Tayyor solodning sifati solod tayyorlashni tezlashtirish usullari


QABUL QILISH BO’YICHA NAZORAT YURITISH


Download 117.48 Kb.
bet13/15
Sana21.06.2023
Hajmi117.48 Kb.
#1642255
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
MUNDARIJA

QABUL QILISH BO’YICHA NAZORAT YURITISH.
Qabul qilinayotgan mahsulotdan namuna olishga alohida e’tibor beriladi, chunki namuna uzum partiyasi to’g’risida to’g’ri axborot berishi lozim. Har bir partiyadan olingan uzumning o’rtacha namunasida qanddorligi va titrlanadigan kislotalar miqdori, uning mexanik tarkibi, ezilgan, kasallangan va qurigan donalarining foizi aniqlanadi.
Olingan natijalarga ko’ra, tayyorlanadigan Sharob uchun mazkur uzumning kondisiyalari mos kelishi to’g’risida xulosa chiqariladi.
Uzumdan o’rtacha namuna olish. O’rtacha namuna qabul qilinadigan har bir avtomashinadan olinadi. Buning uchun har 6-10 savat yoki yashikning har tomonidagi qatlamidan taxminan 2 kg uzum olinadi. Mana shundagina namuna keltirilgan uzum sifati to’g’risida aniq ma’lumot olish mumkin. Agar namunalarni taqqoslaganda ular bir-biriga o’xshash bo’lsa ularni qo’shib, analiz uchun 1-2 kg ajratib olinadi. Agar namunalar tashqi ko’rinishida farqlansa ularni qo’shib, aralashtiriladi va analiz uchun 2-3 kg namuna olinadi. Mazkur namuna qayta ishlash uchun qabul qilinadigan uzum partiyasiga mos kelishi kerak.
Uzumni yuklash-tushirish qurilmasi bo’lgan avtomashinalarda tashib zavodga olib kelinganda maxsus namuna oluvchi uskuna yordamida uzum uyumining har tomonidan va turli qatlamidan o’rtacha namuna olinadi. Namunaning bir qismini (taxminan 1 kg) laboratoriya pressida siqib, olingan Sharbatning qanddorligi va titrlanadigan kislotaliligi aniqlanadi. Namunaning qolgan qismi uzumning mexanik holatini tekshirish uchun ishlatiladi.
Agar korxonada qabul qilingan uzumning har bir partiyasi alohida qayta ishlansa, laboratoriyada namunani presslab Sharbat tarkibidagi qand va titrlanadigan kislotalar miqdorini tekshirib turishga hojat qolmaydi. Uzum pressning savatida presslansa, uning ostidan olingan Sharbatni analiz qilish yoki uzumning tagasi (cho’plari) ajratilib o’zioqar uskunaga nasos yordamida uzatilsa, o’zioqar Sharbatni kimyoviy analizga yuborish mumkin bo’ladi. Bu usul bilan olingan namuna faqat uzum holatini ko’rsatadi.

Download 117.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling