Tayyor solodning sifati solod tayyorlashni tezlashtirish usullari


Don va kartoshkaning sifatini nazorat qilish


Download 117.48 Kb.
bet6/15
Sana21.06.2023
Hajmi117.48 Kb.
#1642255
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
MUNDARIJA

Don va kartoshkaning sifatini nazorat qilish: organoleptik nazorat (rangi, hidi, tashqi ko’rinishi) naturasi, shartli kraxmalliligi, ifloslanganligi, namligi, kasallanganligi, harorati, ularning fizik-kimyoviy tarkibi aniqlanadi.
Melassa- shakar ishlab chiqarishdagi qo’shimcha mahsulot bo’lib, spirt ishlab chiqarishdagi xom-ashyo hisoblanadi va quyidagicha nazorat qilinadi: organoleptik (tashqi ko’rinishi, mazasi, xidi) quruq moddalar konsentratsiyasi, rN ko’rsatgichi, saxarozani massali ulushi, zichligi va suvda eruvchanligi.
Qandlashtirish jarayonini nazorat qilish: buningt uchun Sharbatdan namuna olinadi, uzluksiz qandlashtirishda-issiqlik almashinish qurilmasi va bijg’ish chani orasidagi quvurdan xar smenada 6-8 marta, davriy qandlashtirishda –qandlashtirish jarayoni tugagandan so’ng xar bir zator chanidan namuna olinadi. Sharbat namunalari paxta mato orqali fil’trlanadi. Tiniq fil’tratda quruq moddalar konsenratsiyasi (saxarometr yoki refraktometr yordamida), kislotaliligi( metil qizili indikatori ishtirokida o’yuvchi natriy bilan titrlash) va qandlashtirish jarayonining naqadar to’liq borganligi (yod bilan sifat reaksiyasi)aniqlanadi. Sharbat tomchisiga yod bilan ishlov berilganda rang o’zgarmasa qandlashtirish me’yorda borganidan, qizil rang-muhitda ko’p miqdorda destrinlar mavjudligidan, ko’k binafsha rang esa muhitda qandlashtirilmagan kraxmal mavjudligidan dalolat beradi. Yod bilan ishlov berishda rangning bunday o’zgarishi qandlashtirish solod bilan olib borilgandagina o’rinlidir. Qandlashtirishda mikroorganzmlar ferment preparatlaridan foydalanganda rang ko’kligicha qolishi mumkin.
Etil spirtining organoleptik ko’rsatgichlarini aniqlash.
Oranoleptik ko’rsatgichni yorug’, havosida begona hidlar bo’lmagan, yaxshi shamollatilgan xonalarda aniqlanad.
Tiniqligi va rangini aniqlash. Kolorimetrlash uchun ikkita quruq silindr olib bittasiga- aniqlanayotgan spirtdan 100 ml, ikkinchisiga- distillangan suvdan 100 ml solinadi. Yorug’likka qaratib mexanik aralashmaning borligi va rangining farqi solishtiriladi.
Mazasi va hidini aniqlash.
Aniqlanayotgan spirtga qattiqligi 30% ga etguncha harorati 20 S+200 S ichimlik suvi quyiladi. Xajmi 100-150 ml li yaxshi yopiladigan idishga tahminan 30 ml spirt aralashmasidan solinadi, yaxshilab aralashtirilib spirtni hidi va mazasini aniqlashga kirishiladi. Agar etanol spirti bo’lsa unda solishtiruvchi degustatsiya o’tkazishga to’g’ri keladi.

Download 117.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling