Talabalar uchun uslubiy ko‘rsatmalar
Keys – vaziyat: A. ismli 25 yoshli qayta homilador QVP vrachiga 2 oydan buyon hayzning to‘xtashi, ertalablari qusish va xolsizlikka shikoyat bilan murojat qildi.
Ko‘zguda ko‘rilganda qin devori bachadon buyinchasi tsianotik.
P.V. bachadon bo‘yni 2,5 sm uzunlikda, buyinoldi qismida yumshoqlashgan, bachadon tanasi AFV xolatida, 5-6 haftalik homiladorlikka mos kattalashgan. Nomrmal tonusda. Bachadon ortiqlari aniqlanmaydi. Ashralmalar tiniq shilliq.
30 haftalikda vrachga tashrif vaqtida shikoyatlari yo‘q. Ahvoli qoniqarli. BTB – 29 sm, QA-82 sm, bachadon normotonusda, og‘riqsiz, homila bo‘ylama joylashgan, old keluvchi qism boshchasi, chanoq kirishidan yuqorida, yurak urishi – ritmik, minutiga160 zarb.
Xayot anamnezi:jinsiy xayotni 20 yoshdan boshlagan. Zavodda buxgalter bo‘lib ishlaydi. Zararli odatlari yo‘q.
Akusherlik anamnezi: homiladorliklari – 1, 3 yil muqqadam muddatida tug‘ruq bilan yakunlangan, asoratsiz.
Oilaviy/ijtimoiy anamnez: oilali, bitta bolasi bor, eri oshpaz bo‘lib ishlaydi, chesmaydi, ichmaydi.
Epid.anamnez
Infeksion bemorlar bilan kontaktda bo‘lmagan.
Qon preparatlarini qabul qilmagan
In’eksion terapiyani inkor qiladi
Oxirgi 6 oy mobaynida ginekolog va stomatolog qabulida bo‘lmagan
Fizikal ko‘rik:
Pulsi bir maromda – minutiga 90 zarb, qoniqarli to‘lalikda va taranglikda, AQB 110/70mm.smb. ust.da, yurak auskultatsiyasi – normada, patologik shovqinlar eshitilmaydi,
Nafas buzilishlari yo‘q, auskultativ – o‘pkada o‘zgarishlar yo‘q.
Qorin yumshoq, palpatsiyada og‘riqsiz, jigar va taloq kattalashmagan.
Tukkullatish simptomi xar ikki tomondan manfiy.
Do'stlaringiz bilan baham: |