Toshkent Moliya Instituti Moliya va Moliya texnologiyasi yo’nalishi
MMT-96K-2 talabasi Atakulova Nilufar ning
Pul va Banklar fanidan yozgan nazorat ishi
Tayanch iboralar:
Pul miqdori. Pul muomalasi. Naqd va naqdsiz pul, inflyatsiya. Rezerv. Kreditor. Byudjet. Emissiya limit. Investitsiya. O`rmalovchi inflyatsiya. Sudraluvchi inflyatsiya. Giperinflyatsiya stagflyatsiya.
1.Pul va uning iqtisodiyotdagi o`rni. Pul tizimi.
Pul bozor iqtisodiyotining muhim omilini tashkil qiladi. Hozirgi iqtisodiy hayot, xususan, bozor iqtisodiyoti pul bilan tirik. Pul bo`lmagan joyda bozor iqtisodiyoti bo`lishi mumkin emas. Bozor iqtisodiyoti tovarlar va tovarlashgan xizmatlarning ishlab chiqarishidan boshlab, to iste'molchigacha bo`lgan harakatdan iborat bo`lib, u pul vositasida amalga oshiriladi.
Ishlab chiqarish resurslari bozorda pulga xarid qilinib, tovarlar yaratiladi va pul daromadlariga ayriboshlanib iste'molga o`tadi. Tovarlar iste'mol yoki investitsiya (ishlab chiqarish) uchun sarf etiladimi, baribir pul yordamida harakatga keladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul muomalasini uyushtirish, pullarni ayriboshlash, ularni saqlash, taqsimlash, bo`sh pulni qarzga berish, ya'ni uni sotish, pul vositasida moliyani tashkil etish kabi iqtisodiy aloqalar yanada kuchayib, murakkablashib boradi. Pul shaklidagi mablag`lar bozor orqali resursga aylanadi va ular ishtirokida tovarlar yaratiladi hamda tovarlar sotilib yana pul olinadi.
Pulning iqtisodiyotdagi o`rni beqiyos ekan, «pulning o`zi nima?» -degan savolga javob topaylik.
Pul- bu shunday maxsus tovarki, u hamma boshqa tovarlar uchun umumiy ekvivalent vazifasini bajaradi. Hamma tovarlar singari pul ham qiymat va ham iste'mol qiymatga ega. Shu ma'noda u boshqa oddiy tovarlardan farq qilmaydi.
Pul shunday kuchga ega bo`ladiki, u umumiy ijtimoiy qiymatga ega hamma tovarlarni xarid etish vositasi bo`lib xizmat qiladi. Pul tovar ishlab chiqarish va ayriboshlash jarayonida iste'molchilar o`rtasidagi ijtimoiy munosabatlarni ifoda etadi. Shu sababli, tovar pul - munosabatlari paydo bo`ladi.
Mohiyatan pul ijtimoiy mehnat va qiymatni bildiradi. Pul uchun ijtimoiy mehnat qaysi sohada sarflanganligi va qiymat kaerda yaratilganligi farqsizdir. Kimning puli bo`lsa, u ijtimoiy mehnatning tegishli qismini o`zi, istagan natura (tovar) shaklida olish huquqiga ega bo`ladi. Pulning hamma narsadan qudratliligi ham shundan kelib chiqqan.
Do'stlaringiz bilan baham: |