Техноген indd


Insonning faoliyat jarayoniga adaptatsiya bo‘lishi


Download 1.67 Mb.
bet35/91
Sana16.11.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1777806
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   91
Bog'liq
ТЕХНОГЕН (2) (2) word

Insonning faoliyat jarayoniga adaptatsiya bo‘lishi


Insonning faoliyat jarayoniga adaptatsiya bo‘lishining quyidagi turlari bor:



  1. Ruhiy adaptatsiya – shaxsning mutassil rivojlanib va boyib borish qobiliyati tushunilib, bu atama shaxsning o‘zini-o‘zi tarbi- yalashini, o‘zligini anglab yetishi, o‘zini-o‘zi boshqarishi, yuksak axloqiy sifatlarga ega bo‘lib ma’naviy yuksalishi, o‘zligini va o‘z mohiyatini namoyon qila olishi tushuniladi.

  2. Ijtimoiy adaptatsiya – o‘z mohiyatiga ko‘ra, shaxsning ij- timoiy muhit sharoitlariga moslashuvidan iborat jarayon bo‘lib, uning onglilik darajasini, mustaqilligini va ijtimoiyligini tavsiflaydi. Ijtimoiy omilning inson salomatligiga ta’siri juda katta.

  3. Fiziologik adaptatsiya – tashqi muhit sharoitlariga mos ra- vishda, unga moslashib yashash uchun gomeostatik strukturalar tar- kibini o‘zgartirish va organizmning me’yoriy faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi.

Adaptatsion davrning quyidagi qiyinchiliklari bor:

  1. Avvalgi jamoadan, ularning yordamidan ajralish bilan bog‘liq salbiy kechinmalar.

  2. Kasbga tayyorgarlikning yetarlicha emasligi.

  3. O‘z harakatlarini psixologik boshqarishni bilmaslik, odatiy pedagogik nazoratning yo‘qligi bilan bog‘liq ruhiy vaziyat.

  4. Yangi sharoitda o‘qish va dam olishning optimal rejimini izlash.

  5. O‘z-o‘zini boshqarishni yo‘lga qo‘yish (uy sharoitidan yo- toqxona sharoitiga o‘tish).

  6. Mustaqil yashash va ishlash ko‘nikmalarining yo‘qligi.

Funksional sistema o‘z ichiga tirik datchik bo‘lib hisoblanadigan retseptor tuzilmalardan tashkil topgan. Uning tarkibiga markaziy apparat, ya’ni miya strukturalari kiradi. Bu strukturalar tashqaridan kelayotgan signallarni qabul qiladi, analiz va sintez qilib, kutilayot- gan natijani programmalashtirib beradi. Shuningdek, funksional sistemaning ijro etuvchi zanjiri – periferik organlar ham bo‘lib, bular kelayotgan buyruqlarni amalga oshiradilar. Bundan tashqa- ri, afferentatsiya – qayta aloqa ham mavjud bo‘lib, markazga ijro etuvchi mexanizmlar faoliyati va oxirgi natija haqida xabar beradi. Oxir-oqibatda turli funksional sistemalar birlashib, silliq ishlovchi organizmni hosil qiladi. Bunda organizm uchun zarur bo‘lgan u yoki bu funksional sistemaning ustuvorligini ko‘rish mumkin.

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling