Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat


Tolali optik kabelning ishonchliligi


Download 6.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/178
Sana16.09.2023
Hajmi6.66 Mb.
#1679270
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   178
Bog'liq
T

Tolali optik kabelning ishonchliligi. 
Optik tolalarning mexanik tafsilot lariga asosiy parametrlardan 
hisoblanadi va u orqali optik-tolali aloqa liniyalarini qurish va montaj 
jarayonida kabellarni yotqizish, ularni montaj, ta’mirlash va ularga texnik 
xizmat ko‘rsatish kabi jarayonlarning effektivligini aniqlab beradi. Bu
tafsilot lar optik kabellarni va o‘z navbatida aloqa liniyalarini ko‘p yillar 
davomida ekspluatatsion ishonchlilik kabi muammolarni echish uchun 
lozim bo‘ladi. 
Potensial jihatdan qaraydigan bo‘lsak optik tola juda ham yuqori 
mustaxkamlikka ega. Bizga ma’lumki defektsiz bo‘lgan optik tolaning 
3.7– rasm. Optik tolada yorug’likning sochilishi va aks 
etishi. 
------- Aks etish 
Sochilish 
Aks etish 
effekti


34 
mustaxkamligi xuddi shunday yuzaga ega bo‘lgan po‘lat simdan yuqori. 
Ammo amaliyotda ega aloqa liniyalarda qo‘llanuvchi optik tolalarga bir 
muncha miqdorda bo‘lgan ikkala hisobiga uzilishlar hosil bo‘lib turadi. 
Shishadagi mikro yorilishlar va defektlar optik tolaning mustaxkamligini 
bir necha o‘nlab marotaba mustaxkamligini kamaytiradi, chunki tollarning 
cho‘zilishi, namgarchilik va yuqori harorat mikro yorilishlarni normal 
sharoitida tezda oshib ketishga olib keladi va bir necha yil yoki bir necha 
oy ichida uzilishlar soni oshib ketishga olib keladi. 
Shunday qilib, optik tolaning uzoq vaqt mobaynida mexanik asosiy 
faktor bo‘lib, u o‘z navbatida ekspluatatsiya jarayonida optik tolaning 
mexanik mustaxkamligini ta’minlab beradi. Optik tolani uzoq vaqt 
mobaynida ushlab turish statistik charchash parametri n orqali aniqlanib u 
o‘z navbatida o‘lchov birligi so‘z bo‘lgan parametrdir. Bu parametr 
yorilishlarni o‘sish sonini tolani cho‘zilishini o‘zaro bog‘laydi. n-qiymati
qanchalik katta bo‘lsa, optik tolaning mustaxkamligi shunchalik yuqori 
bo‘ladi. n-parametrining qiymati eksperiment natijasida aniqlanadi va har 
doim optik tolaning pasportida ko‘rsatilishi kerak. standart tolalar uchun n-
qiymati 20 bo‘lsa, maxsus mustaxkamlikka ega bo‘lgan tolalar uchun n=25 
qadar etib boradi. 
Tolaning 
boshlang‘ich 
inert 
mustaxkamligi 
optik 
tolaning 
ekspluatatsion mustaxkamligini baholashda ikkinchi faktor bo‘lib 
hisoblanadi. Bu parametr butun uzunlikdagi tolada ko‘plab ravishdagi 
defektlar o‘lchovi orqali aniqlanadi. Bunday eng bo‘sh bo‘lgan zvenoni 
aniqlash uchun tola tayyorlash protsessida yuklama ostida qayta o‘raladi 
(proof-test) qurilish uzunligidagi tolani qayta o‘ralishda lozim bo‘ladigan
tortish kuchi tayinlab qo‘yiladi. Qayta o‘ralishdagi tortilish kuchi GPa 
o‘lchov birligiga yoki tolani uzayishi % orqali ko‘rsatiladi.
Uzunligi 100 km bo‘lgan liniyani 25 yil mobaynida buzilish 
ehtimolligi 0.001 juda ham kichik qiymatdagi liniyani avariyasiz xizmat 
ko‘rsatish muddatini garantiyalash uchun tortib qayta o‘rashni 
ekspluatatsiyaga bo‘lgan nisbati qayta o‘rash zaxirasi deb ataladi va uning 
qiymati 3-4 bo‘ladi. bunday holda optik tolani yuklama ostida qayta 
o‘ralish jarayoni tolani mustaxkamligini o‘zgarishi va o‘z navbatida 
yomonlashuvini taqsimlanishi e’tiborga olish kerak. 
Ishlab chiqarish amaliyotida ko‘pchilik tolalar uchun qayta o‘ralish 
holatidagi tortilish kuch qiymati 0.7 GPa bo‘lsa, suv osti kabellari uchun 


35 
qo‘llanuvchi tolalar uchun esa tortilish kuchi 1.4 GPa bo‘ladi. odatda bu 
qiymatlar tola uchun berilgan pasportda ko‘rsatiladi. 

Download 6.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling