Televideniyeda jurnalistik kasblar
Muharrir - Ijodiy Jarayon Tashkilotchisidir
Download 47.05 Kb.
|
QvXuCz0rTYFPCGVVZGpneypGza82qVOvbUWrn3Ss
Muharrir - Ijodiy Jarayon Tashkilotchisidir.
Televizion ijodiy guruhning xar bir azosi umumiy ishning muhim printsiplarini amalga oshirishda o’z vazifasini ado etadi. Ana shunday damda asosiy mas’uliyat muharrir zimmasida bo’ladi. Bu telejurnalistlar o’z-o’zidan ma’lumki, kadrda ishlamaydilar. Muharrir bu ko’rsatuv tayyorlash ijodiy jarayonining tashkilotchisidir. Muharrirlik mahorati jurnalistika fakultetida ta’lim berish jaryonida asosiy kurs sifagida tanishtirib boriladi. SHu o’rinda bir narsani ta’kidlash lozimki, televidenieda muharrirlik rubrika rejalarini tuzishdan boshlanib (bu ko’proq prodyuserlik vazifasiga yaqin) to’g’ridan-to’g’ri ko’rsatuv yoki videomateriallarga mos rubrika ishlarini boshqarish bilan yakunlanadi. Yangiliklarni olib chiqishda muharrirlik qilish oyida bir bor chiqadigan jurnal tipidagi ko’rsatuvlar tayyorlashdagi muharrirlikdan farq qiladi. Telefilm muharriri «tok-shou» ni tashkil etishda javobgar muharrir va boshqa hamkasblaridan ajralib turadi. Lekin, har qanday holatda ham televidenieda adabiy sohadagi ishlar faqat so’z ustida ishlash emas, balki qanday ko’rsatuvni efirga olib chiqishdan qat’iy nazar tomoshabinni jalb etadigan kadrlar haqida hamqayg’uriladi. Bu jihatdan gazeta jurnalistlariga bo’lgan mas’uliyatni ishonib topshirmaslik lozim, chunki ularning nuqtai nazaridan tayyorlangan ko’rsatuvlar zerikarli bo’lib qoladi, tomoshabinga ta’sir qilmaydi. Gazeta jurnalisti televideniedagi hamkasbiga qaraganda ko’proq so’z ifodasida muammolarni yoritishga intiladi. SHuning uchun tajribada ikki kishi ittifoq bo’lib ishlagani ma’qul, ya’ni biri muammolarni, yana biri esa televideniening o’ziga xos xususiyatlarini biladi. Bu ikkilik – avtor va rejissyor yohud avtor va muharrirdir. Gazeta yoki boshqa nashrlarda e’lon qilish mumkin bo’lmagan nozik masalalar televidenieda ko’rsatuv ishtirokchilari bilan birga muharrir tomonidan tanlanadi va takliflar asosida ko’rsatuv tayyorlanadi. Gazeta jurnalisti uchun ma’lum bir kishi haqida u yoki bu doiradagi faoliyati yoki muhim tarixiy voqea haqida suhbatdoshidan olingan intervyu yetarlibo’lsa, teleko’rsatuv uchun bu hali kifoya qilmaydi. Ko’rsatuvda ishtirokchi bilgan xabar emas, balki inson sifatida o’zi muhim rol o’ynaydi. Demak, muharrir suhbatdoshning tashqi qiyofasi haqida ham (tomoshabinda) yaxshi tassavvur uyg’ota olishi kerak (bunda ichki qiyofa doimfarq qilib turadi); muharrir ma’lumot berilayotgan paytda ishtirokchining noto’g’ri hatti-harakat qilmasligiga, jismoniy qusurlarini ko’rsatmasligiga ishonch hosil qilmog’i lozim (masalan, duduqlanib qolishi, o’zini yo’qotishi va hokazo). SHu sababli bo’lg’usi suhbatdosh bilan telefonda efir vaqti va shu kabilar haqida kelishib olish havfli, chunki ko’rsatuv paytida ishtirokchi muharrir uchun kutilmagan vaziyatlar tug’dirib qo’yish mumkin. Eng yaxshisi, o’sha kishi bilan uchrashib, ko’rsatuv tarzini oldindan belgilab olishi, shuningdek, unga kiyimlari, pardoz-andozi haqida ayrim mablahatlar bermog’i shart. CHunki arzimas hisoblangan, olaylik, ishtirokchidagi biror notabiiy jihat ham tomoshabin nazaridan chetda qolmaydi. Yoki, misol uchun, u kiygan havorang ko’ylak efirdagi havorang fonda yo’qolib qolishi mumkin. Umuman, tajribali muharrir bir kishi bilanmi yohud jamoa bilan ko’rsatuv tayyorlamasin, mana shu singari jihatlarni ko’zdan kechiradi va ko’rsatuvning original chiqishida shular katta o’rin tutishini anglab yetgan bo’ladi. Yetarli madaniy saviyada ko’rilmagan tayyorgarlik va ko’rsatuvdagi muharrirlik natijasida efirda ketayotgan biror tayinsiz xabar ham televidenie obro’siga putur yetkazadi. Yuksak darajadagi muharrir boshqaruv qobiliyatini egallagan holda efirga uzatilayotgan har bir holatga javobgarlikni o’zida his qilmog’i, televideniedagi muhim va munozarali savollar yuzaga keltirgan ziddiyatli vaziyatlarning yechimini topmog’i kerak. Bu jihatdan muharrir har qanday holatda ham o’z kasbiga, ishlayotgan jamoasiga bo’lgan sodiqligani saqlab qoladigan, mas’uliyatni teran his qiladigan ko’plab reportyorlar bilan bog’lanib ishlamog’i, axborot to’plashni shu yo’sinda tashkil qilmog’i ma’qul. Shunday qilib, telemuharrirlik – bu faqat adabiy yondoshuv bilan ishlash emas, turli-tuman axborotlarni ekranga olib chiqishda ularning shaklu shamoyiliga jilo beruvchi tashkilotchi hamdir. Agar yangiliklar ataylab, eski kadrlar bilan jonlantirilsa, u holda telexabar muvofiqligi yo’qoladi. Yangilikni videosharhda yetkazishda muharrir obrazlar yordamida asoslamasa, telejurnalistikaning o’ziga xos haqiqiy tosh-tarozisi borligidan bexabarlikni bildiradi. Muharrir ayni damda reportyorlarga nisbatan qay tarzda munosabatda bo’lishi mumkinligi borasida hak-huquqlari talaygina. Masalan, u reportyorlarning o’z materialini qisqartirishni yoki o’zgarishlar kiritishni talab qila oladi. Hatto muharrir reportyor mehnat samarasini efirga butunlay bermaslikka ham haqqi bor. Bunda u o’z g’araz maqsadi yoki manfaatidan kelib chiqib emas, balki xolisona yondashadi. Download 47.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling