Тема №1: Ведение беременности у здоровых женщин


Download 0.71 Mb.
bet4/9
Sana22.04.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1380956
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mavzu №1 Sog‘lom ayollarda homiladorlikni olib borish. Antenatal parvarish. Milliy standartlar.

5. Amaliy kism
Amaliy kunikmalar ruyxati:

  1. Xomiladorlarni tashki akusherlik kurigi

  2. Xomila yurak urishini eshitish

  3. Xomilaning taxminiy vaznini xisoblash

  4. Xomiladorlik va tugruk muddatini aniklash

  5. Kin ajralmasidan surtma olish

(ishchi dastur oxiridagi Amaliy kunikmalar bulimiga karang)
6.Analitik qism

«SOG’LOM AYoLLARDA HOMILADORLIKNI BOShQARISh. ANTYeNATAL PARVARIShLASh» MAVZUSI BO’YIChA KYeYS TYeXNOLOGIYaNI QO’LLASh


I Pedagogik annotatsiya
Antenatal parvarishlashning asosiy maqsadi onalar va perinatal kasallanish va o‘limini kamaytirishdan iborat.
Tug‘ruq oldi parvarishining maqsadi – ayolning sog‘lig‘ini saqlab qolishiga yordam berish va shu orqali bo‘lajak farzandining salomatligini saqlash.. Tug‘ruq oldi parvarishi shuningdek homilador va uning juftiga yoki oilasiga ko‘rsatiladigan yordam va ko‘llabg‘ quvvatlashni ham uz ichiga oladi. Bu shundan iboratki tibbiy xodim faqat parvarish o‘tkazibgina qolmay, homilador va uning jufti yoki oila a’zolariga ma’lumotlar berishi va ularga o‘rgatishi xam lozim.
Antenatal parvarish birlamchi tibbiy – sanitar yordam muasasalarida amalga oshiriladi. Uni UAShi, akusher-ginekolog, doya, patronaj xamshirasi o‘tkazadi. Antenatal parvarish bo‘yicha asosiy mas’ul mutaxassis UAShdir.
Keysning maqsadi: Birlamchi zveno sohasida sog‘lom ayollar (fiziologik homiladorlik) da antenatal parvarish o‘tkazishga o‘rgatish.
Rejalashtirilayotgan o‘quv natijalari – keys bilan ishlash natijasida talabalar quyidagi ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar:

  • Ayolning homiladorlik, tug‘ruq, ko‘krak bilan boqish va ota – onalik roliga ruhan ko‘nikishiga yordam berish.

  • Homiladorlikning kechishini kuzatish, teksirish rejasini aniqlash va ona va homila ahvolini baholash.

  • Barcha ayollarni tekshirish va asorat ehtimoli belgilarini aniqlash (fiziologik homiladorlikning meyoridan og‘ishi ) va asoratlar aniqlanganda munosib yordam ko‘rsatish va zarur bo‘lganda munosib muassasalarga o‘tkazish.

  • ayollarga ularning sogligi xakidagi muxim axborotlarni berish: soglik uchun foydali taomlar, chekishni tashlash, OIV profilaktikasi, oilani rejalashtirish, zuravonlikka barxam berish.

  • Muassasa va maxallalarda homilador va ularning oila a’zolari uchun o‘quv sikllarini o‘tkazish

  • Homiladorning O’P/QVPga xar bir tashrifida xujjatlarni aniq yuritishni ta’minlash (Homilador va tuqqan ayolning shaxsiy kartasi Forma 111/U, Onaning tibbiy pasporti - OTP)

Bundan tashqari , talaba quyidagi ko‘nikmalarni mustaqqil egallaydi va bajara oladi:

  • Xomiladorlarni tashki akusherlik kurigi

  • Xomila yurak urishini eshitish

  • Xomilaning taxminiy vaznini xisoblash

  • Xomiladorlik va tugruk muddatini aniklash

  • Kin ajralmasidan surtma olish

Mazkur keysning samarali yechilishi uchun ANPda talaba quyidagi vazifalarni bajarishi lozim:
- Homiladorlikni erta muddatlarda aniqlash;
- Homiladorni to‘liq birlamchi, lozim bo‘lganda, tor mutaxassislar (akusher-ginekolog, endokrinolog, kardiolog va boshq.) ishtirokidagi tekshiruvini o‘tkazish.
- Tibbiy nuqtai nazar bilan homiladorlikni davom ettirish masalasini hal qilish;
- Butun homiladorlik davomida ilg‘or texnologiyalar va isbotlangan tibbiyot bazasi asosida malakali antenatal parvarish o‘tkazish.
- Sog‘lom turmush tarzi, to‘g‘ri ovqatlanish, mikronutriyentlarni qabul qilish, chekish va alkogolni qabul qilishning zararini targ‘ib qilgan xolda sanitariya – oqartuv ishlarini olib borish;
- Homilador ayolga maslaxat berish bo‘yicha ishlar olib borish, oilalarga kerakli ma’lumotlarni yetkazish;
- Homilador va uning oila a’zolarini “homiladorlik va tug‘ruq davridagi havfli belgilari”dan xavardor qilish;
- Homilada rivojlanish anomaliyalari mavjudligini inkor qilish uchun homiladorni homiladorlikning 16- 20- xaftalarida skrining tekshiruviga yuborish, natijalarni taxlil qilish, homila nuqsonlari aniqlanganda homiladorlikni to‘xtatish uchun statsionarga yuborish;
- Homiladorni hisobga olishda RW va OIVga skrining tekshiruvini ikki marotaba 1 trimestr va 30 haftalikda o‘tkazish;
- Homiladorlik asoratlarining oldini olish uchun profilaktik tadbirlarni o‘tkazish;
- Homiladorlik asoratlari va ekstragenital kasalliklarni erta aniqlash, zarur bo‘lganda shoshilinch yordam ko‘rsatish va homiladorlarga yordam ko‘rsatishning regionalizatsiyasini inobatga olgan xolda gospitalizatsiya qilish
- “ Onalar maktabi”ni tashkil qilish va o‘tkazish;
- Homiladorlarga onaning tibbiy pasportini to‘ldirish va unga zarur ma’lumotlar kiritishni o‘rgatish;
- Sog‘liq uchun zarali vaziyatlar yuzaga kelganda o‘tkaziladigan tadbirlar rejasini muxokama qilish va ishlab chiqish;
- Homiladorlarga yordam ko‘rsatishning regionalizatsiyasi prinsiplarini inobatga olgan holda tug‘ruqqa tayyorlargik tadbirlari rejasini ishlab chiqish, tug‘ruq o‘tkaziladigan joy ni aniqlash;
- Tug‘ruqdan keyingi kontratsepsiyani amalga oshirgan xolda tug‘ruqdan keyingi 40 – 45 kun mobaynida tug‘ruqdan keyingi sifatli parvarishni amalga oshirish;
- Homiladorlikka mutlaq moneligi mavjud bo‘lgan ayollarda yosh va 35 yoshdan ulug‘ ayollarda 3- 3,5 yildan kam bo‘lmagan intergenetik intervalga amal qilish uchun, homiladorlik yuzaga kelishi profilaktikasini o‘tkazish.
- O’zR qonunchiligiga binoan ayollarni xuquqiy himoyalanishini ta’minlash.
Mazkur keys birlamchi zveno sharoitidagi real vaziyatni ifodalaydi.
Keysning ma’lumot manbalari:

        1. Antenatal kuzatuv kartasi

        2. Spravochnik Kaliforniyskogo Universiteta //. Akusherstvo pod red K.Nisvandera

Tipologik belgilarga binoan keysning tavsifi
Mazkur keys kabinetli kategoriyaga mansub, syujetli. U qisqa, tizimlashtirilgan. Bu – keys - topshiriq.
Didaktik maqsadlari bo‘yicha keys treningli bo‘lib, QVP va ShVP sharoitidagi real vaziyatda fikrlashni kuchaytiradi.
Keys qo‘llaniladigan predmetlar: Akusherlik va ginekologiya, UASh terapiya.
II VAZIYaT-KYeYS
A. ismli 25 yoshli qayta homilador QVP vrachiga 2 oydan buyon hayzning to‘xtashi, ertalablari qusish va xolsizlikka shikoyat bilan murojat qildi.
Ko‘zguda ko‘rilganda qin devori bachadon buyinchasi tsianotik.
P.V. bachadon bo‘yni 2,5 sm uzunlikda, buyinoldi qismida yumshoqlashgan, bachadon tanasi AFV xolatida, 5-6 haftalik homiladorlikka mos kattalashgan. Nomrmal tonusda. Bachadon ortiqlari aniqlanmaydi. Ashralmalar tiniq shilliq.
30 haftalikda vrachga tashrif vaqtida shikoyatlari yo‘q. Ahvoli qoniqarli. BTB – 29 sm, QA-82 sm, bachadon normotonusda, og‘riqsiz, homila bo‘ylama joylashgan, old keluvchi qism boshchasi, chanoq kirishidan yuqorida, yurak urishi – ritmik, minutiga160 zarb.

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling