, teri sezuvchanligini o‘zgarishi, qon quyilishi (gematoma) kuzatila- di. Shikastlangan a’zo funksiyalari buzilishi mumkin. Gematoma (qon quyilgan joy) rangi pigmentning asta-sekin parchalanishi munosabati bilan to‘q, qizil, ko‘kimtir, yashildan to sariq ranggacha o‘zgaradi. Davolash. Shikastlangan sohaga orom beriladi, unga balandroq vaziyat yaratiladi, bosib turadigan bog'lam bog‘lanadi. Lat yegan joyga sovuq suv yoki muz solingan xaltacha qo‘yiladi. Gematoma katta bo‘lsa, ba’zan qon so‘rib olinadi yoki to‘qimalami kesib, gematoma chiqariladi va qon oqisM to‘xtatiladi. Lat yeyishdan 2—3 kun o‘tgach gematomaning yaxshiroq so‘rilishi uchun issiq muo- lajalar (isituvchi kompresslar, diaterimiya, UVCH) qilinadi. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling