Ikkinchi darajali bo‘laklar. Ularning gapdagi semantik va leksik-grammatik
xususiyatiga ko‘ra tasnifi: aniqlovchi, to‘ldiruvchi, hol.
Aniqlovchi predmetning sifati, xususiyati miqdori yoki qarashliligi kabi turli
belgilarini anglatuvchi ikkinchi darajali bo‘lak yekanligi. Aniqlovchining gapda
konstruktiv bo‘lak bo‘la olmasligi. Aniqlovchining ifodalanishi. Birikmali
qo‘llanishi. Aniqlovchining turlari: sifatlovchi aniqlovchi, qaratqich aniqlovchi.
Sifatlovchili birikma qismlari bitishuv yo‘li bilan birikib atributiv munosabatini
ko‘rsatishi. Qaratqichli birikma qismlari moslashuv yo‘li bilan birikib, atributiv
munosabatini ko‘rsatishi. Izohlovchi predmetni boshqacha nom bilan atash uchun
qo‘llanadigan aniqlovchining alohida turi ekanligi. Izohlovchining turlari.
Izohlovchining turli ma’no ifodalashi.
To‘ldiruvchi predikatning obyekt valentligini ifodalaydigan ikkinchi darajali
bo‘lak ekanligi. To‘ldiruvchi hokim bo‘lagiga kelishik yordamida va ko‘makchi bilan
bog‘lanishi va ularning semantikasi. Mustaqil va nomustaqil to‘ldiruvchi.
To‘ldiruvchining turli so‘z turkumlari bilan ifodalanishi. To‘ldiruvchining vositasiz,
vositali turlari, har ikki turning ma’nosi va qo‘llanishidagi o‘ziga xos tomonlari.
Funksional va nofunksional to‘ldiruvchilar.
Hol. Kesimga tobe bo‘lib, harakatning bajarilishidagi turli holatlarni
bildiradigan ikkinchi darajali bo‘lak ekanligi. Hol va to‘ldiruvchi. Holning turli so‘z
turkumlari bilan ifodalanishi. Holning turlari: ravish holi, o‘rin holi, payt holi, sabab
holi, maqsad holi, miqdor-daraja holi. Determinant bo‘laklar. Ularning gap
tarkibidagi qo‘llanish xususiyati. Funksional va nofunksional hollar.
Gap bo‘laklarining tartibi. O‘zbek tilidagap bo‘laklari tartibi. Gap bo‘laklari
tartibi va aktual bo‘laklanish. Erkin tartib. Inversiya, uning turli ko‘rinishlari. To‘liq
9
Do'stlaringiz bilan baham: |