Televideniyeda jurnalistik kasblar
Download 47.05 Kb.
|
QvXuCz0rTYFPCGVVZGpneypGza82qVOvbUWrn3Ss
Telereportyor.
Bo’lg’usi jurnalistlar tafakkurida, bilim darajasida yangi qirralarni kashf etish, ularga jurnalistikaning sir-sinoatlarini tanitishda eng ommaviy va eng serqirra soha – reportyorlikni o’rgatish hisoblanadi. Reportyorlik (muxbirlik) ko’p ko’rinishlarda aks etadi: reportyor «gorizontal» bo’yicha insoniy xatti-harakatlar doirasida ish olib borsa (ilm-fan, tibbiyot, jinoyat, siyosat, ekologiya va hokazo yangiliklari bilan ishlash), «vertikal» yo’nalishda, aytaylik, bir hududdagi jami xabar, yangilikni ommaga yetkazishga intiladi. Yana, universal-reportyorlar ham borki, ular «maxsus muxbir» sifatida barcha majburiyatlarni o’z zimmasiga oladi (AQSHda ularni «generalist» deb atashadi). Ayrim nochor telekompaniyalar ularning tor doiradagi mutaxassislarini afzal ko’rishadi. Bunday turkumdagi reportyor har qanday sohada holis kuzatuvlarining barcha printsiplarini tadbiq etishga qodir bo’lmog’i lozim. Agar generalist ommaga qaraganda biror predmet xususida ko’proq ma’lumotga ega bo’lsa, u tayyorlagan reportaj shuncha sodda va tushunarli bo’ladi. Bundan tashqari reportyor (maxsus) o’zi uchun haqiqiy ko’ringan barcha narsalarga ishqiboz bo’lishida ham havf bor. SHuning uchun, generalist o’z kundalik yangilik rubrikalarini tayyorlashda maxsus muxbirga qaraganda tezkor ishlomog’i lozim. Jahondagi ko’pchilik reportyorlar tezkor teleaxborot ishlarini bajarishadi, lekin yana shunday toifadagilari borki, ular uzoq va sinchiklab davom etadigan teletekshiruvlar bilan mashg’uldirlar. Ba’zilari o’z takdirlarini telejurnallarda madaniy-ma’rifiy rubrikalar tayyorlash bilan bog’laydilar. Bunga misol tariqasida Rossiya programmalaridan «Pi belgisi ostida», «Yarim kechagacha va undan keyin» kabi mashhur professional reportyorlar boshchilik qilishgan ko’rsatuvlarni keltirish mumkin. Qaysiki, aynan studiyadan tashqarida o’ziga xos uslubda tayyorlangan. Reportyorlik – real hayotda televedeniening asosiy mohiyatidir. Reportyor – tomoshabin va reallik o’rtasidagi holis bog’lovchidir, ya’ni dalloldir. Asl professional reportyorlik mahorati 3 komponentga bog’lik: 1) Qaerda va qachon hamma uchun qiziqarli, hammabop nimadir bo’lsa, o’sha yerda va o’sha payt zarur s’yomka texnikalari bilan bo’lish; 2) Operator bilan birga bo’layotgan yoki bo’lib o’tgan namoyishlarni aniq tanlab, ularni yozib, kadrda ko’rsatish; 3) Ko’rsatilayotgan hodisalarni qamrab oladigan lo’nda hikoyani (izohni) kadrga ilova qilish. Birinchi qism vazifalarini amalga oshirish reportyor va teletashkilot sistemasidagi murakkab ish jarayoniga bog’liq. Qoidaga muvofiq voqealarni ko’rsatishda oldindan nimanidir tushunish va yuzaga kelgan holatga tezkor o’z munosabatini bildirish mumkin bo’lgan voqealarni lo’nda va puxta rejalashtirish o’sha sistemani tashkil etadi. Umuman, reportyor «eng birinchi» axborot manbalarini izlar ekan, hayotning turli jabhadagi har qanday qiziqarli, g’alati holatlariga tayyor turishi lozim. Katta-kichik gazeta-yu radioda ham jurnalistdan har qanday vaziyatda voqea sodir bo’layotgan joydan ommaga xabar berishga intilishni talab qiladi. Shuni hisobga olish kerakki, har qanday telestantsiya berayotgan syujet yangiliklarining teng yarmi kechikkan (tezkorliqdan tashqari) xabarlarni so’nggi voqea sifatida efirga ketadi (masalan, biror ilmiy yangilik yoki sayyoramizning bir burchida efirga xovliqmalik bilan tez bermasa ham bo’ladigan g’ayrioddiy ko’cha restoranidan olingan syujet). Bu holat «voqea sabab» tarzida tez-tez qo’llanilib turiladi. S’yomka jarayonida reportyor bo’lgusi efirga ketajak materialining har bir jihatini sinchiklab ko’rib chiqadi, harchand s’yomka va montaj mavjud konuniyatlarga bo’ysunishini bilsa-da. Qonuniyatlar esa vaqtni qay tarzda belgilashga bog’liq: arap 20 sekundli syujet bo’lsa, voqeaning umumiy jihatlari olib ko’rsatiladi, bundan kengroq, 60-70 sekundli bo’lsa, u holda syujet kompozitsiyasi va dramaturgiya elementlari haqida bosh qotirishga to’g’ri keladi. «Har bir informatsiya syujeti, - deb yozgan edi N-B-C (en-bi-si) ning tungi yangiliklar prodyuseri Royven Frank, - o’zining aniq strukturasi, ziddiyatli nuqtalari, muammosi va uning yechimi, rivojlanish yo’li va samarasi, bir so’z bilan aytganda, boshi, o’rtasi va nihoyasiga ega bo’lmog’i shart». Odatda barcha telejurnalistika, qo’llanmalar avtorlari (xoh xorijlik bo’ladimi, xoh o’zimizniki) reportyorlarga ob’ektda dastlabki tekshiruvlar o’tkazishni, voqea ishtirokchilari bilan yaqindan tanishishni, s’yomka rejalarini, suhbatdoshlaridan oladigan intervyularni o’ylashni, ularga berajak savollarni, reportajning umumiy stsenariysiii oldindan belgilashni maslahat berishadi. Televideiieda reportajni efirga murakkab shaklda berishda (to’g’ridan-to’g’ri efir, boshlovchinipg 2 tomon bilan muloqoti davomida) jurnalistdan nafaqat maxsus tayyorgarlik talab qilinadi, balki u har qanday holatda vaziyatdan chiqib keta bilish qobiliyatiga ham ega bo’lmog’i lozim. Ma’lum bir holatlar, aytaylik, reportyorga to’g’ridan-to’g’ri efirda 20-30 minut vaziyatni qo’lda ushlab turish yuklatilganda va intellekt saviyasi emas, balki ko’p materiallardan yaxshi xabardorligi-yu ularni tahlil qilib ijodiy yondasha olishi ham muvaffaqiyatsizlik oldini oladi. Bo’lajak voqeani ko’rsatuv qilishdan oldin suratga olgunga qadar reportyor operator bilan ham munosabatini aniqlab olishi kerak. Bitta ob’ektni 2 ta operator turli usulda olishi mumkin.Operatorlardan ob’ektning turli kadrlarni etiborsiz qoldirmasligitalab qilinadi. SHuning uchun reportyorga xos kamera imkoniyatlari, ekran tasvirining texnik vositalarini, operator bilan ishlash yo’l-yo’riqlarini yaxshi bilish muhimdir. Si-en-en (CNN) yangiliklarining birida biz Yaqin Sharkda BMTning yana bir harbiy operatsiyasini tugallab qaytgan amerikalik harbiylarning oilasi bilan uchrashuv lahzalarini ko’ramiz. Unda eng yurakni ezadigai lavhalar beriladi: egizaklar otasining yelkasiga osilib olgan; yosh ayol qiruvchi samolyot kabinasining zinasiga yopishib tushmoqchi bo’lgan uchuvchini quchoqlash uchun kutib turgani va hokazo. So’nggi mana shu lavhada reportyorning kadr olishda bosh-qosh bo’lganini, ajoyib lavha tayyorlaganini ko’rishimiz mumkin, chunki telekompaniya reportajlarda kamdan-kam bu singari jahon miqyosida chiroyli lavhani topish qiyin. Xuddi shunday lavhalar xususida R.Tirrell o’zining «Telejurnalist vazifasi» nomli kitobida to’xtalar ekan, quyidagi fikrni bildiradi: «Reportyor-operatorning ishini oddiy topshiriqni bajarishida ko’ramiz: gullar ko’rgazmasini hech bir izohsiz, intervyusiz suratga oladi. G’arbda bu ish bir kishi tomonidan bajariladi, ham qo’lida kamerasini ishlata oladi ham qalami bilan binoyidek material tayyorlaydi, shu bilan birga yaxshi mavzular topa oladi. Sрunday qilib, reportyor-operator topshiriqni bajarish paytida, agar u gullar ko’rgazmasini suratga olmoqchi bo’lsa, dastlab hech bo’lmaganda bir qancha chiroyli kadrlarni kameraga tushirishi kerak. Cрunki kutilmaganda qandaydir jamoat ishlariga duch kelib qolinishi, ko’rgazmada odamlar to’dasi ko’payib ketishi yoxud shu atrofdagi ko’chada avtomobillar tiqilib turib qolishi va boshqa zid hodisalar ro’y berishi mumkin. «Razvedkaga» (tekshiruvga) ketgan vaqt o’z samarasini beradi. S’yomkaga olinadigan joyga imkon qadar ertaroq borish tavsiya qilinadi. Deylik, yangi atirgul navi haqida fikr ketyapti; operator shunga yarasha ko’rgazmadagi boshqa gullardan ayri holda o’sha atirgulni tasvirda jilolantiradi. Hatto favqulotda hodisa, masalan, yong’inni s’yomka qilish jarayonida dastlabki tekshiruvning imkoni bo’lmagan chog’da ob’ekt holati ketma-ket tasvirga olinaveradi. Mutaxassis yaxshi biladi-ki, agar yong’inning o’zini ekranga olib chiqsa, undagi alohida tomonlarini ko’rsatmasa, tomoshabin uchun bu g’ayritabiiy tuyuladi. Operator dastavval ishni yonayotgan ob’ektiiig e’tiborli tomonlarini fon uchun izlab topadi. Bir joyida o’t o’chirish mashinalarining yetib kelishi-yu, tezkor ishga kirishib ketishini suratga olsa, yana boshqa bir joyga borib o’zga birmanazarani suratga oladi. SHu tariqa to’xtovsiz harakat va s’yomka jarayonlarni o’zgartirib turish yong’inni bartaraf etish harakatini jonliroq chiqishiga turtki bo’ladi. Odatda har qanday sharoitda s’yomkaga olishda bir qancha a’zolar – reportyor, operator, uning yordamchisi, videoinjener, ovoz operatori, chiroq ustalari va haydovchi guruh bo’lib ishlashadi. Agar guruh tartib bo’yicha bo’lsa, ishlash oson va qulay kechadi. Bu haqida operator D. Serebryakov shunday yozadi: «Uzluksiz maslahatlar va bir-biriga yo’l-yo’riq ko’rsatishlar to’xtovsiz ijodiy izlanishlarda ko’rinadi, epizodning ayni lahzalarini qay tarzda suratga olish, materialni qay usul bilan efirda jonlantirish, qanday yangiliklar bilan boyitish ana shu yo’l-yo’riqlar samarasi bo’ladi. Tasvirning tuzilish shakli dramaturgiyasi xususidagi savollar birgalikda yechiladi». O’zaro aloqa so’zsiz, qisqa harakatlar bilan ham kechishi mumkin. Telexronika, ishida ikkita yo’l bor. Birinchi yo’l: Dastlab syujet matni yoziladi (ba’zida s’yomkagacha, voqeagacha, masalan, aeroportdagi uchrashuv, gullar yoki avtomobillar ko’rgazmasi) va bu matn asosida olinajak kadrlar tanlanadi, so’ng matnmontajdan oldin reportyor tomonidan o’qilib, videolentaga yoziladi. Ikkinchi yo’l: birinchi yo’lning aksi o’laroq, dastlab tasvirga olish, ularni montaj qilish jarayonlari bo’ladi va shu asosda matn tuziladi. Birinchi yo’l nisbatan qulay va ishni tez amashga oshirish imkonini bergani uchun bu yo’l telexronikada tez-tez qo’llanib turiladi. Ikkinchisi esa, kinematograf an’analariga yaqin va bunday yo’l asosan katta ko’rsatuvlar, hujjatli filmlar qilinganda qo’l keladi. Telexronikada uncha tezkor bo’lmagan reportajlar ham berilishi mumkin. Download 47.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling