Tayyor solodning sifati solod tayyorlashni tezlashtirish usullari
Spirt ishlab chiqarishda asosiy jarayonlarni nazorat qilish
Download 117.48 Kb.
|
MUNDARIJA
2.4. Spirt ishlab chiqarishda asosiy jarayonlarni nazorat qilish
Etil spirtiga talab juda katta bo’lib, u oziq-ovqat sanoatida turli alkogolli ichimliklar (aroq, kon’yak, likyor mahsulotlari, vinoni quvvatini oshirishda) ishlab chiqarishda, tibbiyot sanoatida (turli dori-darmon preparatlarini tayyorlashda, antiseptik va dezinfeksiyalovchi sifatida), kosmetika sanoatida (ekstraktlar, krem va turli malhamlar, bal’zamlar va hokazolarni tayyorlashda), kimyo sanoatida (erituvchi, kimyoviy modda, kauchuk sintez qilishda, sirka kislotasi olishda) ishlatiladi. Etil spirti aroq, likyor mahsulotlari ishlab chiqarishda keng qo’llaniladigan xom-ashyo hisoblanadi. Etil spirtining sifati birinchi navbatda xom-ashyoning tavsifiga bog’liq. Etil spirti asosan rangsiz va o’tkir xidli bo’lib, o’z xususiyatlariga egadir. Etil spirtidan xar xil spirtli ichimliklar ishlab chiqarilmoqda. Etil spirtining formulasi- C2 H5 OH bo’lib, suv bilan istalgan nisbatda aralashadi va qaynash harorati 78,3 0 C, muzlash harorati -1170 C. Spirt ishlab chiqarishda texnokimyoviy nazorat xom-ashyoni tejagan holda yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish uchun kerak bo’ladi. Texnik iqtisodiy ko’rsatgichlar yuqori bo’lishi uchun zamonaviy texnologiyalarni qo’llash, xomashyoni qabul qilish va saqlashda, texnologik jarayonlarni optimal rejimda o’tkazishni amalga oshirish, uskuna va jihozlardan oqilona foydalanish kerak. Texnokimyoviy nazoratning asosiy vazifasi texnologik jarayonlarni borishini, xom-ashyo va tayyor mahsulot sifatini tekshirishdan iboratdir. Spirt ishlab chiqarish zavodlarning texnik-iqtisodiy ko’rsatgichlari birinchi navbatda 1 tonna shartli kraxmalli xom-ashyodan qancha spirt chiqishi bilan aniqlanadi. Texnokimyoviy nazorat olib borishda tahlil qilish usullari to’g’ri tanlangan bo’lishi kerak, shunda tahlil natijalari aniq va ishonchli chiqadi. SHu natijalarga qrab texnologik rejimni ishlab chiqish va o’rnatish mumkin. Spirt va likyor-aroq mahsulotlari ishlab chiqarishda texnokimyoviy nazorat nafaqat xom-ashyo va materiallarni qabul qilish, balki ularni omborlarda saqlash davomida ham nazorat qilish kerak. Hamma vaqt ulardagi kimyoviy va fizik o’zgarishlar kuzatib boriladi. Tekshirishlarda xom-ashyo va materiallarning harorati, muhit pH i, quruq moddalarning massaviy ulushi va namligi, nisbiy zichligi, kislotalilik va boshqa ko’rsatgichlari aniqlanadi. Bu nazoratlar nafaqat sifatsiz mahsulotlar chiqarmaslik, balki ishlab chiqarishda yo’qotishlarga yo’l qo’ymaslikdir. Spirt ishlab chiqarishdagi texno-kimyoviy nazorat quyidagilarni o’z ichiga oladi: xom-ashyo sifatini nazorat qilish (don,kartoshka, melassa, qand lavlagi), tayyor mahsulot sifati (xom spirt va rektifikatlangan spirt), spirt ishlab chiqarishdagi qo’shimcha mahsulotlar, yordamchi materiallar, chiqindilar ishlab chiqarishda ishlatiladigan suv, shuningdek texnologik jarayonlarning alohida bosqichlarini nazorat qilish. Download 117.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling