+tdr 08 Investitsiya
Download 245.3 Kb. Pdf ko'rish
|
5-мавзу
YeIda investitsion tartibga solish quyidagi yo‘nalishlarga ega:
– o‘zaro kapital qo‘yilmalarini to‘liq erkinlashtirish; – ishtirokchi mamlakatlarning kompaniyalari uchun yagona qonunchilikni shakllantirish; – o‘zaro investitsiyalarni rag‘batlantirishning umummilliy choralarini belgilash; – yagona huquqiy tartibot doirasida faoliyat yurituvchi kompaniyalarni qo‘shib olish umummilliy qoidalarini ishlab chiqish; – uchinchi mamlakatlar bilan mintaqalararo asosda hamda boshqa integratsion guruhlar bilan investitsion hamkorlik umumiy qoidalarini ishlab chiqish. Rim shartnomasi 73a-73g moddalariga muvofiq, ishtirokchi mamlakatlarda valuta nazorati va boshqa bevosita cheklovlar tugatildi. Shunga qaramasdan, norezidentlarning hamjamiyat ichki bozorlariga kirishini, xaridorlar, moliyaviy mablag‘lar yoki rezidentlarning xorijiy moliyaviy bozorlar, xorijiy moliyaviy institutlar yoki moliyaviy vositalardan erkin foydalanishini cheklovchi ma’muriy choralar saqlanib qolmoqda. Amalda bu investitsiyalarning oqib kelishi va oqib ketishini rag‘batlantirmaydi, balki kapitalni guruh doirasida samarali joylashtirishni buzadi. Umuman, norezidentlar moliyaviy bozorlarda, jumladan, obligatsiyalar bozorida bitimlarni yuritishda boshqalarga nisbatan ko‘proq erkinliklarga ega. YeI mamlakatlarida IHRT kodekslari bilan kapitallar harakati va joriy ko‘rinmas operatsiyalar bo‘yicha zaxiralangan o‘zaro kapital oqimlarining erkin 100 harakatlanish tamoyilidan istisnolar deyarli amal qilmaydi. Biroq amalda faqat ikkita YeI davlati ham o‘zaro kapitallar xususida, ham uchinchi mamlakatdan oqimlar yuzasidan istisnolarni umuman tan olmaydi. YeI amaliyotida saqlanib qolgan istisnolarning 80 foizi yettita YeI mamlakatiga to‘g‘ri keladi. YeIda istisnolar qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar, bank va investitsiya xizmatlari ko‘rsatishga tegishli – ular hissasiga kapitallarning erkin harakatlanishi tamoyilidan istisnolarning umumiy soni yarmi to‘g‘ri keladi. 10 ta YeI mamlakatlari xorijiy sug‘urta kompaniyalari, banklar va boshqa moliyaviy institutlarning filiallari faoliyatini tashkil qilishga nisbatan istisnolarni zaxiraga olgan. Sanab o‘tilgan istisnolar YeI doirasida kapital bozorlarida moliyaviy kompaniyalarning faoliyatini cheklaydi. Yevropa ijtimoiy fondi (YeIF) kadrlarni tayyorlash va ish o‘rinlari yaratishni amalga oshiruvchi tashkilotlar uchun resurslar ajratadi. Kompaniyalar mahalliy hukumatlardan ham grantlar, ham qarzlar oladi, bu YeIF liniyasi bo‘yicha moliyalashtirishga intilish imkonini beradi. ITTKI dasturlari har to‘rt yilda ishlab chiqiladi (hozirgi davr 1999-2003- yillarni qamrab oladi). YeI Yevropa komissiyasi loyihalarni aniqlaydi va loyihalarni amalga oshirish uchun kompaniyalarni tanlaydi. ITTKI dastur liniyasi bo‘yicha moliyalashtirish axborot va kommunikatsion texnologiyalar, sanoat texnologiyalari, biotexnologiyalar, ekologiya, energetika, inson organizmining yashirin imkoniyatlari sohalaridagi rivojlanishni o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqotlarga mo‘ljallangan. Ushbu dastur yuqori texnologik tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishda qo‘shma loyihalarni ishlab chiqishga mo‘ljallangan. U yuqori texnologiyalar va tovarar ishlab chiqarish sohalaridagi barcha ITTKIni qamrab oladi. YeIning amaliy faoliyati integratsion guruhlarning mintaqa ichidagi BXIga umumiy ta’siri to‘g‘risidagi tezisni tasdiqladi: iqtisodiy integratsiya mintaqaning uchinchi mamlakatlar investitsiyalarini joylashtirish uchun jozibadorligini oshiradi. Darhaqiqat, bu 60-80-yillarda YeIga xos xususiyat edi. Umumiy bozorning bojxona ittifoqi sifatida shakllanib bo‘lishi Amerika kapitali ko‘p miqdorda kirib kelishiga xizmat qildi, bu Amerikaning xorijdagi bevosita investitsiyalari tuzilmasiga ta’sir qildi va Amerika firmalarini YeIdagi faoliyatini kengaytirishni rag‘batlantirdi. Shimoliy Amerika Erkin savdo tashkiloti. Tashkil qilingan vaqti – 1992-yil 17- dekabrda shartnoma imzolangan, 1994-yil 1-yanvardan kuchga kirgan. A’zo davlatlari AQSh, Meksika va Kanadadir. Janubiy Amerika Iqtisodiy va siyosiy hamjamiyati – MERKOSUR 1991-yil 26-martda tashkil qilingan. MERKOSURga Argentina, Braziliya, Urugvay a’zo bo‘lgan, 2012-yil 22-iyunda Paragvayning a’zoligi to‘xtatilgan, uning o‘rniga 2012- yil 31-iyuldan Venesuela a’zo bo‘lgan. AND bojxona pakti (Kartagen shartnomasi). AND hamjamiyati 1969-yilda tashkil qilingan bo‘lib, Boliviya, Kolumbiya, Ekvador, Peru, Chili a’zo bo‘lgan (1976-yildan a’zolikdan chiqqan). AND hamjamiyatini tashkil qilishdan asosiy maqsad quyidagilardan iborat: 1. A’zo davlatlar o‘rtasida ishlab chiqarishni rivojlantirishni birgalikda rejalashtirish. 101 2. O‘zaro tovar ayirboshlashni erkinlashtirish. 3. O‘zaro uyg‘un holda iqtisodiy siyosatni amalga oshirish. 4. Umumiy bojxona tariflarini shakllantirish. 5. Iqtisodiyoti nisbatan kamroq rivojlangan Boliviya va Ekvador uchun alohida investitsion rejim shakllantirish. Bularni amalga oshirish uchun AND hamjamiyati qoshida AND rivojlanish va Download 245.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling