Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat


Ekspluatatsion jarayonida tolani cho‘zilishi


Download 6.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/178
Sana16.09.2023
Hajmi6.66 Mb.
#1679270
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   178
Bog'liq
T

Ekspluatatsion jarayonida tolani cho‘zilishi uchun faktor bo‘lib 
hisoblanadi va u orqali ekspluatatsion mexanik ishonchlilik aniqlanadi. 
kabel ichidagi optik tolaning kuchlanganlik holati o‘z navbatida mexanik 
ishonchliligini kamayishiga olib keladi va turli sabablar hisobiga bo‘ladi, 
bular: optik kabel tayyorlash texnologiyasi buzilish, ya’ni lozim bo‘lgan 
tola uzunligini to‘g‘ri tanlamaslik yoki kabel tayyorlovchi uskunani 
ishlashidagi turli to‘xtashlar, kabel yotqizilish texnologiyasini buzilishi, er 
ko‘chishlari kabi seysmik o‘zgarishlar, ekspluatatsiya jarayonida osilgan 
kabellarni muzlashi va x.k. 
Yuqorida keltirilgan ma’lumotdan shuni xulosa qilish mumkinki, 
kabel ichida va yotqizilgan liniyalarda optik tolalarni cho‘zilishi nazorati 
asosiy parametr bo‘lib hisoblanadi. Kabel ichidagi tolalarni cho‘zilish 
bo‘yicha xozirgi zamon diagnostikasi uchun tolalar ichida yorug‘lik nurini
spektrlarni brillyuen sochilishini analiziga asoslangandir. Bunday usul 
yordamida tolalarni cho‘zilishini baholashda liniyalarni mustaxkam 
bo‘lmagan uchastkalari aniqlandi va u yordamida ekspluatatsiya 
jarayonida tolalarni mexanik mustaxkamligi baholanadi. 
Liniyadagi optik tolalarni cho‘zilish chegaralarini baholashda 100 
kmm liniya 25 yil mobaynida uzilish extimolligi 0.001 bo‘lgan qiymat 
uchun liniyaning ekspluatatsion mustaxkamligini kafolatlash uchun uning 
nisbiy cho‘zilishi yoki ruxsat etiladigan cho‘zilish qiymati 0.2...0.25% dan 
oshmasligi kerak. bu qiymat tolani ruxsat etiladigan cho‘zilish kritariya 
bo‘lib, u brillyuen reflektometri yordamida aloqa liniyalarining 
mustaxkam bo‘lmagan uchastkalarini o‘lchov natijasida aniqlash imkonini 
beradi. 
Tola ustidagi muxofazalovchi qoplamini tozalash kuchi ham 
tolaning mexanik tafsilot lariga taaluqli bo‘lib, aloqa liniyalarida 
qo‘llanuvchi optik tolani aloqa liniyalarini qurilishi, ta’mirlab qayta tiklash 
ishlari hamda aloqa liniyalariga texnik xizmat ko‘rsatish jarayonida 
bunday ishlarni bajarishni bir muncha engilroq va effektiv bo‘lishini 
ko‘rsatuvchi bo‘lib hisoblanadi. Yuqorida qayd etilgan ishlarni bajarishda 
optik tolalarni oson ravishda ochib tashlash, optik tolalarni payvandlab 
ulashda hamda ulanuvchi tolalarni tekis ravishda kesish ishlaridan tashkil 
topadi. Optik tolani muxofazalovchi qoplamini tozalash kuch qiymati 


36 
optik tolalarning pasportida ko‘rsatiladi. Bunday kuch qiymati quruq va 
namgarchilik atmosferasi ostida bo‘lgan tolalar uchun bir xil qiymatga ega. 

Download 6.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling