+tdr 08 Investitsiya
Iqtisodiyotning xalqaro integratsiyasida xorijiy investitsiyalar
Download 245.3 Kb. Pdf ko'rish
|
5-мавзу
5.6. Iqtisodiyotning xalqaro integratsiyasida xorijiy investitsiyalar harakatini tartibga solishning zarurligi va ahamiyati Jahon amaliyotida xalqaro kapitallar harakatini tartibga solishning milliy va xalqaro usullari qo‘llaniladi. 63 O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi saytiga asosan muallif tomonidan ishlab chiqilgan. 98 Xalqaro kapitallar harakati jarayonining muhim xususiyatlaridan biri mazkur jarayonga davlatning faol aralashuvidir. Bunda davlat quyidagi funksiyalarni bajaradi: – tartibga solish; – nazorat qilish; – rag‘batlantirish. Jahon amaliyotida xalqaro kapitallar harakatini davlat tomonidan tartibga solishda muayyan ziddiyatlar mavjud. Jumladan, mamlakatlar, bir tomondan, xalqaro kapital harakati yo‘lidagi mavjud cheklovlarni bartaraf etishga harakat qilsa, boshqa tomondan, xalqaro kapital harakatini cheklash choralarini ko‘radi. Jahon amaliyotining ko‘rsatishicha, mamlakatdan kapitalning chetga chiqib ketishi xorijiy kapitalning kirib kelishiga qaraganda kamroq darajada tartibga solinadi. Xalqaro kapital harakatini davlat tomonidan tartibga solishda milliy qonunlar, qarorlar va ma’muriy cheklovlar asosiy o‘rin egallaydi. Shunisi e’tiborliki, ko‘pchilik sanoat jihatdan rivojlangan mamlakatlarda (masalan, AQSh, Germaniya, Fransiya va Buyuk Britaniya) xorijiy investitsiyalarni tartibga solish bo‘yicha maxsus qonunlar yoki kodekslar qabul qilinmagan. Biroq boshqa mamlakatlarda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, ulardan foydalanishga oid maxsus milliy qonunlar qabul qilingan va amal qilmoqda. Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish vazifalarini hal qilishda milliy qonunchilikka xorijiy investorlar uchun qulay milliy rejimni shakllantirish haqidagi nizomlar kiritiladi. Milliy rejimda norezidentlar uchun xo‘jalik faoliyatini yuritish borasidagi shart-sharoitlar rezidentlar uchun yaratilgan shart-sharoitlardan yomon bo‘lmasligi kerak. Ushbu qoida muhim ahamiyatga ega. Milliy rejim – xo‘jalik yuritish faoliyatining minimal sharoitlari bo‘lib, bu minimum sharoitlar xorijiy investorlar uchun yomonlashib, pasayib ketmasligi kerak. XXI asrda integratsiya jarayonlari chuqurlashdi va kengaymoqda, faollashuvi tus olmoqda. Guruhlar tashkil topishi va faoliyat yuritishida harakatlantiruvchi kuch iqtisodiy omil hisoblanadi, biroq ayrim bitimlar siyosiy mulohazalar asosida ham tuziladi. Deyarli barcha davlatlar iqtisodiy afzalliklarni qo‘lga kiritish maqsadida integratsion bitimlarga a’zo bo‘ladi. Integratsiya mintaqa ichidagi investitsiyalar va savdoni, uzoq muddatli istiqbolda milliy ichki bozorlar sig‘imi kengayishi, raqobat rivojlanishi va resurslarni yanada samarali joylashtirishni rag‘batlantiradi, bu esa guruhga kiruvchi mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish sur’atlari oshishiga xizmat qiladi. Jahon savdo tashkiloti (JST) ma’lumotlari bo‘yicha 1948-1994-yillarda (Savdo va tariflar bo‘yicha bosh bitim – GATT amalda bo‘lgan davr), xususan, ishtirokchi mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro savdoni erkinlashtirish maqsadida tuzilgan 124 ta mintaqaviy savdo bitimlari ro‘yxatga olingan. 1995-2010-yillarda yana 158 ta shunday bitim kuchga kirdi. Shu tariqa urushdan keyingi yillarda tashkil qilingan integratsion guruhlar soni 282 taga yetdi, ulardan 198 tasi o‘z kuchini saqlab kelmoqda. JSTga a’zo bo‘lgan deyarli har bitta davlat (2012-yilda JST 158 mamlakatni birlashtirgan, oxirgi a’zosi Tojikiston Respublikasi, 2012-yil 10-dekabr ) bir yoki undan ortiq integratsion 99 guruhlar tarkibiga kiradi. YeI iqtisodiy integratsiyaning oddiy integratsion guruhdan (bojxona ittifoqi – Yevropa iqtisodiy hamjamiyati) murakkab integratsion guruhgacha (yagona valuta- iqtisodiy va siyosiy ittifoq – Yevropa Ittifoqigacha) rivojlanishiga eng yorqin misoldir. Yevropa iqtisodiy hamjamiyatini (EIH) tuzish to‘g‘risidagi Rim shartnomasi 1957-yil 25-martda oltita mamlakat – Fransiya, GFR, Italiya, Belgiya, Niderlandiya va Lyuksemburg tomonidan imzolandi va 1958-yil 1-yanvardan kuchga kirdi. O‘tgan yillar davomida ishtirokchi mamlakatlar soni 15 tagacha ortdi: 1973- yilda Buyuk Britaniya, Daniya, Irlandiya, 1981-yilda Gretsiya, 1986-yilda Ispaniya va Portugaliya, 1995-yilda Shvetsiya, Finlyandiya, Avstriya kirdi. Kapitalning erkin harakatlanishi tamoyili 1957-yildagi Rim shartnomasida qayd etilgan (67-modda) va EIH faoliyatining asosiy tamoyillaridan biri hisoblanadi. Yagona kapital bozorini shakllantirish dasturi 1986-yildan yagona ichki bozor (YaIB) dasturining bir qismi sifatida amalga oshirilmoqda. Kapitallarning erkin harakatlanishi EIH doirasida kapitallarni oqilona joylashtirish tufayli hamkorlarga iqtisodiy afzalliklar beradi. U kompaniyalarning ham ikki tomonlama, ham ko‘p tomonlama munosabatlar, shuningdek, tashqi doiralar sohasidagi erkin faoliyatini rag‘batlantiradi. Cheklovlar saqlab qolingan holda YeIning moliyaviy xizmatlarni uyg‘unlashtirishga doir choralari kamroq samara bergan bo‘lar edi. Demak, kapitallarning erkin harakatlanishi yagona moliyaviy xizmatlar bozorini shakllantirish va kapital bozorlarini erkinlashtirishning zaruriy shartidir. Download 245.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling