Televideniyeda jurnalistik kasblar
Izoxlovchi va sharxlovchi
Download 47.05 Kb.
|
QvXuCz0rTYFPCGVVZGpneypGza82qVOvbUWrn3Ss
Izoxlovchi va sharxlovchi.
Biz izohlovchi ishini ko’rishga o’tamiz, biling-ki bu axborot berishning mutlaqo boshqa usuli bo’lib: «Fakt – muqaddas, unga izoh bemalol» (bu G’arbda jurnalistikaning asosiy qonuni). «Amerika ovozi» tinglovchilari - «bu izoh Amerika SHtatining izohi» degan ogohlantiruvga ko’nikib ketishgan. SHunday qilib izoh – bu faktga munosabat, lekin faktning o’zi emas. Izohlovchi esa tajribali jurnalist, tarixiy savollarni yecha oladigan, shu soha mutaxassisligini tushungan, bilgan, shu soha ob-havosini, uni baholashni bilgan jurnalist bo’lishi kerak. SHunday qilib, tavfsilotchi yangiliklar programmasida namoyon bo’lib biror bir siyosiy muammoni tushuntira boshlashda, Xozirgina berilgan axborotning faktiga izoh bera boshlaydi, bu aniq tarixiy – siyosiy kontekst bo’ladi. Hamma televidenie tashkilotlari ham izohlovchi olishdan manfaatdor emaslar. Ko’plari (telestantsiyalar) izohlovchilarni taklif qilishni afzal ko’rib, har voqea izohi uchun taniqli publitsist, siyosatshunos yoki boshqa mutaxassislarni taklif qiladilar, ular televidenieda ishlamaydilar. 1992-1993 yillarda xuddi shu sinov axborot-tahliliy «Xulosalar» («Itogi») ko’rsatuvida qo’llangan. Xozir, O’zbekiston televideniyasining birinchi kanalida har yakshanba kuni namoyish etiladigan «Tahlilnoma» ko’rsatuvida ham ma’lum mavzularni tahlil qiladigan siyosatshunoslar va yuqori lavozimli kishilar izohlovchi vazifasini bajarib turadi. Lekin har doim emas. Izohlar ko’proq tinglovchining o’z mulohazalarini yaxshiroq shakllantirishni yengillashtiradi. Tahliliy ko’rsatuvlarda mamlakatning asosiy siyosiy yo’nalishlari aks etishi lozim. Redaktsiyaning vazifasi izohlovchining xilma-xil qarashlari nuqtai-nazarini ifodalashga yo’l berish. Auditoriyani umumdemokratik qadriyatlar hamda siyosat bilan ahloqiylilikning o’zaro aloqadorligidan tashqari materialga holisona munosabat, asosiy mazmun, temperament, ziddiyatga berilib ketmaslik ishontira oladi. Albatta, izohtavfsilotlar muhokama va idrok qilish doirasida o’tkazilib, u har qanday ehtirosni keltirib chiqmasligi kerak. Reportyorga nisbatan izohlovchiga aktyorlik xususiyatlari ko’proq kerak bo’ladi, chunki so’zlayotganda izohlovchi shaxsi va qiyofasi audivizual aloqaning muhim belgisi spfatida xizmat qiladi va ifodalangan so’z ta’sirchanligini oshiradi yoki uning teskarisi bo’lsa samarasini tushirib yuboradi. Germaniyada chiqqan qo’llanmalarning mualliflari fikricha «Millionlab auditoriya qarshisida so’zga chiqish kerakligini bilib titroq bosgan jurnalistdan tomoshabinlar intiqlik bilan kutayotganligini his qilib so’zlatgan jurnalist yaxshi taassurot qoldiradi. Agar jurnalist o’zini ortiqcha baholay ketdimi; u o’zini professional tanazzulga birinchi qadamini qo’ydi, deb hisoblayvering». Ba’zi teleizohlovchilar so’zga chiqqanda «millionli auditoriya» haqida emas, balki televizor oldida o’tirgan bir kishi haqida gapiradi yoki kimning fikri bilan chiqsa, shu kishi uchungina so’zlashayotgandayham bo’ladi. Telekamera o’rnida jonli real insonni ko’ra bilish va unga murojaat qilishnibilish qobiliyati, televideniedagi rofessionalizmning eng zarur belgilaridan biri hisoblanadi-ki, agar bo’shliq deb qaralsa bormi, bu quruq suhbat bo’lib qoladi. Odatda izohlovchi o’qiladigan tekstni yozib oladi va uni og’zaki nutq usulida o’qib eshittiradi. Bu haqda tomoshabin aslo bilmasligi kerak, bu chiqish improvizatsiyadek tug’iladi (yana qayta aytamiz, agar oldimizda professional tafsilotchi bo’lsagina). Yana qadimgi greklar taxmin qiladilarki, so’zlovchiiing san’ati 3 bo’lakka bo’linadi: nutqni yozib olish, uni yod olish va uni o’qib eshittirish. Bizning davrimizga kelib, shu qadim odatlar inkor qilinishiga jiddiy harakatlar qilinayapti. Agar jurnalist o’ziga ishonsa, muhim ko’rsatilgan vaqtda hamma narsani o’z joyiga qo’yib, aniq, so’zlari bilan so’zlarini charxlab, obrazli qilib, iboralar bilanizohlab, fikrlarini ravshan, mazmunli qilib ifodalashga erisha olsa, yozish, yodlashga hojat qolmaydi. Agar izohlovchi telesuflyordan foydalansa, uning ishi biroz yengillashadi, ya’ni bemalol, bexavotir tomoshabin ko’ziga qaraganday chalg’imasdan o’qiy olsa. Ammo, bunga ham ma’lum ko’nikma zarur ba’zi arxiv rasmlar zastavkasi ortida turib tekst o’quvchi jurnalistlar esa tafsilochilik vazifasini umuman yengillashtirib yuborgan. Agar Xozir gap Makka shahri haqida bo’lsa, ekranda 2 yil avval suratga olingan Makka shahri haqida, agar siyosatchi bo’lsa darhol ekranda uning portreti olib ko’rsatiladi. Bu «janr», bizning teleekranimizda 90-yillar boshlarida haqiqiy ekranbop va axborotlarga liq to’la, «jonli» chiqish deb sanalgan. Lekin, bu chiqish obro’li, mashhur publitsistning chiqishiga teng kelolmaydi. Platon chiroyli so’zlash – qalbni boshqarish san’atidir deb uqtirgan. Axir tafsilot – bu aql va qalbga yaqin siyosiy faoliyat-ku! Sharhlovchi – alohida kishilar bilan teleko’rsatuvda biror bir narsa haqida suhbat qiluvchi mutaxassis hisoblanadi, u o’z shaxsiy muhokamasi bilan videotasvirlar mazmunini ochish va mehmon bilan studiyada suhbat qiluvchi mutaxasis hisobalanadi. Odatdagidek, u boy hayotiy tajribaga ega sayohatchi, butun yer sharini aylanib chiqqan kosmonavt yoki xizmat ko’rsatgan shifokor yoki taniqli balerina bo’lishi mumkin. Albatta, ular o’z ish faoliyati va hayoti haqida chiroyli gapira oladigan haqiqiy ziyoli kishi bo’lishi kerak. Yana «kamerani seza bilish» - ko’rinmaydigan auditoriya bilan aloqa qilishi qobiliyati bo’lishi, taniqli kishining qobiliyati – murakkab narsa to’g’risida, gapira bilish mahoratida ko’rinadi. Jurnalist mamlakat hayoti va tinchlik borasida gapirganda ko’pincha, uning siyosiy voqeliklari haqida sharhlovchisiga aylanib qoladilar. Televidenie ko’pincha bu rolga ko’proq taniqli ro’znomadagi publitsistlarni taklif qilishadi. Bu shunday holki, televizion ko’rsatuvlarda fikrlash maxoratiga yuqoriroq baho beriladi. Sharhlovchining – izohlovchilardan farqi birinchidan u «jurnallar»tipidagi murakkab ko’rsatuvinimg muallifligini uddalay olishi va yoki studiyada muloqot olib bora olishi kerak (ba’zan shu ko’rsatuv o’sha sharhlovchining nomi bilan ham nomlanishi mumkin) ikkinchidan, sharhlovchi siyosiy mulohazada siyosiy izohlovchidan balandroq turishi kerak. U to’g’rirog’i entsiklopedist, lekin targ’ibotchi yoki tashviqodchi emas. Lekin tafsilotchi yoki sharhlovchilik ishlarida ham umumo’xshashliklar bor-ki, ularniig har ikkisi ham ekranda ma’lum mavzusida munozara va qarashlari bilan chiqadilar. Ular shaxsi tomoshabin uchun ham qiziq, ham tanish. Ikkalalari ham yetuk yoshda, yetarlicha hayotiy tajribaga ega bo’lib xulosalashga asosi bor, taqqoslashni bilgan ziyoli kishilar. Yana ular, ikkalalari ham yorqin so’z ustasi va publitsistik monologlarni artistdek ijro etish mahoratiga ega izohlovchi va sharhlovchilardir. Download 47.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling