Tayyor solodning sifati solod tayyorlashni tezlashtirish usullari
Sharob ishlab chiqarishda asosiy jarayonlarni nazorat qilish
Download 117.48 Kb.
|
MUNDARIJA
Sharob ishlab chiqarishda asosiy jarayonlarni nazorat qilish.
Sharob ishlab chiqarishda asosiy xom-ashyo uzum hisoblanadi. Uzum xo’raki va texnik navlarga bo’linib, oq, qizil va pushti rangli bo’ladi. Uzumdan tayyorlanadigan Sharob sifati mahsulotning etilishiga ma’lum darajada bog’liq bo’ladi. Ma’lum turdagi Sharobni tayyorlash texnologiyasi nafaqat uzum navidan, balki uning etilish darajasi, kimyoviy tarkibi, tokka berilgan agrotexnik ishlovlar va kimyoviy moddalarga ham bog’liqdir. Uzumning etilish darajasi undagi qand moddalari va organik kislotalar majmui (titrlanadigan kislotalar)ning nisbati bilan tavsiflanadi. Etilmagan yoki o’ta pishib ketgan uzumdan tayyorlangan Sharobning sifati past bo’ladi. Uzum etilganda, unda qand moddalarining oshishi, organik kislotalarning kamayishi, uzum naviga xos bo’lgan rang va hidning paydo bo’lishi kuzatiladi, donalarning o’zi esa yumshaydi. Bu davrda qand moddasining to’planishi nihoyatda tez borib, bir kecha-kunduzda 0,3—0,5 foizni tashkil qiladi. Etilishning ilk davrida qand moddasi miqdori qanday tez ortsa titrlanadigan kislotalar miqdori ham shunday tez kamayadi, so’ngra esa bu jarayon sekinlashadi. To’la etilganda uzumning tarkibi ma’lum davrgacha doimiy bo’lib qoladi, qand to’planishi to’xtaydi. Shundan so’ng donaning so’lishi boshlanadi (o’ta etilish bosqichi). Bu jarayon tabiiy sharoitda nisbatan sekin boradi. Turg’un issiq havo so’lishni tezlashtirsada, lekin qurg’oqchilik bu jarayonga ta’sir etmaydi. Har qanday uzum ham novdada so’limaydi, ayrim nav uzumlarning mevasi qurib erga tushadi. U yoki bu tur Sharob tayyorlash uchun uzumning optimal kondisiyalari texnologik ko’rsatmalar yordamida aniqlanadi. Masalan, Shampan yarim tayyor Sharobini tayyorlash uchun uzumning qandi 17-20 foizni va titrlanadigan kislotaliligi 8- 11 g/dm3 . ni tashkil etishi talab qilinsa, shirin ta’mli Sharoblar ishlab chiqarishda uzumdagi qand miqdori 26 foizdan kam bo’lmasligi lozim. Qayta ishlash uchun qabul qilingan uzum tekis etilgan bo’lishi lozim. Kerakli kondisiyadagi Sharob tayyorlash uchun etilgan va etilmagan uzumlarni qo’shib qayta ishlash mumkin emas. Qayta ishlanadigan uzumning etilish darajasiga qo’yilgan yuqori talablar uni etilish davridan nazorat qilishni talab qiladi. Faqat shundagina ma’lum tur Sharobni tayyorlash uchun uzum yig’ish davrini aniqlash mumkin. Download 117.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling