‘Тастыйы3лайман’


Download 418.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/21
Sana31.01.2023
Hajmi418.8 Kb.
#1143823
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
5A111201-Өзбек-тили-ҳәм-әдебияты

Leksikografiya. Leksikografiya haqida ma’lumot. Lug‘atlarning ko‘zlangan 
maqsadga ko‘ra tiplari: qomusiy (entsiklopedik) lug‘atlar va lisoniy (lingvistik) 
lug‘atlar. Entsiklopedik lug‘atlarning turlari: universal entsiklopediyalar va soha 
entsiklopediyalari. Lingvistik lug‘atlarning turlari: Umumiy lug‘atlar va xususiy 
(maxsus) lug‘atlar. Tanlangan tillar miqdoriga ko‘ra lug‘at turlari: bir tilli, ikki tilli va 
ko‘p tilli lug‘atlar. Izohli va izohsiz lug‘atlar. Obyektiga ko‘ra lug‘at turlari: 
terminologik lug‘atlar, frazeologik lug‘atlar, orfografik lug‘atlar, orfoepik lug‘atlar, 
toponimik lug‘atlar, sinonimlar lug‘ati, chastota lug‘ati, dialektologik lug‘atlar, 
tarixiy lug‘atlar, baynalminal so‘zlar lug‘ati, teskari lug‘atlar, etimologik lug‘at va 
boshqalar. Lug‘at maqollarini joylashtirish tartibi va maqola sxemalari. O‘zbek 
lug‘atchiligi tarixidan qisqacha ma’lumot.



Morfemika va so‘z yasalishi Morfemika grammatikaning alohida bir bo‘limi 
ekanligi. Morfema so‘zning ifoda planida tovushdan keyin turadigan semantik- 
morfologik birlik ekanligi. So‘zning morfem tarkibi: so‘zda morfemalar chegarasini 
aniqlash. Morfemalar chegarasini aniqlashda chog‘ishtirishning ahamiyati. So‘zning 
o‘zak va affiksal morfemalardan tarkib topishi. 
O‘zak va affiksal morfema. O‘zak morfema so‘zning leksik ma’nosini 
bildiradigan asosiy qismi ekanligi. Asosiy morfema hamda ergash morfema yoki 
yordamchi morfema terminlari haqida. O‘zak tilida affiks morfemalarning belgilari. 
O‘zbek tilida affiks morfemalarning vujudga kelishi. Affiks morfemalarning tasnifi, 
turlari. Affiksal omonimiya, sinonimiya, antonimiya. 
Grammatika. Grammatika tilshunoslikning bir qismi ekanligi. Grammatika 
tilning grammatik qurilishiga xos bo‘lgan qonun-qoidalarini o‘rganuvchi soha 
ekanligi: a) tilning grammatik qurilishi va tovush tomonining o‘zaro munosabati; b) 
tilning grammatik qurilishi va sostavi. Grammatik ma’no, grammatik shakl
grammatik kategoriya haqida ma’lumot. Leksik ma’no va grammatik ma’no. 
Grammatik ma’noning turlari: 1) umumiy kategorial ma’no; 2) so‘zning leksik 
ma’nosiga qo‘shimcha tarzdagi maxsus shakllar orqali ifodalanadigan ma’no. 
Grammatik kategoriyalar. Grammatika morfologiya va sintaksisni o‘z ichiga oladi.
So‘z va uning shakllari. Sintaktik shakl, analitik shakl, juft va takroriy shakl. 
Morfologiya. Morfologiyaning so‘z haqidagi grammatik ta’limot ekanligi. 
Morfologiya va leksikologiya. Morfologiya va sintaksis. So‘zning morfologik 
strukturasi. So‘zning morfologik strukturasi shakl yasalishida asos bo‘lgan 
komponent bilan shakl yasovchi komponentdan (affiks yoki yordamchi so‘zdan) 
iborat bo‘lishi. Shakl yasalishi asosining tub so‘z, sodda yasama so‘z, qo‘shma so‘z 
shakllarida bo‘lishi. So‘z shaklining asosi so‘z birikmasiga teng kelishi. 

Download 418.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling