+tdr 08 Investitsiya
Download 245.3 Kb. Pdf ko'rish
|
5-мавзу
qo‘shma loyihalarni moliyalashtirish korporatsiyasi, to‘lov balansi barqarorligini
ta’minlash uchun AND zaxira fondi tashkil qilindi. Osiyo-Tinch okeani mintaqasida mintaqaviy investitsion kelishuvlar. Janubiy- sharqiy Osiyo hamjamiyati – ASEAN. Janubiy-sharqiy Osiyo hamjamiyati – ASEAN 1967-yil 8-avgustda tashkil etilgan bo‘lib, u Janubiy-sharqiy Osiyoning10 ta davlatini o‘z ichiga oladi. Bular Bruney, Birma, Kambodja, Indoneziya, Laos, Malayziya, Filippin, Singapur,Tailand, Vetnam davlatlaridir. Hamkorlari (10 ta): Avstraliya, Kanada, Xitoy, Hindiston, Yaponiya, Janubiy Koreya, Yangi Zelandiya, Rossiya, AQSh. ASEAN tarkibida erkin savdo hududi AFTA tashkil qilingan bo‘lib, AFTAdagi erkin savdo imkoniyatlari 2 guruhga ajratilgan: 1. Bojxona tariflari so‘zsiz qisqartirilishi lozim bo‘lgan tovarlarga (o‘zaro kelishilgan tovarlarga). 2. Bojxona tariflari qisqartirilishi lozim bo‘lgan tovarlar guruhi, lekin ularning kuchga kirishi ma’lum bir vaqt oralig‘iga kechiktirilishi mumkin bo‘lganlari (bir yil, chorak). Muhokama predmeti hisoblangan tariflar: ASEAN davlatlarining ayrimlari uchun ushbu guruh tovarlarining tashqi raqobatga ta’sirchanligi sababli ularni erkinlashtirish birmuncha muddatga kechiktirilgan (masalan, avtomobilsozlik sohasi). Erkinlashtirishga zarurat bo‘lmagan bojxona tariflari (qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga) ASEAN hamjamiyatining 2020-yilgacha o‘z oldiga qo‘ygan vazifalari: 1. Makroiqtisodiy va moliyaviy hamkorlikni kuchaytirish. 2. Savdo-sotiq va iqtisodiy hamkorlikni yanada chuqurlashtirish. 3. Ilm-fan va texnikaviy rivojlanishni ta’minlash, axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va umummintaqaviy axborot kompyuter tarmog‘ini yaratish. 4. Ijtimoiy sohada rivojlanishga erishish, ayniqsa, moliyaviy-iqtisodiy inqirozlar salbiy ta’sirini yengib o‘tish bo‘yicha. 5. Ishchi kuchi resurslari sifatini oshirish va ularning erkin harakatini ta’minlash. 6. Mintaqaviy tinchlik, haqqoniy rivojlanish va modernizatsiyani ta’minlashda ASEAN rolini oshirish. 7. ASEANning tuzilish mexanizmlarini takomillashtirish. Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorlik hamjamiyati (OTIH). OTIH 1989-yil 7-noyabrda Avstraliya bosh vaziri B. Xoukning tashabbusi bilan tashkil qilingan 102 bo‘lib, Osiyo-Tinch okeani havzasiga kiradigan 21 ta davlatni o‘z ichiga oladi. Afrika mintaqasidagi investitsion kelishuvlar va ularning o‘ziga xos xususiyatlari. G‘arbiy Afrika davlatlari iqtisodiy hamjamiyati – EKOVAS. EKOVAS 1975-yil 28-mayda tashkil qilingan bo‘lib, tarkibiga 15 ta Afrika davlatlari kiradi. Bular Benin, Burkina Faso, Kabo Verde, Kot-divuar, Gambiya, Gana, Gvineya, Gvineya-Bisau, Liberiya, Mali, Niger, Nigeriya, Senegal, Serra-Leone, Togo davlatlaridir. EKOVAS doirasida Hamkorlik, qoplash va rivojlanish fondi tashkil qilingan (FKKD, Togodagi Lomo shahrida joylashgan). Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti: investitsiyalarni tartibga solishning asosiy qoidalari. Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti rivojlangan mamlakatlarni birlashtiradi va boy mamlakatlar klubi hisoblanadi. O‘n yil davomida 24 ta davlat a’zo bo‘ldi. 1995-yildan keyin iqtisodiy rivojlanish va hamkorlik tashkiloti a’zolari soni 30/7 ga yetdi, bu jarayon mazkur tashkilotga bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar – Meksika, Vengriya, Polsha, Chexiya, Koreya Respublikasi, Slovakiya a’zo bo‘lishi hisobidan sodir bo‘ldi. IHRT(iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish tizimi)ning investitsion sohadagi hujjatlari. IHRT faoliyati asosiy yo‘nalishidan biri ishtirokchi mamlakatlar o‘rtasida investitsiyalarni erkinlashtirishga ko‘maklashish hisoblanadi. IHRTning investitsion rivojlanish bo‘yicha asosiy hujjatlariga quyidagilar kiradi: – kapitallarini erkinlashtirish kodeksi; – joriy operatsiyalarni erkinlashtirish kodeksi; – xorijiy investitsiyalar va ko‘p millatli korporatsiyalar to‘g‘risidagi deklaratsiya va ko‘p millatli korporatsiyalar uchun rahbarlik tomonlari; – milliy rejim vositasi; – amaldorlar o‘rtasida korrupsiyani taqiqlash bo‘yicha konvensiya; – xususiy mulkchilikni joriy qilish bo‘yicha konvensiya loyihasi. Bunda tashkilotning investitsiyalarni tartibga solish va xalqaro valuta fondi yondashuvining evolyutsiyasi aks ettiriladi, uzoq muddatli kapitallarni erkinlashtirishga erishiladi. Kapitallar harakati va joriy ko‘rinmas operatsiyalarni erkinlashtirish kodekslari 1961-yilda qabul qilingan. Keyin ularning ta’sir doiralari kengaytirildi. 1986-yilda (kompaniya tashkil qilish to‘g‘risida) va 1992-yilda (xalqaro moliya xizmatlari to‘g‘risida) kodekslarga qo‘shimchalar kiritildi. Sug‘urta va professional xizmatlarni erkinlashtirish ishlari olib borilmoqda. Download 245.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling