Davosi bosh miya silkinishiga o‘xshash olib boriladi. Orqa miyani punksiya qilib likvorni chiqarish kalla ichi bosimini pasaytiradi. Infeksiya kirishi xavfining oldini olish maqsadida qon oqayotganda eshituv yo‘li va burunni yuvish tavsiya etilmaydi, burunga tamponlar tiqiladi.
Bosh miyaning ochiq shikastlarida yumshoq to‘qimalar, kalla suyagi, miyaning qattiq pardasi va qator hollarda yumshoq miya pardasi ham zararlanadi. Shikastlanishning bu turi boshga o‘tkir qirrali qattiq narsa bilan urganda, o‘q tegib yaralanishlarda kuzatiladi.
Kasallikni tashxislash unchalik qiyinchilik tug‘dirmaydi. Operatsiya stolida jarohat tekshirib ko‘rilib, yumshoq to‘qimalar, kalla suyaklari, qattiq miya pardasi va miya moddasining shikastlanish ko‘lami hamda xususiyati aniqlanadi.
Davosi. Jarohatni birlamchi xirurgik tozalab, majaqlangan va o‘lgan to‘qimalar olib tashlanadi. Infeksiya sodir bo‘lishining oldini olish maqsadida umumiy antibiotikoterapiya qilish tavsiya etiladi.
Bosh miyaning yopiq va ochiq shikastlanishlarida bemorga birinchi yordam ko‘rsatish va transportirovka qilish. Hodisa ro‘y bergan joyda ochiq shikastlanishlarda steril bog‘lam qo‘yiladi. Darhol og‘riqsizlantirish choralari ko‘rilib, zudlik bilan kasalxo- naga yotqizishga harakat qilish lozim. Transportirovka qilishda bemorning boshini balandroq qo‘yib yotqizilib, boshini avaylab ushlab ketish zarur. Bemor hushsiz holatda bo‘lsa, til halqumga tiqilib qolmasligi uchun tiltutqich bilan tortiladi yoki ipak ip o‘t- qazib, iyakka yoki bemorning kiyimiga fiksatsiya qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |