+tdr 08 Investitsiya


Mikromiqyosdagi integratsion


Download 245.3 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/18
Sana31.01.2024
Hajmi245.3 Kb.
#1820303
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
5-мавзу

Mikromiqyosdagi integratsion jarayonlar bir-biriga hududiy jihatdan yaqin 
joylashgan mamlakatlarning xo‘jalik yurituvchi subyektlari kapitallarining o‘zaro 
ta’sir doirasi orqali amalga oshiriladi. Ya’ni ushbu davlatlar o‘rtasida integratsion 
jarayonlar iqtisodiy bitimlar tizimining shakllanishi, kichik shaxobchalar, shu’ba 
korxonalar tashkil etilishi orqali yuz beradi. Tashkil topgan korxona va firmalar 
o‘rtasidagi o‘zaro iqtisodiy aloqalarning tez rivojlanishi tovar almashuvi, xizmat 
sohalari, kapital va ishchi kuchining mamlakatlararo erkin harakatini ta’minlashga 


84 
olib keladi, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnologik, tashqi iqtisodiy va 
mudofaa, moliyaviy va valuta sohasida yagona siyosatni o‘tkazish zarurati tug‘iladi. 
Yagona valuta va moliyaviy fondlar, infratuzilmalar va umumiy davlatlararo 
boshqaruv organlariga ega iqtisodiy majmualar yaratiladi. 
Makromiqyosdagi integratsion jarayonlar – davlatlararo darajada integratsiya 
davlatlar iqtisodiy birlashmalarining shakllanishi hamda iqtisodiy siyosatlarning 
kelishuvi asosida amalga oshadi. 
Jahon xo‘jaligi rivojlanishining zamonaviy bosqichida sayyoramizning barcha 
qit’alarida integratsion jarayonlarning turli shakllarini ko‘rishimiz mumkin. Xo‘jalik 
hayotda integratsiyalashuv jarayonlari kundan kunga chuqurlashib bormoqda. 
Integratsiyalashuv jarayonlari jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar 
tizimida xalqaro savdo sohasidan tortib ilmiy-axborot, tovar ayirboshlashgacha 
bo‘lgan turli ko‘rinishlarning bir-biriga qo‘shilib borishini nazarda tutadi. 
Jahon iqtisodiyotida xo‘jalik hayotining barqaror rivojlanishi takror ishlab 
chiqarishning milliy xo‘jaliklar doirasidan chetga chiqish jarayonini aks yettiradi (eng 
avvalo, xalqaro mehnat taqsimoti asosida). Jahon xo‘jaligi baynalmilallashuvining 
o‘sishi va rivojlanishida TMKlarning ta’sir doirasi kattadir. YuNKTAD
ma’lumotiga 
ko‘ra, hozirgi kunda jahonda 40 mingdan ortiq TMKlar va ularning 270 mingdan 
ortiq shaxobchalari va shu’ba korxonalari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Jahondagi 500 
dan ortiq eng yirik korporatsiyalarning 1/3 qismi esa AQShga tegishlidir. 
Jahon xo‘jaligida xalqaro iqtisodiy integratsiyaning rivojlanish jarayonlari 
ikkinchi omili xalqaro mehnat taqsimoti tuzilmasidagi chuqur o‘zgarishlardir (bu, 
asosan, ITI (ilmiy-texnik inqilobi) ta’sirida yuz beradi). Xalqaro mehnat taqsimoti 
atamasi, bir tomondan, mamlakatlarning ma’lum bir mahsulotlar ishlab chiqarishiga 
ixtisoslashuvini bildirsa, ikkinchi tomondan, ishlab chiqarish majburiyatlarining 
firma ichida va firmalararo taqsimlanishida o‘z ifodasini topadi. 
Umumjahon ahamiyatga ega ilmiy-texnik inqilob (ITI)ning hozirgi bosqichi 
baynalmilallashuvi ham bozor, ham ishlab chiqarish sohasini sifat jihatidan yangi 
bosqichga olib chiqishda muhim rol o‘ynamoqda. ITI tashqi iqtisodiy aloqalarning 
ijtimoiy takror ishlab chiqarishdagi rolining oshishini ta’minlovchi muhim omildir. 
Xullas, ITI u yoki bu mamlakatda alohida ajralgan holda to‘laqonli rivojlanib bora 
olmaydi. 

Download 245.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling