Tayyor solodning sifati solod tayyorlashni tezlashtirish usullari


Download 117.48 Kb.
bet10/15
Sana21.06.2023
Hajmi117.48 Kb.
#1642255
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
MUNDARIJA

Laboratoriya usuli. Tekshiriladigan daladan keltirilgan namuna daladagi hosilning o’rtacha namunasi bo’lganidagina laboratoriya sharoitida aniqlangan qand miqdori va titrlanadigan kislotalar ulushi haqiqiy holatni bildiradi. SHuning uchun daladan uzumning o’rtacha namunasini olish masalasiga alohida e’tibor berish lozim.
Daladagi uzumning o’rtacha namunasini olish. Tokning balandligi va eniga, quyosh nurining tushishiga qarab bir necha qatordagi toklardan bir-ikki boshdan uzumni uzib olinadi. Agar uzum ustun (shpaler)siz o’stirilgan bo’lsa, namuna dalaning diagonali bo’ylab olinadi (konvert usuli). Daladagi uzum holatini aniq ko’rsatishi uchun etilganlik darajasi turlicha bo’lgan namunaning umumiy massasi 3-5 kg. ni tashkil qilishi lozim.
Namuna olish katta tajriba talab qilgani sabab, bu ishni maxsus yo’riqnoma olgan tajribali bog’bonga topshirish lozim. O’rtacha namuna olish ustidan nazoratni laboratoriya xodimi olib boradi. Uzum namunasini analizga tayyorlash. Keltirilgan namunadagi uzumdan etilish darajasiga qarab, 1-2 kg ajratib olib laboratoriya pressida siqiladi. Press bo’lmagan hollarda uzumni matodan tikilgan xaltachaga solib, qo’l bilan siqib Sharbatini olsa bo’ladi. Har 1 kg uzumdan 550-600 ml sharbat siqib olish kerak.
Analiz qilishdan oldin sharbatni buklangan filtr qog’oz yordamida filtrlagach, uning birinchi fraksiyasini tiniq sharbat o’tguncha qayta filtrlanadi. Shu usul bilan keltirilgan namunalardan olingan sharbatlar qo’shib aralashtirilib, bir qismi analiz uchun olinadi. Sharbatdagi engil xiralik analizga xalaqit bermaydi.
Sharbatda alkogolli bijg’ish boshlanishi mumkinligini nazarda tutgan holda analizni tezkorlikbilan bajarish lozim. Sharbatni ma’lum muddat davomida saqlash zaruriyati tug’ilganda unga antibiotik (formalin, gorchisa moyi va sh. k.) solish kerak.
Uzumning qanddorligini aniqlashning Sharbat zichligini areometr bilan o’lchash usuli keng tarqalgan. Refraktometr bilan nurni sindirish darajasini o’lchash yordamida qand miqdorini aniqlash usulini ham tavsiya qilish mumkin. Bu usul etarli darajada aniq natijalar beradi. Uzum etilganligini nazorat qilganda qand miqdorini kimyoviy usulda aniqlash maqsadga muvofiq emas. Vaqt hamda reaktivlarning sarfi kimyoviy usulni qo’llashda o’zini oqlamaydi, chunki namuna qay darajada aniq olingan bo’lmasin, u daladagi uzumning haqqoniy qanddorligini ko’rsata olmaydi. Shuning uchun qanddorlikni yuqorida qayd qilingan oddiy usullar asosida aniqlash qoniqarli hisoblanadi.
Uzumdagi qand miqdorini uning Sharbatidagi miqdoriga teng deb (g/100 ml kattalikda) ko’rsatish qabul qilinib, qanddorlik foizning o’ndan bir ulushigacha ko’rsatiladi.

Download 117.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling