Televideniyeda jurnalistik kasblar


Intervyuchi, Shou Olib Boruvchi va moderator


Download 47.05 Kb.
bet5/6
Sana11.01.2023
Hajmi47.05 Kb.
#1089344
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
QvXuCz0rTYFPCGVVZGpneypGza82qVOvbUWrn3Ss

Intervyuchi, Shou Olib Boruvchi va moderator.
Televizion jurnalistikada bularning uchalalari ham har xil mutaxassisdirlar. Ularning tavsifi turlicha bo’lib, o’ychan va matonatli interv’yuchi, chaqqon va topqir-xazilkash shoumen, ko’rinishidan vazmin va beparvo moderatorlar o’z ko’rsatuvlariga ega. Bu uchlikni tanlashda ular temperamentiga e’tibor qilinadi-ki, bunga xarakterining boshqa belgilari ham mos bo’lishi kerak. Ammo shu uchala ekran ishining turlarida ham kishilar bilan muloqot yotadi. Yana boshqa bitta muhim umumiy belgi bor. Intervyuchi, shou olib boruvchi va moderator shaxsiy mulohazalarini aytishdan o’zini tiyadi. Bu izohlovchi va sharhlovchilardan farqi ham shunda. Agar sharhlovchi studiyaga mehmon taklif qilib unga qiziqarli savollarni berib tashlasa, interv’yuchi va shoumen o’z mahoratini qo’yilgan masalaga oddiy tomoshabin hayoliga kelmagan javobni topa olish mahoratiga ega bo’lishi lozim. Moderator esa fikrlarini ketma-ket, bamaylixotir gapirganda ko’p narsaga erishishi mumkin, agar qaysidir hamsuhbatlari foydasiz bo’lgan (uning uchun) mavzuga burishga harakat qilsa ham chalg’imasdai yo’nalishni to’g’ri olib borishni eplay olishi kerak.
Interv’yu bilan shug’ullanmagan jurnalist garchi qolmagan bo’lsaham-ki, chet el jurnalistikasida intervyuchi mustaqil kasb hisoblanadi. SHunga qaramay yirik portret va muammoli intervyu sifat jihatidan muammo axborot va portret reportajdan farq qiladi.
Bu hakda intervyu janridagi bo’limda eslatib o’tiladi. Ekranda jurnalistlik qobiliyat haqida gapirganimizda eslatib o’tish joiz: reportyorni fakt va mulohaza qiziqtiradi; agar u boshqa narsa bilan qiziqsa (aytganday, ... haqida gapirib bering) – bu umuman noto’g’ri. Axborot intervyu juda qisqa bo’ladi va «ish haqida»; suhbatdoshning psixologik tavsiflari esa ikkinchi darajali yordamchi vazifani o’taydi, xolos. Portret-interv’yuda esa psixologiya aynan birinchi planda turadi. Muammoli intervyuda esa suhbatdosh murakkab vaziyatga tushadi-da, intervyuchi prokuratura tergovchisini eslatib qo’yishi mumkin. Iitervyuga tayyorgarlik ko’rish uchun bir necha kun talab qilinadi. 30 yoki 60 minut davom etadigan portret – intervyu uslubi ko’proq rsportyor ishidan tubdan farq kiladi.
Amerika telejurnalistikasi darsliklarida katta intervyularga tayyorgarlik ishlab chiqilgan tortishuv rejasi bilan taqqoslanadi. Agar axbrrot – intervyuda umumiy vazifani bajarish uchun reportyor va suhbatdosh xodimdek ishtirok etsa, auditoriyaga tushunarli qilib biror narsa aytsa, bunday intervyu birmuncha tayyorgarlik bilan qilingan ijod mahsuli sifatida tomoshibinga ta’siri seziladi. Bunday interv’yularda asl dramaturgiya bo’lib, bunda janrning va mazmundorliginig siri ham shunda. SHu yerda nima uchun intervyuchilarning yaxshisi kam, degan savolni o’rtaga qo’yamiz, qaysinisi muvaffaqiyatga erishgan bo’lsa, baland gonorar bilan ta’minlanib mashhur bo’lib ketadi. Intervyuda ochiq – oydin gaplashish va hayrat nuqtalarini topa bilish va o’zining aktyorlik va psixologik resurslarini ishga salmog’i, o’ziga xos mavqeda, qarashlar bilan yuksak qiziqish uyg’ota olish, ba’zida hamdard bo’lish, kerak joylarda – shubhalanish, ba’zida tushunmaganga olish, suhbatdoshning o’z pozitsiyasini anglashiga yordam beradi. Yosh jurnalistlar bulardan cho’chiydilar va shunchaki suhbatdoshlarini hayajondan yomon eshitgan bo’lsalar ham bosh irg’ab turadilar.
Hamma televizion faoliyatlarda bo’lgani kabi, yaxshi intervyuning ta’siri uzoqni ko’zlab tuziladigan rejalar natijasida vujudga keladi. Intervyu shunday mavzuda turishi kerak-ki, o’z suhbatdoshining bemalol mulohaza yuritib so’zlashishiga va oxir oqibat strategik rejaga yetib borib, yangi, hammani hayratga soluvchi ko’rinishdagi materialni vujudga keltira olsin. Intervyu ovozi va muhit ta’sir doirasi mazmun muhimligidan kam bo’lishi mumkin emas: sizning suhbatdoshingiz televizion kamera bilan emas, aksincha sizning ko’zlaringiz bilan chambarchas aloqada turishi kerak. Tajribali intervyuchilar suhbatdosh ko’zga qarab gaplashadilar va tushuntirib bo’lmas aloqada odamlarni shu suhbatda ushlab turadilar. Bu haqda nutq san’ati darsligining taniqli muallifi P.Soper «bir yoki uch ziyoli kishilarni diqqat bilan kuzating, aynan qiziq mavzu muhokamasi bilan band bo’lganda, bu yerda siz tortinishni ko’rmaysiz, jiddiy va to’g’ridan-to’g’ri gaplashiladi, birinchi-ikkinchisining ko’ziga qarab tik, to’g’ri yoki ochiq ko’z bilan bir-birlariga to’g’ri o’tirib, chuqur yoki o’tkir kuzatuvchanlik bilan tabassum, bosh irg’ash, qo’l bilan imolarda bir-birlarining’ kamchiliklarini ko’rsatib turiladi. Muloqotni his qilish, huddi suhbatdoshlarni elektr tokiga ulab qo’yilgandek o’zaro diqqat-e’tiborni ushlab turadi».
Televizion-intervyuni aynan mana shunday, kamera, yoritgichlarsiz (chiroq, studiya va boshqa texnik uskunalarsiz) ham tabiiylikni saqlagan holda tayyorlash mumkin. Bunaqa sun’iyliklarni (yoritgich, studiya va hokazo) yodiga tushirmay, fikrlarni bir joyga jamlab muloqot qilishda nntervyuchi suhbatdoshga yordam qiladi. Agar ko’zlar bir-biriga to’g’ri turib muloqot qilinmasa, demak intervyu yo’q. Bu faqat ko’proq yoki ozroq bir-biri bilan bog’langan so’zlar seriyasi bo’lib qoladi xolos.
Oliy toifali intervyuchining pozitsiyasi suhbatdoshiga nisbatan har xil – chuqur hamdardlikdan tortib to hazil darajasigacha bo’lib, toki har qanday holatda ham muloqot bazasini qura bilmoq darkor. Ya’ni psixologik devorni buzib o’tish zarur yoki rossiyacha muomalada «men sizni hurmat qilaman» tushunchasi bilan muloqot qilinmog’i kerak.
G’arbda oxirgi paytda teleintervyuchilik kasbi – azaldan erkaklar ishi bo’lib, «temir» mantiq va iroda sifatlari bo’lib, buni ayollar ham do’ndirganlar. Endi katta hajmdagi intervyular shunday shaxsiy ish-ki, bu yerda, man qilingan narsalarga umuman tegib o’tish beo’rin: «nimadir yarashadi, yarashmaydi» deyish, boshqaga tegib ketishi mumkin degan istiholaga bormaslik kerak. Larri King bir qoidani izohlaydi: hech qachon oldindan javobi ma’lum savolni bermang, deydi. Boshqalar, aksincha, bilib-tushunib turib suhbatdoshdan qiziq javoblar olinadigan savolga tutadi. Masalan, Yuriy CHernichenko eslaydi: «Ko’rsatuvda men agar kartoshka haqida so’rasam, javobdan ko’ra ko’prog’ini o’zim yaxshi bilgan bo’laman». U yoki bu iqrorlikni eshitish uchun yoki nozik masalalarni bilish uchun – savol shakli o’zgartirilib beriladi. Bunday usul yaxshi natijaga olib boradi.

Download 47.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling