‘Тастыйы3лайман’


Sintaksis. Sintaksis predmeti


Download 418.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/21
Sana31.01.2023
Hajmi418.8 Kb.
#1143823
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
5A111201-Өзбек-тили-ҳәм-әдебияты

Sintaksis. Sintaksis predmeti. Sintaksis grammatikaning so‘zlar va gaplarning 
o‘zaro aloqasini, gap bo‘laklari, so‘z birikmalari, gap va nutqning yirik parchasi 
bo‘lgan matnni o‘rganuvchi bir qismi. Sintaksisning morfologiya, leksikologiya va 
fonetika bo‘limlari bilan bog‘liqligi. Sintaksisning tarkibiy qismlari. Sintaktika, 
semantika va pragmatika. Sintaktik aloqa vositalari:formal vositalar, leksik-
grammatik vositalar, pozitsion vosita va intonatsion vosita. Sintagmatik va 
paradigmatik munosabatlar. Shakliy va mazmuniy sintagmatik munosabat.
Sintaktik munosabatning turlari - mazmuniy sintagmatik munosabat: 
predikativ munosabat va nopredikativ munosabat. Atributiv, obyektli va relyativ 
munosabat. Kopulyativ munosabat. Introduktiv munosabat: vokativ munosabat, 
modal munosabat. Predikativ munosabatning ifoda shakllari. Birlamchi va ikkilamchi 
predikativlik. Shakliy sintagmatik munosabat - sintaktik aloqa: tenglanish va 
tobelanish. Ochiq va yopiq tenglanish. Tobe aloqa. Koordinativ va subordinativ 
aloqa.Moslashuv, boshqaruv va bitishuv. 



So‘z birikmasi. So‘z birikmasi sintaktik birlik sifatida. So‘z birikmasi bir 
so‘zning boshqa so‘zga qo‘shilish imkoniyati- valentligiga tayanishi. So‘zning 3 xil 
valentligi: sintaktik, semantik va leksik valentlik. So‘z birikmasi va sintagma. So‘z 
birikmasi va sintagmaning bir-biriga o‘xshash tomonlari va farqi. Sintagmalanish 
nutqning grammatik, mazmun jihati bilan bog‘langan hodisa ekani. So‘z 
birikmasining ma’nosi va vazifasi. Erkin va turg‘un birikmalar. Erkin so‘z 
birikmalarining turg‘un birikmalardan farqi. So‘z birikmasining morfologik tabiatiga 
ko‘ra turlari: otli birikma, fe’lli birikma va ravish-sifatli birikma ko‘rinishida kelishi. 
So‘z birikmasining struktural xususiyatlari: sodda birikma va murakkab birikma. 
Gap. Gapning semantik strukturasi. Predikativlik. Gap mundarijasining real 
voqelik bilan aloqadorlik hodisasi predikatsiya hisoblanishi. Predikativlik modallik, 
zamon va shaxs-son kategoriyalari bilan bog‘liqligi. Modallik gap mundarijasining 
voqelikka munosabatini ifodalashi, zamon (aytilayotgan fikrning nutq momentiga 
bo‘lgan munosabati)ni bildirish, shaxs yesa harakat bajaruvchisini ko‘rsatishi. 
Gapdagi predikativlikni ifodalovchi shakllar tizimi gapning paradigmasi hisoblanishi. 
Gapning grammatik kategoriyalari: grammatik shaxs kategoriyasi, grammatik zamon 
kategoriyasi, kommunikativ kategoriyasi, ifoda maqsadi kategoriyasi, modallik 
kategoriyasi.
Gapning intonatsion xususiyatlari. Og‘zaki nutqda gapning grammatik-fikriy bir 
butun ekanligini intonatsiya bildirishi. So‘z, so‘z birikmasi va gapni farqlovchi asosiy 
vositalardan biri intonatsiya ekanligi. 

Download 418.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling