Tayyor solodning sifati solod tayyorlashni tezlashtirish usullari


Xom-ashyo sifatini nazorat qilish


Download 117.48 Kb.
bet5/15
Sana21.06.2023
Hajmi117.48 Kb.
#1642255
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
MUNDARIJA

Xom-ashyo sifatini nazorat qilish
Spirt ishlab chiqarish uchun don, shu jumladan, oziq-ovqat va em sifatida ishlatishga yaroqsiz bo’lgan donlarni ham ishlatish mumkin. Spirt ishlab chiqarish uchun bug’doy, arpa, javdar, makkajo’xori, tariq, suli kabi boshoqli ekinlar ishlatilishi mumkin. O’zbekistonda spirt ishlab chiqarish uchun asosan bug’doy doni ishlatiladi. Solod ishlab chiqarish uchun esa yuqori sifatli kondisiyali arpa, tariq va suli donlari ishlatiladi.
Don sifatini birlamchi baholash uchun organoleptik usullardan foydalaniladi.
Hidini tekshirish. Kaftga bir siqim don olinadi va nafas bilan isitiladi. Isitish maqsadida quyidagi usuldan ham foydalanish mumkin: toza shisha idishga oz miqdordagi don va uning ustiga harorati 60o S bo’lgan suv quyiladi. 2-3 daqiqadan so’ng suv to’kiladi. Ikkala holda don hidi hid bilish organi bilan aniqlanadi.
Ta’mini tekshirish. Bir necha donni chaynab, ta’mini aniqlaydilar.
Rangini tekshirish. Don rangi etalon bilan taqqoslanadi.
Ifloslanganlikka tekshirish. Bir hovuch donni asta-sekinlik bilan 1-2 daqiqa davomida aylanma harakatga keltiradilar. Natijada engil xas-cho’p yuqoriga ko’tarilib, og’iri pastga tushadi. Barmoqlar orasidan don pastga tushgach, qoldiq xas-cho’p og’irligiga qarab donning ifloslanganlik darajasini aniqlaydilar.
Namligini tekshirish. Ho’l don shaffofligini yo’qotadi hamda xiralanadi, sochiluvchanlik xususiyatini yo’qotadi. Quruq don barmoq oralaridan bemalol sochiladi (Ya’ni o’tib ketadi), ho’l don esa to’dalanib qoladi. Quruq don massasi ichiga qo’l tiqilganda sovuqlik, ho’l donga qo’l tiqilganda esa issiqlik va namlik seziladi hamda qo’lga donlar yopishib qoladi. Qattiq yuzada donni pichoq bilan ikkiga bo’lganda namligi 14-15 % bo’lgan don bo’lakchalari ikki tomonga uchib ketadi; 16-17 % namlikka ega bo’lgan don bo’lakchalari uchib ketmaydi; 17 % dan ortiq namlikka ega don esa eziladi.
Albatta, yuqorida keltirilgan tahlil usullari don sifati haqida birlamchi tasavvur qilish uchungina o’rinlidir. Lekin amaliyotda ushbu tahlillar ham muhim ahamiyatga ega. Ya’ni, aytaylik, spirt zavodiga bir necha korxonalardan don kelsin. Albatta, namlikka tekshirish orqali namligi yuqori bo’lgan donlar alohida sig’imlar (silos)da (mos ravishda alohida maydonlarda) saqlanadi va ular tezda qayta ishlashga yuboriladi.
Donlar nuqsonlik darajasi to’rtga bo’linadi:
-birinchi nuqsonlik darajasidagi don – biologik tinch holatdan chiqqan don bo’lib, ulardan solod hidi kelib turadi;
-ikkinchi nuqsonlik darajasidagi don – mog’orlagan hidli don;
-uchinchi nuqsonlik darajasidagi don – chirigan hidli don;
-to’rtinchi nuqsonlik darajasidagi don o’z-o’zidan qizigan don bo’lib, tashqi qobig’i qo’ng’ir yoki qora rangda bo’ladi.
Spirt zavodlarida qurg’oqchilik yillarida etishtirilgan donlar ham qabul qilinadi. Ushbu donlar texnik to’liq etilmagan donlar bo’lib hisoblanadi. Spirt zavodlari nokondision donlarni ham qabul qilishi va spirtga qayta ishlashi shart. Faqat bu holda chiqadigan spirtning miqdori reglament bilan me’yorlanmagan.
Donlar zavodga to’rt o’qli temir yo’l yopiq vagonlarida yoki avtomashinalarda keltiriladi.
Donning naturasini aniqlash.
1 l hajmdagi donning grammlarda ifodalangan og’irligi natura yoki natura massasi deyiladi. Donning natura qiymati uning tarkibidagi kraxmal miqdoriga bog’liq (kraxmalning zichligi 1,45-1,63). Naturaga ta’sir etuvchi omillar:donning joylashish zichligi, buzilganlik darajasi, ifloslanganlik turi va darajasi, namligi, donning harorati va h.k.
Naturani aniqlash uchun standart litrli purkadan foydalaniladi. Naturani aniqlashdan avval olingan o’rtacha namuna yaxshilab aralashtiriladi vatarkibidagi chiqindilardan tozalanadi. Ifloslanganlik darajasi aniqlanadi.

Download 117.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling