+tdr 08 Investitsiya
Download 245.3 Kb. Pdf ko'rish
|
5-мавзу
4. To‘la iqtisodiy ittifoq. Bunda qatnashchi mamlakatlar o‘z iqtisodiy
siyosatlari, shu jumladan, pul, soliq va ijtimoiy siyosat, shuningdek, savdo hamda ishchi kuchi va sarmoya oqimiga taalluqli siyosatni birxillashtiradi. Dunyoda davlatlarning o‘nlab iqtisodiy birlashmalari mavjud. ASEAN (Janubiy-sharqiy Osiyo) mamlakatlari o‘rtasida kooperatsiya aloqalari faol rivojlanmoqda. MDH mamlakatlari doirasidagi iqtisodiy hamkorlik, ayniqsa, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston o‘rtasida tuzilgan Markaziy Osiyo umumiy bozorini tashkil etish haqidagi bitimni ham yodga olish kerak. Jahonda rivojlanayotgan yosh mamlakatlarga xos, lekin barqaror bo‘lmagan boshqa integratsiya uyushmalari ham bor. Ularning ishtirokchilari o‘tmishdagi mustamlakalar bo‘lib, iqtisodiyoti bir yoqlama, ya’ni xomashyo yetkazishga asoslangan, shu sababli bir-birini to‘ldirib, yagona kompleksni tashkil eta olmaydi. Integratsion aloqalarning paydo bo‘lishi jahon xo‘jaligiga xos voqelik, ammo ular umumiy tus olish uchun hamma mamlakatlarda sharoit muhayyo bo‘lishi kerak. 5.4. Iqtisodiyotning xalqaro integratsiyasida xorijiy investitsiyalarning tutgan o‘rni va ulardan samarali foydalanish yo‘nalishlari Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasi ham siyosiy, ham iqtisodiy sohada ko‘pgina yutuqlarga erishdi. Ularning eng muhimlaridan biri 89 respublikamizning jahon hamjamiyatida faol ishtirok etib, milliy manfaatlarga mos keladigan ko‘p tomonlama siyosat yuritishi va shu asosda jahon xo‘jaligida tutgan o‘z o‘rnini mustahkamlab borishidir. Endilikda O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosat maydonida borgan sari munosib o‘rinni egallab bormoqda. Qo‘yilgan ko‘pgina amaliy qadamlar O‘zbekistonning xalqaro hamjamiyatda uzoq muddatli, istiqbolli yaratuvchilik faoliyatini olib borishga mo‘ljallangandir. Boshqa davlatlar bilan bo‘ladigan iqtisodiy integratsiya davlatning har xil ehtiyojlarini qondirish va samaradorligini oshirishning muhim omili hisoblanadi va fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish, millatlararo yaqinlashuvi, aholining turmush darajasini oshirishga yordam beradi. Xo‘jalik aloqalarini baynalmilallashtirish jarayonlarining kuchayib borishi, iqtisodiyotni rivojlantirish hamda mustahkamlashda tashqi iqtisodiy omil muhim rol o‘ynamoqda. Tashqi iqtisodiy aloqalarning rivojlanish xususiyatlari va ularning ishlab chiqarishdagi samaradorligi milliy iqtisodiy barqarorlikni va uning rivojlanish harakatini aniqlaydi. Shunga ko‘ra, jahon mamlakatlari zamonaviy xalqaro iqtisodiy aloqalarni kengaytirish va chuqurlashtirishga katta e’tibor bermoqda. Ayniqsa, bu mustaqil rivojlanish yo‘liga o‘tgan respublikamiz uchun muhim ahamiyat kasb etmoqda. Sobiq Ittifoq tarkibida bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasi xorijiy mamlakatlar bilan mustaqil ravishda aloqa qilish imkoniyatidan mahrum edi. Bundan tashqari xo‘jalik yuritishning yopiq, sotsialistik boshqaruv tizimi sharoitida kapital migratsiyasi, ishchi kuchi migratsiyasi, valuta-kredit munosobatlari kabi xalqaro ayriboshlash turlari deyarli rivojlanmagan edi. Shuning uchun ham o‘tkazilayotgan iqtisodiy islohotlarning barchasi O‘zbekistonning jahon xo‘jaligi tizimiga teng huquqli bo‘lib kirishi va barcha mamlakatlar bilan teng huquqli hamkorligini ta’minlashga qaratilgan. Iqtisodiy integratsiya bir tomondan yangi texnologiyalar, xorijiy sarmoyalardan foydalanish orqali milliy iqtisodiyotni tezda o‘stirishga ko‘maklashsa, boshqa tomondan O‘zbekistonning boy resurslari va ishlab chiqarish imkoniyatlarining jahon xo‘jaligiga qo‘shilishi, uning umumjahon iqtisodiy imkoniyatlarini kuchaytiradi. Integratsiya O‘zbekiston Respublikasining jahon xo‘jaligi tizimiga kirib borishini tezlashtiradi. Shuning uchun ham O‘zbekiston iqtisodiyotida xalqaro iqtisodiy integratsion jarayonlarning borishi muhim o‘rin tutmoqda. Ayni paytda jahonda integratsion tashkilotlarga Yevropa Hamjamiyati (YeH), Yevropa erkin savdo assotsiatsiyasi (YeFTA – YeESA), Shimoliy Amerika erkin savdo assotsiatsiyasi (AQSh, Kanada va Meksika), Lotin Amerikasining yetakchi uch guruhlari – And guruhi (Andean group), Markaziy Amerika umumiy bozori (Central Amerikan Common Market), Karib bo‘g‘ozi davlatlarining hamjamiyati va bozori (Caribean community and common market), bojxona ittifoqi, Janubiy-sharqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasi (ASEAN), Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT), Osiyo- Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi (OTIH), MDH va shu kabilarni keltirishimiz mumkin. Xususan: Integratsion tashkilotlar: 1. Lotin Amerika zonasi (erkin savdo LAFTA, 1960-yil), 11 ta mamlakat a’zo. 90 2. Karib jamiyati (Carikom, 1967), 13 ta mamlakat a’zo. 3. And guruhi (Andian Group, 1969), 5 ta mamlakat a’zo. 4. Janub konus mamlakatlar umumiy bozori (Mercosur, 1991), 4 ta mamlakat a’zo. Osiyodagi integratsion birlashmalar: 1. Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (ECO, 1964), 10 ta mamlakat a’zo. 2. Janub-sharqiy Osiyo mamlakatlari assotsiatsiyasi (Asean, 1967), 6 ta mamlakat a’zo. 3. BIMST iqtisodiy hamkorlik jamiyati (BIMST-EC, 1998), 5 ta mamlakat a’zo. Afrika integratsion birlashmalari: 1. Sharqiy (vostoka) Afrika jamiyati (EAC, 1967 yoki 1993), 3 ta mamlakat a’zo. 2. G‘arbiy (zapad) Afrika mamlakatlar iqtisodiy hamkorligi jamiyati (ECOWAS, 1975), 15 ta mamlakat a’zo. 3. Sharqiy va Janubiy Afrika umumiy bozori (COMESA, 1982), 19 ta mamlakat a’zo. 4. Arab mamlakatlari uyushmasi (UMA, 1989), 5 ta mamlakat a’zo. Xullas, O‘zbekiston nafaqat Markaziy Osiyo Hamjamiyati (MOH), MDH, Iqtisodiy hamkorlik tashkilotlari (IHT) va boshqa xalqaro uyushma va ittifoqlar bilan keng miqyosidagi integratsion aloqalarini kuchaytirishi, balki istiqbolda jahondagi boshqa bir qator integratsion uyushmalar bilan ham mustahkam munosabatlar o‘rnatishi lozim. Ayni paytda mamlakatimizdagi tarkibiy o‘zgarishlar, iqtisodiyotning soha va tarmoqlarini diversifikatsiya va modernizatsiya qilishni izchil davom yettirish, ishlab chiqarishni texnik va texnologik yangilash, shuningdek, transport, muhandislik, kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirishga qaratilgan faol investitsiya siyosati olib borilmoqda. Asosiy kapitalga kiritilayotgan investitsiyalarning yalpi ichki mahsulotga nisbatan ulushi 24 foizdan kam bo‘lmaganligi (Rossiya Federatsiyasida bu ko‘rsatkich 2018-yilda 27,3 %) tarkibiy o‘zgartirishlarni jadal amalga oshirish va iqtisodiyotni modernizatsiya qilishni ta’minlash yetarlicha emasligini ko‘rsatmoqda. Investitsiya loyihalarini moliyalashtirishning asosiy hajmi ichki resurslarni safarbar qilish hisobidan amalga oshirildi. Bu mablag‘lar, avvalo, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashni amalga oshirayotgan korxonalarning o‘z mablag‘larini ko‘paytirishi, soliq yukini yanada kamaytirish, tijorat banklarining resurs bazasini mustahkamlash va aholining tadbirkorlik faoliyatidan oladigan daromadlarini oshirish hisobidan hosil bo‘ladi. Strategik muhim, birinchi navbatda, infratuzilmani shakllantirish, ishlab chiqarishni rekonstruksiya qilish va modernizatsiyalashga qaratilgan loyihalarni amalga oshirishga ichki resurslarni jalb etishda O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi alohida o‘rin egalladi. Mazkur jamg‘armaning eng muhim vazifalaridan biri strategik investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirish 91 maqsadida yirik xorijiy investor va sheriklarni jalb etishdir. Masalan, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi va Osiyo Taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirilayotgan, umumiy qiymati 1,28 milliard AQSh dollariga teng bo‘lgan Tolimarjon issiqlik elektr stansiyasida ikkita bug‘-gaz moslamasini qurish loyihasi shular jumlasidandir. Aynan ana shu hamkorlikning moliyaviy ko‘magida kelgusi yillar davomida O‘zbek milliy avtomagistrali uchastkalarini qurish, ichimlik suvi bilan ta’minlash tizimlarini barpo etish va rekonstruksiya qilish, qishloq xo‘jaligi yerlarining meliorativ holatini yaxshilash, polivinilxlorid va kaustik soda ishlab chiqarish bo‘yicha yangi majmua barpo etish, qishloq xo‘jaligi texnikasi va avtomobil shinalarini ishlab chiqarishni tashkil etish kabi ko‘plab loyihalar amalga oshiriladi. Download 245.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling