+tdr 08 Investitsiya
Milliy iqtisodiyot xalqaro integratsiyalashuvining
Download 245.3 Kb. Pdf ko'rish
|
5-мавзу
5.2. Milliy iqtisodiyot xalqaro integratsiyalashuvining asosiy yo‘nalishlari va hozirgi talablari Xalqaro iqtisodiy integratsiya o‘z mazmuni va mohiyati bilan, birinchidan, jahon mamlakatlarida ro‘y berayotgan chuqur xo‘jalik va ijtimoiy-siyosiy birlashuv sohasidagi jarayonlarning borishini, ikkinchidan, mustahkam iqtisodiy o‘zaro aloqadorlikni, uchinchidan, milliy xo‘jalikdagi mehnat taqsimotini, to‘rtinchidan, turli daraja va shaklda ro‘y berayotgan ishlab chiqarishdagi o‘zaro iqtisodiy hamkorliklarni anglatadi. Xalqaro iqtisodiy integratsion jarayonlar, asosan, bir-biriga yaqin bo‘lgan hududlardagi davlatlarning o‘zaro iqtisodiy shartnomalarida, ularning xorijiy mamlakatlardagi bo‘limlarining tashkil topishida, xo‘jalik subyektlari (firmalar, korxonalar) o‘rtasidagi kapitalning o‘zaro aloqadorligida namoyon bo‘ladi. 85 Davlatlararo iqtisodiy integratsion jarayonlar mamlakatlarning o‘zaro iqtisodiy birlashuvi va milliy davlatlar siyosatining shartnomalari asosida amalga oshiriladi. Hozirgi kunda subyektlar o‘rtasidagi integratsion jarayonlarning borishi va rivojlanishi, asosan, davlatlararo ahamiyatga ega bo‘lgan tovarlarning erkin harakati va xizmat ko‘rsatish sohalari, mamlakatlar o‘rtasidagi kapital harakati va ishchi kuchi migratsiyasi, davlatlararo iqtisodiy hamkorlikdagi o‘zaro kelishuvlar, ilmiy- texnikaviy va texnologik sohalar, moliya-kredit sohalari, tashqi iqtisodiy va ijtimoiy, madaniy, shuningdek, mudofaa siyosati va boshqa ko‘plab sohalarda namoyon bo‘lmoqda. Xalqaro iqtisodiy integratsion jarayonlar natijasida bir butun valuta birligi (so‘m, rubl, yevro, dollar va h.k. lar), moliyaviy budjet, davlatlararo yoki millatlararo boshqaruvga asoslangan mintaqaviy xo‘jalik tarmoqlari tashkil topishi mumkin (YeI tashkiloti, NAFTA, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi davlatlari kabi). Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning eng oddiy ko‘rinishlaridan biri savdo sohalarida erkin iqtisodiy zonalarning tashkil topishi bo‘lsa, iqtisodiy integratsiyaning murakkab ko‘rinishlaridan biri esa tashqi savdo tariflari asosida muhim rol o‘ynayotgan bojxona ittifoqlarining vujudga kelishidir. Xalqaro iqtisodiy integratsion jarayonlar jahon mamlakatlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikni ta’minlashda bir qator qulayliklarni vujudga keltirib, ular, birinchidan, xo‘jalik subyektlarini (tovar ishlab chiqaruvchilarni) ko‘plab resurslar bilan (mehnat va yangi texnik-texnologik materiallar) ta’minlash bilan bir vaqtda jahon bozorlariga mos raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish imkonini beradi. Ikkinchidan, xalqaro iqtisodiy integratsion jarayonlarda qatnashuvchi barcha davlatlarni iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va madaniy jihatidan bir-biriga yaqinlashtiradi. A’zo davlatlarni dunyo mamlakatlari tomonidan ro‘y berishi mumkin bo‘lgan turli to‘siq va raqobatdan himoya qiladi. Uchinchidan, xalqaro iqtisodiy integratsion jarayonlarda ishtirok etuvchi davlatlar o‘rtasidagi iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va madaniy muammolarni hal etish imkoniyatini beradi. Shunday qilib, xalqaro iqtisodiy integratsion jarayonlarning borishi iqtisodiy rivojlanish va yuksalishdan orqada qolayotgan mintaqalar, tumanlarning rivojlanishi, xalqaro mehnat bozoridagi ahvolning yaxshilanishi, iqtisodiy kam ta’minlangan aholining iqtisodiy ta’minoti yaxshilanishiga imkon tug‘diradi. O‘zbekiston Respublikasi 1991-yilning 31-avgustida suveren, ya’ni mustaqil davlat ekanligini e’lon qildi. Shu kundan boshlab respublikaning iqtisodiy, ijtimoiy- siyosiy va madaniy hayotida rivojlanishning yangi davri boshlandi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyo mintaqasining markaziy qismida joylashgan bo‘lib, respublikada O‘rta Osiyo aholisining 45 %i yashaydi. O‘zbekiston qo‘shni Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Afg‘oniston bilan chegaralanib, Yevropa va Osiyoning bir qator mamlakatlari bilan transport va telekommunikatsiya aloqalari orqali bog‘lanib turuvchi muhim strategik koridor hisoblanadi. Keyingi yillarda jahon iqtisodiyotida kuzatilayotgan o‘zgarishlar va turli salbiy tendensiyalarga qaramasdan, O‘zbekistonda olib borilayotgan samarali iqtisodiy 86 hamda investitsion siyosatning ustuvor yo‘nalishlari xalqimiz manfaatlari va turmush darajasini yaxshilashga qaratilganligi bilan xarakterlanmoqda. Download 245.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling