‘Тастыйы3лайман’
Download 418.8 Kb. Pdf ko'rish
|
5A111201-Өзбек-тили-ҳәм-әдебияты
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sodda gap sintaksisi. Bo‘laklanish
- Bosh bo‘laklar
Gaplarning tasnifi. Gaplarning kuzatilgan maqsadga ko‘ra turlari: darak gap,
so‘roq gap, buyruq va istak gaplar. Har bir turning o‘ziga xos grammatik va intonatsion xususiyatlari. Har bir turda modallik xususiyatlarining ifodalanishi. Gaplarning tuzilish jihatdan turlari: sodda va qo‘shma gaplar. Sodda gaplarning yig‘iq gap va yoyiq gap turlari. Qo‘shma gap, uning sodda gapdan farqi, turlari. Gaplarning emotsionallikka (his-hayajonni ifodalashiga) ko‘ra turlari. Undov gaplarning grammatik, intonatsion xususiyatlari. Gaplarning modallikka ko‘ra turlari: tasdiq va inkor gaplar. Bunday gaplarning o‘ziga xos xususiyatlari. Sodda gaplarning grammatik asosga ko‘ra turlari. Eganing ishtirokiga ko‘ra egasiz (bir sostavli) va egali (ikki sostavli) gaplarga ajratilishi. Bir sostavli gaplar tushunchasining yangicha talqini. Sodda gap. Yig‘iq va yoyiq gaplar. Sodda gap sintaksisi. Bo‘laklanish. Sintaktik bo‘laklanish.Sintaktik va morfologik shakllar. Sintaktik aloqaga kirishadigan va sintaktik aloqaga kirishmaydigan sintaktik shakllar. Gap bo‘laklari. Gap bo‘laklarining leksik- grammatik xususiyatlari. Logik bo‘laklar va grammatik bo‘laklar. Gap bo‘laklarining tasnifi. Bosh bo‘laklar va ikkinchi darajali bo‘laklar.Gap bo‘laklari talqiniga turlicha yondashuvlar. Kesim gapning asosiy uyushtiruvchi markazi ekanligi. Bosh bo‘laklar. Kesim nutq predmetining belgisini tasdiq yoki inkor yo‘li bilan 8 anglatadigan bo‘lak ekani. Kesim-predikativ markazni tashkil qiluvchi bosh bo‘lak. Kesimlarning morfologik ifodasiga ko‘ra turlari: ot-kesimlar, fel-kesimlar. Kesimning tuzilishiga ko‘ra turlari: sodda kesim, sostavli kesim va murakkab kesim. Mustaqil va nomustaqil kesimlar. Murakkab kesimlar. Bog‘lama. Fel bo‘lmagan so‘zlar bilan birga kelib, kesimni shakllantirish, predikativlikni ko‘rsatish, modallik, zamon, mayl, shaxs-son ma’nolarini ifodalash uchun qo‘llanishi. Kesimning ega bilan moslashuvi. Ega gapdagi fikr qaratilgan predmetning nomi ekanligi. Ega harakatini bajaruvchi shaxsning nomi yoki kesim ifodalangan holat yoki belgi qarashli predmet nomini bildirishi. Ega va subyekt. Eganing turli so‘z turkumlari bilan ifodalanishi. Eganing qo‘llanmaslik holatlari. Eganing kesim bilan shaxs va songa ko‘ra mos bo‘lishi. Eganing birikmali (yoyiq) kelishi. Egasiz gaplar o‘z logik- grammatik xususiyatiga qarab egali gaplardan farqlanishi. Egasiz gaplarning turlari: shaxsi aniq gaplar, shaxsi noma’lum gaplar, shaxsi umumlashgan gaplar, shaxssiz gaplar, nominativ gaplar, vokativ gaplar. Bo‘laklarga ajralmaydigan gaplar, ularning mazmunga ko‘ra turlari. Download 418.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling