Televideniyeda jurnalistik kasblar


Yangiliklar Olib Boruvchi


Download 47.05 Kb.
bet6/6
Sana11.01.2023
Hajmi47.05 Kb.
#1089344
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
QvXuCz0rTYFPCGVVZGpneypGza82qVOvbUWrn3Ss

Yangiliklar Olib Boruvchi.
Axborot ko’rsatuvlarida reportyor sifatida ish boshlash jurnalist uchun yangiliklar ko’rsatuvini olib boruvchisi darajasiga yetishishda katta ishonch va mas’uliyat yuklaydi. CHunki u juda ko’plab shu kun voqealari bilan tomoshabinlarni tanishtiradi va ular ishonchiga kiradi. Jurnalistika fakultetining birinchi kursiga kirgan har bir talaba buni orzu qiladi. Lekin u oradan o’n yillar o’tib ularning kamdan kamiga bunday obro’ nasib etadi. SHu o’rinda K.S.Stanislavskiyning «Aktyorning o’z ustida ishlash» deb nomlangan kitobi juda foydalidir. Unda aktyorning sahnada tomoshabinlar oldida bemalol o’tira olishi katta maktab ekanligi ta’kidlangan. Lekin teatr bilim yurtining barcha talabalari ham buning uddasidan chiqa olmaganlar. Bu holni tomoshabinlarning salobati bosib qoldi deb izohlashadi. Bir kishiga uzoq vaqt e’tibor bilan qarab, uning ko’nglidagi kechinmalarni his etishga harakat qilish mumkin. Teatr tanqidchisi A.Svobodin adolatli ta’kidlaganidek «Televidenieda ko’rsatuv olib boruvchi bo’lishi uchun shaxs alohida ko’rinish va xarakterga ega bo’lishi shart emas, aksincha teleekranda yaqqol ko’rinib qoladigan nuqsonlardan holi bo’lishi kerak».
Yangiliklarni olib boruvchi jurnalist o’z fikri, munosabatini bildirish, tomoshabinlarni o’qitish uchungina diktor o’rnini egallagani yo’q. Aslida jurnalist ham diktor kabi yozilgan suflerdagi tekstni o’qib beradi. Ammo tomoshabin u o’qiyotgan gapga, voqea tafsilotiga ishonadi. 1992-93 yillari, ya’ni demokratiya rivojlangan paytda yangiliklarni olib boruvchi ayrim jurnalistlar impravizatsiya qilishda (yoddan aytib berish) artistlik qobiliyatlarini ham namoyish etdilar, lekin ko’p hollarda bu o’zini oqlamadi. Masalan, parlament rahbari harbiy samolyotda uchib keldi deyish o’rniga, u o’zining siyosiy maqsadlari yo’lida harbiy samolyotdan foydalandi, deb yubordi. Bunday aytilgan gap yangilik olib boruvchini noqulay vaziyatga olib keladi.
Yaxshi ko’rsatuv olib boruvchi oddiy tekst o’qib beruvchidan farqlanishi kerak. Yangiliklar olib boruvchi chiroyli bo’lishi shart emas, balki o’zining olib borish qobiliyati bilan tinglovchilarga yoqishi, qo’pol bo’lmasdan demokrat bo’lishi, voqelikni tushunish uning yuzidan, qiyofasidan sezilib turishi lozim. U o’zini erkin tutishi zarur. Yangilik yoki xabarni olib boruvchining o’zitopgani yo’q. Lekin u xabarni lo’nda qilib to’ldirib, qiziqarli etib yetkazilishi shart. U o’zini boshqalardan yuqori, aqlli tutmasligi, aksincha u turli xabarlar orasida ekanligi va ular bilan tomoshabinlarni xabardor etishga intilayotganligini ko’rsatishi darkor.
Amerikaning taniqli yozuvchisi Norman Meyler televidenieni doimo mamlakatdagi xotirjamlik va barqarorlik timsoli deb atagan edi. Lekin rossiyalik tadqiqotchilar fikricha buni unchalik to’g’ri deyish qiyin. Mashhur telejurnalistlarning yuksak televizion jurnalist sifatidagi talanti va kasbining ustasi ekanligi, o’z his-hayajonini ifodalash, o’zini tuta bilishi, har qanday og’ir va jiddiy siyosiy vaziyatlardan ham dadil chiqib ketishiga imkon bermoqda. Ayni paytda, u tomoshabinni voqelik haqida eng to’g’ri, eng ishonchli, eng zarur va yangi ma’lumotlar berayotganligiga ishontira oladi. Ikki tuzum o’rtasida qarama-qarshilik kuchaygan paytda taniqli sovet jurnalisti G.Oganov «Si-bi-es» kompaniyasi teleyangiliklarining olib boruvchisi fikrini shunday deb yozgan edi: (ayni paytda, Amerikadagi teleyangiliklar olib boruvchilarning kamdan-kami unga yoqar edi). «Bu ommaning huquqi, ijtimoiy adolat yo’lidagi kurashni kuchaytirishga ta’sir ham etmaydi, omma fikrini junbushga keltirishga xizmat ham qilmaydi. Yangiliklar bo’limida biz o’zimiz ko’rsatayotgan yangiliklar, sharhlayotgan voqealar haqida o’z fikrimiz, munosabatimiz yoki his-tuyg’ularimizni izhor eta olmayapmiz, chunki bu ro’y bergan voqea yoki manzaraning ob’ektivligiga salbiy ta’sir o’tkazishi mumkin, deyishdi telekompaniya yangiliklar bo’limidagilar». Ammo, sobiq Sovet Ittifoqidagi «Vremya» dasturi diktorlariga Siyosiy byuro tomonidan qabul qilingan «dono qarorni» o’qish paytida o’zining ko’tarinki kayfiyati va hayrihohligini yashirmaslik huquqi berilgan va bunda ular o’z qobiliyatini namoyish etib boradi. 'Gelevizion yangiliklar ommani kurashga chorlovchi vosita bo’lib xizmat qilmasligi zarur. Hech bir mamlakatda teleyangiliklarni siyosiy kurash quroli vositasi sifatida foydalanilmaydi.
Teleyangiliklarni olib boruvchidan tomoshabin diqqatini o’ziga qarata olib, bunday holatni oxirgi daqiqaga ushlab turish qobiliyatiga ega bo’lishni talab qilinadi. Go’yo sohilga langar tashlangan kemadek tamoshabinni ham shunday tutib turish imkoniyatiga ega bo’lish zarur. SHuning uchun bo’lsa kerak AQSH teleyangiliklar olib boruvchi mashhur jurnalistlarni anchor man – ya’ni «langar – odam» deb ham atashadi. Endi ular qatoriga ko’p seriyali telefilmlar, tok-shoular qo’shildi. Lekin har qanday taniqli jurnalist turkum filmlarda ham o’ziga xosligi, uslubiga, demokratik, badiiy mushohadasiga sodiq qolishi lozim. Ana shunday tajribali, qobiliyatli ijodkorlarga shogird tushgan yosh jurnalist ham o’z ijodi boshida ularga o’xshashga intilsada asta-sekin ekranda faqat o’ziga xos yo’li, uslubini topa bilishi zarur. Telejurnalistikaning faxriylaridan bo’lgan bir hamkasbimiz shunday degan edi: «Taxtaga har kim ham mix qoqa oladi. Birov bolg’a bilan o’n marta urib, ikki marta qo’liga tekkizib so’ng mixni kiritsa, haqiqiy usta bir yoki ikki urganda kiritishi mumkin. CHunki unda tajriba bor-da!.» Jurnalist ham ana shunday tajribani egallab borishi lozim. Jurnalist bir necha yuz reportajni tayyorlab, ustozlari ko’rigidan o’tkazib namoyish etgandan keyingina ana shunday tajriba yo’liga kiradi. Faqat ko’rsatuv qoqilgan mixday bir-biriga o’xshab qolmasligi kerak!
Download 47.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling