Tayyor solodning sifati solod tayyorlashni tezlashtirish usullari


Download 117.48 Kb.
bet9/15
Sana21.06.2023
Hajmi117.48 Kb.
#1642255
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
MUNDARIJA

Bir navdagi dalalarni ajratish. Uzum etilishini nazorat qilishni to’g’ri tashkil qilish uchun mazkur xo’jalik erlarining tuproq sharoiti va relefiga qarab dalalarga ajratish lozim. Uzumzorda turli nav uzumlar o’stirilayotgan bo’lsa, uzum etilishi bar bir nav uzumdan namuna olib alohida-alohida nazorat qilinadi.
Xo’jalikda ajratilgan dalalar soni uzumzor maydoniga, uzum navlari miqdoriga, tuproq sharoiti va dala relefi tavsifiga qarab ko’p yoki kam miqdorda bo’lishi mumkin. Lekin dalalar sonini haddan tashqari ko’paytirmaslik lozim. Bunday hollarda ko’p namunalar olishga to’g’ri keladi, uzum etilishini nazorat qilish qiyinlashib, aniq natijalarga erishish og’irlashadi. Har bir xo’jalikda uzum etilishini nazorat qilish uchun uzumzorlarni dalalarga ajratish masalasini xo’jalik bosh agronomi, Sharobchilik bo’yicha bosh mutaxassis va laboratoriya mudiri tomonidan hal qilinadi. Dalalarning kattaligi va optimal soni o’tgan yillar tajribasiga tayanib, quyidagilarni nazarda tutgan holda belgilanadi:
1. Ajratilgan dala kattaligi hosilni yarim kunda, ko’pi bilan esa 2 kunda yig’ib olishga mo’ljallangan bo’lishi kerak.
2. Turlicha navdagi uzumi bo’lgan nazoratdagi dalalar soni 40 dan oshmasligi, shu bilan birga uzum navlari kam nazoratdagi dalalar soni 10 tadan kam bo’lmasligi lozim.
Har bir xo’jalikda uzoq yillarga mo’ljallangan uzum dalalarining xaritasi ishlab chiqiladi. Yildan-yilga mazkur xaritalarga hartomonlama o’tkazilgan kuzatishlar asosida tuzatishlar yoki o’zgartirishlar kiritiladi.
Uzumning pishishini kuzatish. Uzumning pishishini kuzatish ishlari uning etilishiga 2-3 hafta qolganda olib boriladi. Avvaliga har 2- 3 kunda, etila boshlaganda har kuni nazorat qilinadi.
Nazoratni dala yoki laboratoriya sharoitida amalga oshirish mumkin. Dala usulida uzumzorda refraktometrdan foydalanib, taxminiy natijalar olinadi va analiz natijalari maxsus daftarda qayd qilinadi Hosilni terish kunini aniqlashda, albatta, laboratoriya usulidan foydalanish lozim. Buning uchun daladagi uzumdan namuna olib laboratoriyaga keltiriladi, bu erda uzumdagi qand miqdori va titrlanadigan kislotaliligi aniqlanadi.
Dala usuli. Dala sharoitida uzumdagi qand miqdorini aniqlash uchun bir navli uzumzorning bir necha qatoridan soyalik darajasiga qarab har xil balandlikdagi uzumdan 2-3 dona olinadi. Uzum donasidagi qand miqdorini aniqlash uchun uni refraktometr prizmasi sirtida siqib bir necha tomchi Sharbat tomiziladi. Refraktometr ko’rsatgan kattalikka harorat tuzatishini kiritib, uzum donasi Sharbatidagi qand miqdorini foiz kattaligida hisoblanadi. Daladagi uzumning qanddorligini aniqlash uchun ayrim uzum toklaridan olingan namunalar qanddorligini foizda hisoblanib, o’rtachasi olinadi.
Nazorat qilinadigan daladan namuna uchun uzum donalari etilish darajasiga bog’liq holda turlicha miqdorda olinadi. Ayrim donalardagi qand miqdori bir-biridan kam farq qilsa oz miqdordagi namunalar bilan chegaralanish, uzumning etilganlik darajasi qay darajada aniq topilsa, olinadigan namunalar sonini ham aniq bilib olish mumkin.
Keltirilgan shartlarga asosan, tekshirilayotgan daladagi uzumning etilish darajasini aniqlash ushun 20—40 dona namuna olsa kifoya bo’ladi. Bir tekis pishmagan daladan olinadigan namunalar sonini ko’paytirish mumkin.
Uzumning etilganligini dala usulida tekshirish oddiy, etarli darajada aniqlikka ega bo’lgani uchun uni kimyoviy nazorat laboratoriyalarining amaliy faoliyatida qo’llashga tavsiya etish mumkin.

Download 117.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling