+tdr 08 Investitsiya
Milliy iqtisodiyotning integratsiyalashuvi bo‘yicha
Download 245.3 Kb. Pdf ko'rish
|
5-мавзу
5.3. Milliy iqtisodiyotning integratsiyalashuvi bo‘yicha xorij tajribalari Markaziy Osiyo mintaqasi doirasida umummintaqaviy tartibga solish obyekti bo‘lishi zarur bo‘lgan davlatlararo integratsiya dasturlarini barpo etish va amalga oshirishning alohida muhim roli va ustuvor ahamiyatini ajratib ko‘rsatish mumkin. Shu o‘rinda tashqi iqtisodiy va investitsion faoliyat yuritishda diversifikatsion tamoyillarga ham e’tibor qaratish, mamlakatimizning istiqbolida kutilmagan xavflarni bartaraf etish, shuningdek, bunday xavflar paydo bo‘lgan taqdirda ulardan keladigan salbiy ta’sirlarni maksimal darajada kamaytirish imkonini beradi. Diversifikatsiya muayyan to‘plam tarkibining turli-tumanligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlardir. Diversifikatsiya darajasi turli-tumanlilik darajasi bilan belgilanadi. Diversifikatsiyalashdan muhim investitsiya konsepsiyasi tariqasida foydalaniladi. U investitsiya portfeli daromadliligini pasaytirmagan holda uning riskini pasaytiradi. Diversifikatsiyalashdan olinadigan eng yuqori samara bir turdagi aktiv qiymatining pasayishi boshqa turdagi aktiv qiymatining o‘sishi hisobiga qoplanishini ta’minlaydigan tarzda investitsiya portfeliga turli sinflar, tarmoqlar, mintaqalar aktivlarini qo‘shish orqali erishiladi. Biroq ayni paytda AQSh va Yevropa davlatlarining – Rossiya Federatsiyasi hamda Xitoy, Hindiston bilan AQSh kabi ayrim davlatlar o‘rtasidagi nisbatan turli savdo urushlari va boshqa iqtisodiy sanksiyalari mazkur diversifikatsiyalash tamoyillariga qa’tiy amal qilish va ularni takomillashtirishni talab etmoqda. Shuning uchun diversifikatsion tamoyil, ya’ni tashqi iqtisodiy aloqalarni o‘rnatishda quyidagi diversifikatsion tamoyillarga e’tibor qaratish ijobiy samara berishi mumkin: – tashqi iqtisodiy aloqalarni imkon boricha ko‘proq va mintaqaviy jihatdan turli xil mamlakatlar bilan o‘rnatish lozim; – eksport tarkibini turli mahsulotlar tashkil etishi lozim; – bir xil turdagi mahsulot yoki xizmatni bir vaqtning o‘zida jahonning turli qit’alarida joylashgan davlatlarga eksport qilish lozim; – iqtisodiyot uchun zarur import mahsulotlari ham eksport siyosatida amal qiladigan tamoyil sifatida amalga oshirilishi lozim; – jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuv jarayonini tashkil etishda turli mamlakatlar tajribasini o‘zimizning sharoitga moslashtirgan holatda amalga oshirish lozim. Yana ikkita istiqbolli yo‘nalishni ajratib ko‘rsatish mumkin. Bular neft-gaz mashinasozligi va neft kimyosidir. Ularning rivojlanishi respublikamizda neft va gaz qazib olish hajmlari o‘sishi istiqboli bilan izohlanadi, bu, o‘z navbatida, neft-gaz mashinasozligi mahsulotlari loyihalarini ta’minlash masalasini o‘rtaga qo‘yadi. Mintaqada integratsiya jarayonlarining real shart-sharoitlari va samaradorligini ta’minlash yuzasidan kechiktirib bo‘lmaydigan majburiy makroiqtisodiy chora- tadbirlar ko‘rish fursati keldi, ularga quyidagilar tegishlidir: 87 – iqtisodiy islohotlarni muvofiqlashtirish; – milliy xo‘jalik qonunchiliklarini yaqinlashtirish; – tuzilmaviy, pul-kredit, valuta, narx, soliq va ijtimoiy siyosatning umumiy strategiyasini kelishish. Umuman olganda, Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlari integratsiyasi mintaqadagi kompleks ustuvor muammolarni hal etib, ushbu mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi kuchayishining muhim omiliga aylanadi. Xorijiy mamlakatlar iqtisodiy integratsiyasining xalqaro tajribasi Markaziy Osiyo hamdo‘stligi doirasidagi integratsiya jarayonlarida foydalanish mumkin bo‘lgan bir qancha xulosalarga kelish imkonini beradi. Bu esa O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvida juda muhimdir. Birinchidan, iqtisodiy vazifa sifatida mintaqaviy iqtisodiy integratsiyani amalga oshirish uchun o‘tkazilayotgan demokratik va iqtisodiy islohotlarning umumiy maqsadlari bilan birlashgan qatnashchi davlatlar rahbarlarining yagona siyosiy idorasi zarur. Ikkinchidan, xususiy biznes va xorijiy investorlarga ishonch sharti sifatida barqaror makroiqtisodiy va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat integratsiya ittifoqi a’zosi bo‘lgan mamlakatlar iqtisodiyoti integratsiyasi muvaffaqiyatli qadam tashlashining muhim sharti hisoblanadi. O‘tish iqtisodiyotiga asoslangan mamlakatlar uchun ularga xos bo‘lgan oldingi ijtimoiy tuzilmalarni o‘zgartirish qiyinchiliklari bilan bog‘liq erkin savdo zonasini, keyinchalik esa yagona iqtisodiy makonini barpo etish birinchi navbatdagi vazifa hisoblanadi. U boshqa islohotlar (tarkibiy qayta o‘zgartirishlar, xususiylashtirish, davlatning iqtisodiyotga aralashuvini bekor qilish, narxlarni erkinlashtirish va shu kabilar) bilan uzviy uyg‘un bo‘lishi kerak. Uchinchidan, mintaqaviy integratsiya erkin savdo zonasini, so‘ngra bojxona, to‘lov va valuta ittifoqini tashkil etishga doir kompleks chora-tadbirlar sifatida asta- sekin, izchil amalga oshiriladigan jarayon ekanligini esda tutish zarur, bunda har bir bosqichda qatnashchilardan har birining manfaatlari va xulosalari kelishilishi kerak. To‘rtinchidan, rivojlangan infratuzilmasi (transport, aloqa, gaz, neft quvurlari, oziq-ovqat tashish va shu kabi kommunikatsiyalar) mavjudligi mintaqaviy integratsiyaning hal qiluvchi sharti hisoblanadi, ulardan integratsiya hamdo‘stligi barcha a’zolarining manfaatlari yo‘lida samarali foydalanish zarur. Iqtisodiy integratsiyaning asosiy shakllari quyidagilardan iborat: Download 245.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling