+tdr 08 Investitsiya


Download 245.3 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/18
Sana31.01.2024
Hajmi245.3 Kb.
#1820303
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
5-мавзу

Kapital harakatini erkinlashtirish kodeksi. Xorijiy investorlarga kafolatlar. 
Ko‘p tomonlama investitsion bitimlar investorlar yuqori darajada himoya qilinishi va 
ishtirokchi mamlakatlar hukumatlari o‘rtasida umumiy majburiyatlar asosida 
erkinlashtirilishini ta’minlaydi. Bu investitsiyalar tushunchasi har qanday shakldagi 
rag‘batlantirish va himoya qilishga bag‘ishlangan. Shartnoma me’yorlari 
energoresurslarni izlab topish va tekshirish, qazish, qayta ishlash, ishlab chiqarish, 
saqlash, quruqlikda transportirovka qilish, uzatish, taqsimlash, savdo qilish, 
marketing yoki sotish, shuningdek, energiya obyektlarini qurish xizmatlari, qidirish 
ishlarini olib borish, maslahatlashish, energetika sohasida samaradorlikni oshirishga 
qaratilgan faoliyatini boshqarish va loyiha asosida xo‘jalik faoliyatining barcha 


103 
turlariga nisbatan tatbiq etiladi. Ishtirokchi mamlakatlar boshqa kelishuvchi 
tomondan investitsiyalar va investorlarga adolatli, teng huquqli va bir xil rejimini 
taqdim etish majburiyatini zimmasiga olgan. Rejim milliy investorlar, boshqa 
tomonlar yoki uchinchi mamlakat investorlariga taqdim etiladigan rejimdan yomon 
bo‘lmasligi lozim. Shu tariqa xorijiy investorga tanlash imkoniyati – milliy rejim 
yoki millat uchun eng qulay rejimni tanlash imkoniyati beriladi. 
Kapital oqimlarini muvofiqlashtirishda Xalqaro valuta fondining roli. Xalqaro 
valuta fondi (XVF) 1945-yilda tashkil etilgan va unga 186 ta mamlakat a’zo. 
XVFning maqsadi a’zo mamlakatlar moliya
siyosatini muvofiqlashtirish, to‘lov 
balansini tartibga solish va valuta kursining barqarorligini qo‘llab-quvvatlash uchun 
qarz berish hisoblanadi. Buning uchun fond to‘lov balansida qiyinchiliklar 
sezayotgan o‘z a’zolarini moliyalashtiradi, ularning xo‘jalik yuritish usullarini 
yaxshilashga qaratilgan texnik yordam ko‘rsatadi. 
Oxirgi o‘n yilda XVFning moliyaviy vositachi va yirik kreditor sifatidagi roli 
oshdi. Qarzlar a’zo mamlakatlar badallaridan tashkil topgan umumiy resurslar 
hisobidan hamda SDR shartli birliklaridagi maxsus hisobdan berilishi mumkin. 
Investitsion nizolarni tartibga solishning xalqaro markazi (ICSID) 1966-yilda 
tashkil etilgan bo‘lib, maqsadi xorijiy investorlar va investitsiyalarni jalb etuvchi 
mamlakatlar o‘rtasida yuzaga kelgan xalqaro investitsion nizolarni arbitraj ko‘rib 
chiqish va tartibga solish mexanizmini ta’minlab berishdan iboratdir. Bundan tashqari 
ushbu markaz xorijiy investitsiyalar to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari va xalqaro 
nizolarni arbitraj tartibga solish sohasida tadqiqot ishlarini olib boradi. Hozirgi vaqtda 
markazga 143 ta mamlakat a’zo. 
Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining O‘zbekiston bilan hamkorligi. 
Xorijiy investitsiyalarni xalqaro miqyosda tartibga solishda mintaqaviy moliya 
institutlari ham muhim rol o‘ynaydi. 
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki – YeTTB 1991-yilda tashkil topgan va 
unga 56 ta mamlakat a’zo. YeTTB Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlariga 
bozor iqtisodiyotiga o‘tish bo‘yicha islohotlarni o‘tkazishda ko‘maklashadi. 
YeTTBning asosiy faoliyat doirasi quyidagilardan iborat
o infratuzilmani rivojlantirish;
o turli 
xususiy 
va 
xususiylashtirilgan 
korxonalarning 
loyihalarini 
moliyalashtirish va kreditlash. Bunda resurslarning 60 %i xususiy sektorga, 40 %i 
davlat sektoriga mo‘ljallangan;
o xususiy kapital qo‘yilmalariga kafolatlar berish. 
Bank uchun xususiy sektor rivojlanishi, xususiylashtirish jarayoni, to‘g‘ridan 
to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish, moliya muassasalari hamda sanoat sektorini 
tashkil etish va mustahkamlash kichik biznes rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashga 
qaratilgan ustuvor loyiha va dasturlar hisoblanadi. Bank xususiy va 
xususiylashtirilgan korxonalar taklifi homiylar salohiyati yuqori bo‘lishi va biznes 
rejalarining ishonchli bo‘lishini talab qiladi. 

Download 245.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling