Tema: Xirurgiya fani xaqida tushuncha. Xirurgik davolash xususiyatlari Reja


Download 249.89 Kb.
bet53/64
Sana04.05.2023
Hajmi249.89 Kb.
#1425270
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   64
Bog'liq
lekciya uzbekcha

Klinikasi bosh miyaning og‘ir chayqalishini eslatadi. Bunda bemorning es-hushini yo‘qotish davri uzoq vaqtgacha cho‘zilib, bir necha kun, hatto, haftagacha tormozlanish bilan kechishi mumkin. Retrograd amneziya birmuncha ro‘y-rost yuzaga chiq­qan bo‘ladi. Bemorning harorati ko‘tariladi, qonda neytrofil leykotsitoz qayd qilinadi, likvorda doimo qon aralashmasi bo‘ladi.
Bosh miya lat yeganda o‘choqli markaziy simptomlar ustun- lik qiladi. Bu, asosan, bosh miya va oyoq-qo‘l nervlari falaji, parezi, gemiplegiyasi va patologik reflekslar bilan kechadi.
Davosi bosh miya silkinishidagi kabi olib boriladi, biroq stvol- dagi buzilishlarga bog‘liq bo‘lgan ichki a’zolarning holati hisobga olinadi. Nafas buzilganda traxeya va bronxlardan intubatsiya qi- linib shilliq olinadi va ayni vaqtda kislorod beriladi. Bemorga lo- belin, sititon yuboriladi. Agar kasalda nafas yetishmovchiligi kuchaysa, traxeostoma qo‘yiladi va boshqariladigan sun’iy nafasga o‘tiladi. Qon aylanishini normaga solish uchun yurak-tomir do- rilari (kofein, kordiamin va boshqalar) qo‘llaniladi.
Bosh miyaning ezilishi. Bunda kasallik boshqalariga qaraganda birmuncha og‘ir kechadi. Patalogoanatomik o‘zgarishlar miya shishi, o‘sib boruvchi gematoma (tomir yorilganda) va suyak qism- lari bosishi hisobiga tobora ko‘proq qisilishidan iborat bo‘ladi. Gematomalar qayerda joylashganligiga qarab subdural (qattiq miya pardasi osti), epidural (qattiq miya pardasi usti), subarax- noidal (yumshoq miya pardasi osti) va intraserebral (miya mod- dasi) ichki gematomalarga bo‘linadi.
Klinikasi. Bosh miya ezilganda yoki gematoma hisobiga qi- silganda bir necha daqiqadan bir necha soatgacha tinch davr bo‘lib, so‘ngra bemor hushidan ketadi. Pulsi sekinlashib, bir daqiqada 40—50 martagacha uradi. Ko‘z qorachiqlari avvaliga toraygan, ke­yin kengaygan bo‘ladi. Bemor qusadi, yutinishi buziladi. Tinch davrda bosh og‘riydi va aylanadi. Gematomaning har xil turlarini taqqoslashda kasallikning klinikasi va orqa miya punksiyasining ko‘rsatkichlari katta ahamiyatga ega.
Umumiy miya simptomlari osha borgan sayin miya qisilishi va dislokatsiyasining o‘choqli simptomlari quyidagicha bo‘ladi: qon quyilgan tomonda bosh miya nervlarining parezlari va falajlari (anizokoriya, ustki qovoq ptozi, qorachiqning torayib, keyin ken- gayishi, g‘ilaylik), qarama-qarshi tomonda oyoq-qo‘l mushagi- ning parezi va falajlari (monoplegiya patologik reflekslar bilan, epileptiform, talvasa) birmuncha aniq yuzaga chiqadi.
Davosi operatsiya usulida olib boriladi. Operatsiyaning mo- hiyati kalla suyagini trepanatsiya qilish (ochish), gematomani bo‘shatish va qon oqishini to‘xtatishdan iborat.
Kalla gumbazining sinishi. Bevosita shikastlanish oqibatida ro‘y beradi. Kalla gumbazining sinishi xususiyatiga ko‘ra darz ket- gan, parchalanib singan va suyak to‘qimasi nuqsoni ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Sinishning oxirgi turi, asosan, o‘q tegib yarala- nishlarda kuzatiladi.
Sinish to‘liq bo‘lishi, ya’ni suyakning butun uzunligi bo‘yicha tarqalishi va noto‘g‘ri bo‘lishi mumkin, bunda kalla gumbazining faqat tashqi yoki ichki plastinkasi sinadi. Parchalanib sinishda, shuningdek, ichki plastinka singanda miya pardalari va miya moddasi shikastlanadi. Ochiq sinishda ham xuddi shunday hodisa yuz berishi mumkin.
Klinikasi. Miyaning ezilishi va shishishi bilan bog‘liq bo‘lgan umumiy miya simptomlari va miya qismlaridagi bo‘limlarning shikastlanishiga aloqador oshib boradigan o‘choqli simptomlar kuzatiladi.
Davosi. Kalla suyaklari yopiq sinib yorilsa va kalla qutisi suyagi ichiga qon oqmasa, davo kalla-miyaning yopiq shikastlanishi- dagi kabi olib boriladi. Kalla qutisi ichiga qon oqib, parchalanib yoki ochiq sinsa, operatsiya qilish buyuriladi. Operatsiyada ezil- gan suyak siniqlarini olib tashlash va qon oqishini to‘xtatish bilan chegaralaniladi.
Kalla asosining sinishi. Bunday shikastlanish bemorning ba- land joydan boshi yoki oyog‘i bilan yiqilishi oqibatida kelib chi- qadi va bunda kalla asosi suyaklari, jumladan, asosiy va chakka suyaklari shikastlanadi.
Klinikasi. Kasallikning diagnostikasida anamnez ma’lumot- lari, qontalashgan va qon oqqan sohalarning qayerda joylashgan- ligi asosiy rol o‘ynaydi. Kallaning oldingi chuqurchasi shikast­langanda qovoq sohalari va ko‘z atrofiga qon quyiladi — «ko‘zoy- nak simptomi», shuningdek, burun qonaydi, kallaning o‘rta va orqa chuqurchalari shikastlanganda burun-halqum sohasi qon- talashadi va quloqlardan qon oqadi. Kallaning orqa chuqurchasi shikastlanganda so‘rg‘ichsimon o‘siqlar sohasiga qon quyiladi. Ba’zan burun va quloqlardan likvor chiqadi. Kalla asosi singanda, ko‘pincha, kalla-miya nervlari, shu jumladan yuz nervi, uzoq- lashtiruvchi va ko‘zni harakatlantiruvchi nerv zararlanadi. Miya pardalari ta’sirlanishi hisobiga meningizm hodisalari (ensa mu- shaklarining taranglashishi) paydo bo‘ladi.

Download 249.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling