+tdr 08 Investitsiya
Download 245.3 Kb. Pdf ko'rish
|
5-мавзу
Xorijiy investitsiyalarni kafolatlovchi va tartibga soluvchi maxsus xalqaro
tashkilotlar. Jahon banki mutaxassislarining fikricha, xalqaro moliya-kredit institutlarining kreditlash tizimi va mexanizmini o‘zgartirish zarur. Hozirgi vaqtda 104 kreditlash asosiy resurslar va maxsus oreratsiyalar fondlaridan amalga oshiriladi. Birinchi fond rivojlanayotgan mamlakatdagi nisbatan yuqori to‘lov qobiliyatiga ega qarz oluvchiga yo‘naltirilgan kreditlarga mo‘ljallangan bank mablag‘laridan tashkil topadi. Ushbu fonddan moliyalashtirishning sharti ko‘proq bozor shartlariga yaqinlashtirilgan. Maxsus operatsiyalar fondidan esa kam rivojlangan mamlakatlarga imtiyozli shartlarda kreditlar ajratiladi. IKXA 1988-yilda Jahon bankining shoxobchasi sifatida tashkil etilgan, ammo u moliyaviy jihatdan mustaqildir. Agentlik ixtisoslashtirilgan tashkilot sifatida BMT tizimiga kiradi. XTTB prezidenti IKXAning ham prezidenti hisoblanadi. Agentlikning asosiy vazifasi xorijiy investorlarni notijorat xarakterdagi risklar (valuta mablag‘larini o‘tkazib yuborish, ekspropriatsiya yoki urush) bilan bog‘liq yo‘qotishlardan kafolatlash orqali a’zo-mamlakatlar iqtisodiyotini rivojlantirish maqsadida investitsiyalar oqimini oshirishga ko‘maklashishdir. Bundan tashqari IKXA a’zo-mamlakatlarga kapital oqimini oshirish uchun qulay muhit yaratish borasida maslahatlar berish va axborot bazasini yaratish bilan ham shug‘ullanadi. IKXAning maqsadlari quyidagilardan iborat: Kapitalni boshqa mamlakatlarda joylashtirishni notijorat xatarlardan a’zo- mamlakatlar tomonidan qo‘shma qayta sug‘urtalash yordamida kafolatlash; rivojlanayotgan mamlakatlarga va ular orasida investitsiyalar oqimini orttirish maqsadida zarur yordamchi tadbirlarni amalga oshirish; a’zo-mamlakatlarda (ayniqsa, rivojlanayotgan mamlakatlarda) investitsiyalarni ishlab chiqarish maqsadlariga sarflanishini rag‘batlantirish. IKXA mamlakatlarga investitsion imkoniyatlar to‘g‘risidagi axborotlarni tarqatish va investitsiyalashga ko‘maklashuvchi tashkiliy-texnik sharoitlarni yaratish borasida texnik yordam ko‘rsatadi. IKXA o‘z xodimlari va yurist-maslahatchilari shtatiga ega bo‘lib, moliyaviy va huquqiy jihatdan Jahon bankiga qaram emas, lekin ba’zida uning xizmatlaridan foydalanadi. Agentlik rivojlanayotgan mamlakatlarda hukumatlarga xususiy investitsiyalarni jalb etish borasida maslahat xizmatlarini ko‘rsatish va investitsion imkoniyatlar to‘g‘risida axborotlar tarqatish bilan ham shug‘ullanadi. IKXAning funksiyalari: – qo‘shma sug‘urtalash yoki qayta sug‘urtalash yo‘li bilan boshqa sug‘urtalovchilarning imkoniyatlarini kengaytirish; – investitsiya siyosati passiv bo‘lgan mamlakatlarda investitsiyalarni sug‘urtalash; – kafolatlar berish, bu esa o‘z o‘rnida sug‘urta shartnomalarini tuzishga va da’volarni hal etish uchun qulay shart-sharoit yaratadi. Investorlar umumjahon banki kafolatlari, siyosiy risklardan IKXA sug‘urtasi va Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) bilan aksiyador kapitalga qo‘shma investitsiyalash yordamida o‘z risklarini minimumga tushirishadi va rivojlanayotgan hamda bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlarga investitsiyalarni amalga oshirish uchun optimal sharoitga ega bo‘ladilar. IKXAning maqsadiga mos keluvchi investitsion loyihalar iqtisodiyotnng 105 rivojlanishiga yordam berishi, moliyaviy va iqtisodiy jihatdan mustahkam, ekologik xavfsiz hamda qabul qiluvchi mamlakatning mehnat bo‘yicha standartlari va hokazolarga mos kelishi zarur. IKXA rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotini taraqqiy yettirish maqsadida a’zo-mamlakatlardan investitsiyalarni jalb etish imkoniyatiga ega. IKXA tarkibiga kiruvchi investitsion marketing xizmatlari departamenti (IMXD) agentlikka a’zo bo‘lgan rivojlanayotgan va o‘tish davri mamlakatlariga qilinayotgan to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni qo‘llab-quvvatlaydi. IMXDning maqsadi rivojlanayotgan mamlakatlarga iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish va kambag‘allik bilan kurashish uchun jalb etilayotgan to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar oqimini ta’minlashga yordamlashishdan iborat. IMXD tomonidan xizmatlar ko‘rsatish, asosan, uch yo‘nalishda amalga oshiriladi: institutsional imkoniyatlarni shakllantirish; axborotni tarqatish; investitsiyalarni rag‘batlantirish. Bundan tashqari IKXA investitsion imkoniyatlar, biznes olib borish qoidalari va biznes faoliyati bo‘yicha hamkorlar to‘g‘risidagi axborotlarni IRA axborot tarmog‘i orqali targ‘ib etadi. IKXAning asosiy moliyaviy manbalari quyidagilardan iborat: IKXA konvensiyasida sanoati rivojlangan mamlakatlar o‘z ulushlarining 1 %ini konvertirlanadigan valutada qo‘shishlari nazarda tutilgan. Yana har bir mamlakat 10 %ini ochiq bozorda muomalada bo‘lmagan foizsiz qarz majburiyatlari shaklida kiritadi. Qolgani esa rezerv valuta hisoblanadi. Rivojlanayotgan mamlakatlar a’zolik badalining 25 %ini o‘z milliy valutalarida to‘lashlari mumkin. IKXA qo‘shma sug‘urtalash va qayta sug‘urtalash yo‘li bilan investitsiyalarni sug‘urtalovchilar faoliyatini to‘ldiradi. O‘zbekiston Respublikasi 1993-yil noyabr oyida IKXAga a’zo bo‘ldi. Investitsion da’volarni tartibga solish bo‘yicha xalqaro markaz (IDTSXM). IDTSXM 1965-yilda qabul qilingan Investitsion da’volarni tartibga solish xalqaro konvensiyasi asosida 1966-yilda tashkil topgan bo‘lib, u mustaqil xalqaro tashkilotdir. 1996-yilda unga 134 ta mamlakat a’zo bo‘lib, yana 11 ta mamlakat a’zolikka da’vogar edi. IDTSXM xorijiy investitsiyalarni qabul qiluvchi a’zo- mamlakatlar hukumatlari va davlat organlari bilan xorijiy (xususiy va korporativ) investorlar o‘rtasida vujudga keluvchi kelishmovchiliklarni tartibga solish, kelishtirish, arbitraj sudlarida ishni ko‘rish mexanizmlarini yaratish orqali xalqaro investitsiya faoliyatiga ko‘maklashadi. IDTSXM hukumat va xorijiy investorlar o‘rtasidagi ishonch va hamjihatlikni mustahkamlash orqali investitsiya oqimini ko‘paytirishga sababchi bo‘ladi. IDTSXM doirasida vujudga kelgan arbitraj qoidalari xalqaro investitsion kelishuvlar, investitsiyalar to‘g‘risidagi qonunlar, ikki va ko‘p tomonlama investitsion shartnomalarning standart elementiga aylangan. IDTSXM tadqiqot ishlarini olib boradi, maslahatlar beradi, arbitraj va investitsion huquq masalalari bo‘yicha materiallar nashr etadi. 106 Xorijiy investorlarga maslahat berish agentligi Umumjahon bankining bo‘linmasi bo‘lib, bankka a’zo-mamlakatlar hukumatlarini xorijiy investitsiyalar masalalari bo‘yicha konfidensial maslahatlar bilan ta’minlash maqsadida tashkil etilgan tashkilotdir. Barqaror sur’atlarda rivojlanayotgan transmilliylashuv jarayoni zamonaviy jahon iqtisodiyotining muhim xususiyati hisoblanadi. Ushbu jarayonning asosiy harakatlantiruvchi kuchi xalqaro korporatsiyalardir. Xalqaro korporatsiyalar savdo, investitsiyalash va zamonaviy texnologiyalarni eltuvchilar sifatida jahon iqtisodiyotining asosiy subyektlariga aylandi. Xalqaro iqtisodiy globallashuvning asosiy harakatlantiruvchi kuchi xalqaro korporatsiyalar hisoblanadi. Xalqaro korporatsiyalar ichki korporativ mehnat taqsimotini an’anaviy mehnat taqsimotining xalqaro darajasiga olib chiqqan. Jahon iqtisodiyotining globallashuv jarayoni shtab-kvartirasi qabul qiluvchi mamlakatdan tashqarida bo‘lgan firmalar tomonidan nazorat qilinadigan va boshqariladigan xalqaro ishlab chiqarishga bevosita bog‘liq. Xalqaro korporatsiyalarning umumiy nazoratida bo‘lgan ushbu faoliyat jahon YaIM ishlab chiqarish hajmining taxminan 25 foizini tashkil qiladi. Ushbu ishlab chiqarishning 1/3 qismi qabul qiluvchi mamlakatlarda joylashgan. Rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotida korporativ birlashmalarning o‘zaro tashkiliy-xo‘jalik aloqalari asosida transmilliy moliya-sanoat guruhlari (MSG)ni barpo etishning turli shakllari mavjud. TMK jahon xo‘jaligining muhim ishtirokchilariga aylanib bormoqda. Sanoat jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlarning tashqi iqtisodiy aloqalari bevosita TMK faoliyatiga bog‘liqdir. Ushbu mamlakatlar eksportida milliy korporatsiyalar va ularning xorijdagi filiallari o‘rtasidagi savdo aloqalari ulushi yuqori ko‘rsatkichga ega. Masalan, XX asrning 80-yillarida firma ichidagi savdo ulushi AQSh eksportining 14-20 %i, Yaponiya eksportining 23-28 %i va GFR eksportining 24-28 %ini tashkil etgan YuNKTAD ma’lumotlariga ko‘ra, 2008-yilda 82000 ta TMK qayd etilgan bo‘lib, filiallarining soni 810 000 tani tashkil etgan. TMK jahon iqtisodiyotining rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. TMK filiallari orqali amalga oshirilgan eksportning hajmi dunyo eksportining 1/3 qismini tashkil etadi va ularda 77 mln. kishi ishlaydi. Ushbu ko‘rsatkich Germaniya iqtisodiyotida band bo‘lganlar sonidan ikki baravar ko‘pdir. Download 245.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling