+tdr 08 Investitsiya
Download 245.3 Kb. Pdf ko'rish
|
5-мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Bojxonalar ittifoqi
- 3. Umumiy bozor
1. Erkin savdo hududi. Uning doirasida qatnashuvchi mamlakatlar o‘zaro
savdo to‘siqlarini bekor qiladi, lekin ularning har ikkalasi uchinchi mamlakatga nisbatan savdo to‘siqlarini buzmaydi. Bunday hududda qatnashuvchi mamlakatlar chegaralaridagi bojxona nazorati saqlab qolinishi kerak. Uning maqsadi qo‘shni qatnashchi mamlakatlarning sustroq bojxona to‘sig‘i orqali uchinchi mamlakatdan hududga kirib keluvchi import mollar uchun soliq undirish yoki uni taqiqlashdan iborat (bu qoida uchinchi mamlakatga mol eksport qilishga ham taalluqlidir). Bunga 1960-yillarda tashkil topgan Yevropa erkin savdo uyushmasi (YeESU) misol bo‘la oladi. Unga 6 mamlakat birlashgan bo‘lib, uning asosiy vazifasi davlatlararo erkin savdoni yuritishdan iboratdir. YeESU integratsiyaning quyi shakli hisoblanadi, 88 chunki u muntazam kooperatsion aloqalarni bildirmaydi. MDH mamlakatlari o‘rtasidagi bitim erkin savdo zonasiga ikkinchi bir misoldir. O‘zbekiston erkin savdo o‘rtasida Ozarbayjon, Armaniston, Belorussiya, Qozog‘iston, Moldaviya, Rossiya va Ukraina bilan shartnomalar tuzgan. Bu shartnomalarga binoan tomonlar mazkur mamlakatlardan chiqariladigan va ularning hududiga olib kiriladigan tovarlardan bojxona to‘lovi olmaslik majburiyatini qabul qilgan. Shu asosida O‘zbekiston shartnoma tuzgan davlatlardan chiqariladigan va respublika hududiga olib kiriladigan tovarlardan boj olmaydi. 2. Bojxonalar ittifoqi. Bunda qatnashchi mamlakatlar o‘zaro savdoda barcha cheklanishlarni bartaraf etibgina qolmay, tashqi savdo to‘siqlarining yagona tizimini ta’sis etadi. Bu bilan ichki chegaralarda bojxona xizmatini saqlash zaruratini soqit qiladi. Yevropa ittifoqi (YeI) bojxona ittifoqiga misoldir. Yevropa ittifoqiga 1958- yilda asos solingan bo‘lib, 1993-yilga kelib u G‘arbiy Yevropadagi 12 mamlakatni birlashtirdi. Bu uyushmaninig asosiy vazifasi ishtirokchi mamlakatlar doirasida resurslar, tovarlar va xizmatlar harakatini milliy chegaradan xoli ravishda erkin ko‘chib yurishini ta’minlash, umumiy bozorni vujudga keltirish, bozor vositasida tovarlarni davlatlararo taqsimlab, aholi talab-ehtiyojini qondirishdir. YeI tarzida G‘arbiy Yevropa bojxona ittifoqining tuzilishi savdo integratsiyasi natijalarini amaliy baholash imkonini tug‘diradi. Dunyodagi eng atoqli iqtisodchilarning fikricha, YeI doirasidagi bojxona ittifoqi natijasida savdoning o‘sishi ko‘proq bo‘ladi. 3. Umumiy bozor. Uning doirasidagi qatnashchilar savdodan tashqari ishlab chiqarish omillarining barchasini bemalol ko‘chirish (ishchi kuchi va sarmoya migratsiyasi) erkinligiga ham ega bo‘ldilar. Bunga yana o‘sha Yevropa iqtisodiy ittifoqi yoki Yevropa umumiy bozori misol bo‘la oladi. Uning hozirgi rasmiy nomi Yevropa Ittifoqidir. Download 245.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling