+tdr 08 Investitsiya


Download 245.3 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/18
Sana31.01.2024
Hajmi245.3 Kb.
#1820303
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Bog'liq
5-мавзу

Kutilayotgan 
muddat 
Davriylik 
“Stend-bay” krediti 
Asosiy stavka + marja 
3,25-5 
2,25-4 
Har chorakda 
Kengaytirilgan kreditlash 
Asosiy stavka + marja 
4,5-0 
4,5-7 
Har yarim yilda 
Qoplovchi moliyalash 
Asosiy stavka 
3,25-5 
2,25-4 
Har chorakda 
Favqulodda yordam 
Asosiy stavka 
3,25-5 


Qo‘shimcha zaxiralarni 
qoplash 
Asosiy stavka + marja 
2,5-3 
2-2,5 
Har yarim yilda 
Kambag‘allikka qarshi va
iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-
quvvatlash 
Yillik 0,5 % 
5,5-10 


“Stend-bay” kreditlari. XVF kreditlash siyosatining asosini tashkil etadi. 
“Stend-bay” krediti to‘g‘risidagi shartnomaga asosan a’zo mamlakatlar to‘lov 
balansida qisqa muddatli muammolarni bartaraf etish uchun, odatda, 12-18 oyga 
belgilangan miqdorda kredit olish huquqiga ega. 
Kengaytirilgan kreditlash mexanizmi. XVF kengaytirilgan kreditlash 
mexanizmi bo‘yicha a’zo mamlakatlar belgilangan miqdorda kredit olish huquqiga 
ega bo‘lib, odatda, uch-to‘rt yilga taqdim etiladi. Ushbu mexanizm asosida ajratilgan 
mablag‘lar a’zo mamlakatlarda to‘lov balansi holatiga sezilarli salbiy ta’sir 
ko‘rsatuvchi tuzilmaviy xususiyatga ega muammolarni bartaraf etishga yo‘naltiriladi. 
Kambag‘allikka qarshi va iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlash mexanizmi: 
x qo‘shimcha zaxiralarni moliyalash mexanizmi; 
x qoplovchi moliyalash 1963-yilda joriy etilgan bo‘lib, jahon bozorlarida tovar-
xomashyo narxining o‘zgarishi natijasida eksport tushumi kamomadi hosil bo‘lgan 
yoki oziq-ovqat importi qiymatining o‘sishiga duch kelgan mamlakatlarga taqdim 
etiladi. 
Favqulodda yordam. Ushbu tartib favquloddagi holatlar tufayli to‘lov 
balansida yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etishda a’zo mamlakatlarni qo‘llab-
quvvatlash maqsadida 1962-yilda joriy etilgan. 1995-yilda a’zo mamlakatlarda harbiy 
mojarolar tufayli ularning institutsional va ma’muriy salohiyatiga putur yetkazilgani 
sababli mazkur tartibni qo‘llash miqyosi yanada kengaytirilmoqda. 
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB) Umumjahon banki guruhining 
asosiy tashkiloti bo‘lib, o‘rta va kam daromadli, to‘lov qobiliyatiga ega mamlakatlar 
hukumatlariga qarz beradi. XTTB 1944-yilda tashkil etilgan va hozirda a’zo 
mamlakatlar soni 186 tani tashkil etadi. 
XTTBning maqsadi a’zo mamlakatlar iqtisodiyotini qayta tiklash va 
rivojlanishiga kapital qo‘yilmalar berish, investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish 
orqali qo‘llab-quvvatlash, to‘lov balansi muvozanatini ta’minlashga qaratilgan qarz 
berishdan iborat. 
XTTB, odatda, 5 yillik imtiyozli davr bilan 20 yilgacha muddatda uzoq 
muddatli kreditlarni beradi. Bankning resursi ikki manbadan shakllanadi. Shu 


93 
jumladan, asosiy qismi moliya bozorlarida turli xil qarz majburiyatlarini 
joylashtirishdan shakllanadi.
XTTB a’zo mamlakatlarga hukumat kafolati asosida qarz beradi. Qarz, odatda, 
10-15 yil muddatga 5 yil imtiyozli davr bilan ajratiladi. XTTBning foiz stavkasi har 6 
oyda o‘zgaradi va o‘rtacha 7 % atrofida belgilanadi. XTTB ustaviga muvofiq, aholi 
jon boshiga 5055 AQSh dollarigacha YaIM to‘g‘ri keladigan mamlakatlargina 
bankdan qarz olish huquqiga ega. Yirik taraqqiy etgan mamlakatlar, xususan, 
bankning 5 ta eng yirik aksiyadorlari qarz olishi mumkin emas. Jahon banki qariyb 
70 yillik faoliyati mobaynida 140 ta mamlakatda qiymati 300 mlrd. AQSh dollariga 
teng 6 mingdan ortiq loyihalarni moliyalashtirishda ishtirok etgan. Ushbu bank 
tomonidan O‘zbekistonga ajratilayotgan kreditlar iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarni 
amalga oshirish, jumladan, xususiylashtirish, moliya sektorini rivojlantirish, qishloq 
xo‘jaligini modernizatsiyalash, ijtimoiy infratuzilmani yaxshilashga yo‘naltirildi.

Download 245.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling