Тема №1: Ведение беременности у здоровых женщин


Vitaminlar xomila paydo bulganidan boshlab uning rivojlanishida muxim rol uynaydi


Download 0.71 Mb.
bet3/9
Sana22.04.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1380956
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mavzu №1 Sog‘lom ayollarda homiladorlikni olib borish. Antenatal parvarish. Milliy standartlar.

Vitaminlar xomila paydo bulganidan boshlab uning rivojlanishida muxim rol uynaydi. Vitamin va minerallarga bulgan talab keskin oshadi. Ularning yetishmovchiligi ona va xomila organizmida moddalar almashinuvi buzilishiga, xomiladorlik davrida turli xil asoratlarga olib kelishi mumkin. Ovkat maxsulotlari foliy kislotasi, B gurux vitamnlari, A, C, D, E vitaminlari va boshka vitaminlarni saklashi zarur. Shu bilan birga ayol kushimcha vitamin kompleksini kabul kilishi zarur.
Bulardan tashkari xomilador ayol uchun kuyosh nuri, ayniksa ultrabinafsha nurlarining axamiyati katta. Ular xomilador tanasida D vitamini xosil bulish jarayonini tezlashtiradi. Xomiladorlikning dastlabki 1-2 xaftalari favkulodda javobgarlikni talab etadigan davr bulib, soglom farzand dunyoga kelishi va xomilador ayol tanasida turli xil asoratlarni oldini olishda muxim axamiyat kasb etadi. Demak, nafakat xomiladorlik balki ungacha bulgan davrda xam tugri va sifatli ovkatlanish xomiladorlik davrini asoratsiz kechishini ta’minlovchi asosiy omillardan biri xisoblanadi bu boskichda xomilaning soglom va nuksonsiz tugilishini ta’minlashda muxim axamiyatga ega bulgan folat kislotasini mikdorini oshirish muxim axamiyatga ega. Kupincha, shifokorlar folat kislotasini kapsula kurinishida ichishni tavsiya etishadi. Ammo barcha zarur vitamin va minerallarni ratsional ovkatlanish orkali uzlashtirilishini ta’minlash muxim.
Farzandining soglom va barkamol usishida emizikli ayolning ovkatlanishi xam muxim axamiyatga ega. Chilla davrida ayol vitamin va mineral tuzlarga boy ovkatlarni iste’mol kilishi lozim. Chunki bu davrda ushbu moddalarga bulgan talab yukori buladi. Aks xolda moddalar almashinuvi buziladi. Shu sababdi emizikli ayol tvorog, pishlok, sut, tuxum, sabzavot, xul mevalar iste’mol kilib turishi va xar kuni 1 stakan sut ichishi zarur.
7.Bolani ayniksa uning 6 oyligigacha kukrak suti bilan bokishni moxiyatini tushuntirish
8.Ichki a’zolarning ish faoliyatini ijobiylashtirilgan kulay mashklarni urgating. Tugrukka psixoprofilaktik tayyorlash maxsus mashklar majmui mavjud, u xomiladorlik tugruk va tugrukdan sunggi davrlarning ijobiy kechishiga yordam beradi. Xomiladorlik davrida mashklar vrach nazoratida utkaziladi.
Nafas mashklari.
Kukrak soxasi nafasi.
A. Tuxtab-tuxtab nafas olish.
B. Yuzaki nafas olish.
Korin soxasi orkali nafas olish.
A. Tulik nafas.
Mushak mashklari.
A. Korin mushaklarini mustaxkamlash.
B. Bel soxasidagi ogrikni kamaytirish.
V. Chot soxasi muskullarning elastik xususiyatini oshirish.
9. Xomiladorlik davrida jinsiy xayotga oid masalarni yoriting.
10. Xomiladorlikni ijobiy tugashi uchun ota-onalarga soglom xayot tarzi moxiyatini tushuntiring
- chekishning zarari
- spirtli ichimlikning zarari
- giyoxvandlikning zarari
11. Xomilador ayol uchun soglom psixologik muxit yaratilishi tugrisida bulgusi otaga tushuntiring

12. Xomilador ayolga xotira yozuv daftari tutishni tushuntiring.
113. Xomiladorlik paytida erta paydo buladigan xavfli belgilar kanday asoratlarga olib kelishini eru-xotinga urgating:
- kamkonlik;
- gestozlar;
- jinsiy yullardan kon ketishi;
- xomilaning rivojdan orkada kolishi;
- xomila gipoksiyasi.
14. Xomilador ayolning savollarini e’tibor bilan tinglang va tulik javob bering.
15. Xomilador tomonidan axborotni tugri uzlashtirilganligiga ishonch xosil kilish uchun kursatmani kaytarishni iltimos kiling
16. Kelgusi darsning vaktini belgilang.

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling